• Erk vodiysi – zahmatlarga siylovdir bu
  • O’zingdan qo’ymasin, xalqim, o’zingdan-a.
  • Mavzu: Muhammad Yusuf ijodiga bag‘ishlangan maqolalar tahlili yurtni yuragiga joylagan shoir yangiboy qo’Chqorov




    Download 8.65 Kb.
    bet2/4
    Sana24.05.2023
    Hajmi8.65 Kb.
    #64247
    1   2   3   4
    Bog'liq
    Mavzu Muhammad Yusuf ijodiga bag‘ishlangan maqolalar tahlili-fayllar.org
    Nomzodlar uchun savollar, Academic-Data-376201101112, o b-uyIaWKwSawW083bgPcENu9cw4H7E (1), 1 лекция, Soburov Umid, obektivka 72, REJA, AZO BO\'YOQLAR[1]555555, 0.1 Integers, Maktabgacha ta\'lim muassasalarida loy ishiga o\'rgatish, mustaqil ish (3), 2-mustaqil ish Muratqulov.X, 7-topshiriq, self study 16, Ijtimoiy psixologiyada ziddiyatlar muammosi

    Darvoqe, o’tgan asrning to’qsoninchi yillari ikkinchi yarmi otashnafas shoir Muhammad Yusuf hayoti va ijodining yulduzli onlari edi. Avvalombor “Tosh shahrida uyi boloxona” bo’lgan shoirga poytaxtning nufuzli “Pushkin-Salor” mavzesidan shinam turar-joy ajratildi. Benazir ijodi uchun 1996 yilda “Do’stlik” ordeni bilan taqdirlandi. 1997 yili O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining o’rinbosari bo’lib saylandi. 1998 yili Xalq shoiri unvoni bilan taqdirlanishidan tashqari O’zbekiston Respublikasi huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tugatdi, Birozdan so’ng Chinozdan Ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati bo’lib saylandi. Ketma-ket kitoblari chop etildi. Shaxsiy avtoulov xarid qildi. Qator teran mazmunga ega she’rlari taronalarga aylanib, muhim davlat tadbirlarida ijro qilindi. Ularda mustaqillik ostonasida turgan o’zbek xalqining eng ezgu orzu armonlari, iztiroblari, intilishlari yaqqol ifoda etilgan edi. “O’zbekiston”, “Vatanim”, “Xalq bo’l, elim”, “Talabalar madhiyasi”, “O’zbekning ayollari”, “O’zingdan qo’ymasin, xalqim” kabi davr da’vatiga mengzagan she’rlar millionlab qalblarga muhrlandi: 

    Erk vodiysi – zahmatlarga siylovdir bu,

    Toy qoqilib ot bo’lguvchi yaylovdir bu,

    Ranj chekmasang nurli, nurli tonglar qayda,

    Sinovdir bu, balki buyuk sinovdir bu.

    Bosh ketsa ham qaytma endi so’zingdan-a,

    O’zingdan qo’ymasin, xalqim, o’zingdan-a.

    Haqiqatan ham yangi asr bo’sag’asida o’zbek adabiyoti bo’stonida gujumdek gurkirab Muhammad Yusuf fenomeni paydo bo’ldi. Bu aslo mubolag’a emasligining tasdig’i tarzida o’sha bo’stonning to’rt azim chinori, to’rt nafar qahramon adiblarning xulosalarini keltirmoqchimiz. Atoqli adib Said Ahmad “Keyingi paytda birorta shoir Muhammad Yusufdek tez nom chiqarmagan, nomdor bo’lmagan edi” desa, ardoqli ustozimiz Erkin Vohidov “U birinchi qadamidanoq yurt osmonida baland parvoz qilguvchi, yuraklarga qanot berguvchi she’riyati bilan elning og’ziga tushdi” deb e’tirof etdilar. 


    Download 8.65 Kb.
    1   2   3   4




    Download 8.65 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Muhammad Yusuf ijodiga bag‘ishlangan maqolalar tahlili yurtni yuragiga joylagan shoir yangiboy qo’Chqorov

    Download 8.65 Kb.