Mavzu: Muhammad Yusuf ijodiga bag‘ishlangan maqolalar tahlili yurtni yuragiga joylagan shoir yangiboy qo’Chqorov




Download 8.65 Kb.
bet3/4
Sana24.05.2023
Hajmi8.65 Kb.
#64247
1   2   3   4
Bog'liq
Mavzu Muhammad Yusuf ijodiga bag‘ishlangan maqolalar tahlili-fayllar.org
Nomzodlar uchun savollar, Academic-Data-376201101112, o b-uyIaWKwSawW083bgPcENu9cw4H7E (1), 1 лекция, Soburov Umid, obektivka 72, REJA, AZO BO\'YOQLAR[1]555555, 0.1 Integers, Maktabgacha ta\'lim muassasalarida loy ishiga o\'rgatish, mustaqil ish (3), 2-mustaqil ish Muratqulov.X, 7-topshiriq, self study 16, Ijtimoiy psixologiyada ziddiyatlar muammosi

Mustaqil mamlakat davlat madhiyasi muallifi, aziz ustozimiz Abdulla Oripov esa “Hali yoshlik yillaridayoq bunchalik ko’p muxlis orttirgan, do’st-og’aynisi bisyor ijodkorni ko’rmagan edim” deb yozdi. Allomalar allomasi Ozod Obidovich Sharafiddinov “Muhammad Yusuf degan shoir she’riyatga qanday kirib kelganini adabiyotimiz sezmay ham qoldi. Ammo u tezda, hammani hayron qoldirib, og’izga tushib ketdi” deb tan oldi.

O’tgan asrning saksoninchi, to’qsoninchi yillarida Nukusda biz navqiron qalam sohiblari talpinadigan uch tabarruk manzil bor edi. Bular – Piskunova ko’chasidagi 62-, Budyonniy ko’chasidagi 28- va Orjonikidze ko’chasidagi 11-xonadonlar edi. Tabiiyki Ibroyim og’a va To’lepbergen og’a ko’proq safarlarda bo’lishsa, yigit yoshida Maksim Gorьkiy va Abdulla Qodiriy bilan ko’rishgan Jo’lmirza Oymirzayev siyli saksondan yoshdan oshib o’z uyida yashardi. Bir kuni u o’zi yozayotgan “Ellikqal’a” romani tafsilotlarini aniqlash uchun kaminai kamtarinni uyiga chaqirdi. Ko’cha eshigini “Oygul va Obod” dostonidan ariya aytib ochdi. Cho’lquvarlar haqidagi tafsilotlarni so’rab olganidan keyin Toshkent adabiy muhitidan gap ochdi. “Sunnetullani taniysanmi?” dedi. Gap taniqli yozuvchi S.Anorboyev haqida borayotganini anglab, “Yo’q. Nosir Fozilovni taniyman!” dedim.

Ko’rsang ikkoviga ham salom ayt. Sunnetulla “Dizelnaya”da turadi!” dedi. Xom sut emgan banda emasmizmi, G’afur G’ulom va Muxtor Avezovning do’sti adabiyot yangiliklaridan bexabar bo’lsa kerak, deb o’ylardim. Oqsoqol ko’chaga chiqqanimizda “Muhammad Yusuf degan shoir chiqibdi. “Laganbardorlar” degan she’rini o’qidim. “Podxalim”lar ottirib yuborgan Izbosar Fozilovni eslab yig’ladim. Senlar bilmaysanlar: o’ttizinchi yillarning o’rtalarida bizlar RSFSR sostavida edik. Moskvaning yangiligi To’rtko’l va Chimboyga bir oyda yetib kelsa, Toshkentning habarlarini bir-ikki kun ichida eshitardik. Usmon Nosir degan shoir chiqib “o’zbek Lermontovi” deb nom olgan edi. Xuddi bizning qaldirg’och dramaturgimiz Abduraxman O’tepovdek nohaq qamalib, yosh o’lib ketdi, bechora. Endi sizlarga Alloh uzoq umr bersin!” deb xayrlashdi. Nukus ko’chasidan o’ychan odimlar ekanman, Muhammadjon aka tomonidan Toshkentdagi “Bilimlar uyi”da o’qilgan o’sha she’rning satrlari mis qo’ng’iroq zarblaridek quloqlarim ostida jarangladi: 


Download 8.65 Kb.
1   2   3   4




Download 8.65 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Muhammad Yusuf ijodiga bag‘ishlangan maqolalar tahlili yurtni yuragiga joylagan shoir yangiboy qo’Chqorov

Download 8.65 Kb.