Mavzu: Multimediyali elektron darslik yaratish. Reja: O’quv qo’llanmalari yaratishda multimediani qo’llash. Multimediya maxsulotlarini qayta ishlovchi dasturlar. Multimedia loyihasini ishlab chiqish bosqichlari




Download 126,27 Kb.
bet4/6
Sana30.01.2024
Hajmi126,27 Kb.
#148729
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-mavzu

Tovushni qayta ishlash. FonografWindows 95ning (CD-disklar, mikrofon va chiziqli) ovoz yozishga va uni tahrirlash (ovozni ko’tarish/pasaytirish, tezlikni ko’tarish/pasaytirish, exo effekti yaratish)ga imkon beradigan standart dasturi. Matnni qayta ishlash. Matn bilan ishlashda uning qaysidir qismini bevosita klaviatura yordamida kompyuterga kiritish mumkin, katta hajmdagi o’zgarmaydigan matnlarni keyinchalik maxsus dasturiy mahsulotlar yordamida qayta ishlashni ko’zda tutib skaner yordamida kiritish qulay. FineReader – keyinchalik matn muharrirlarida tahrirlash uchun skanerlangan materiallarni matn shakliga o’tkazuvchi dastur.

Multimedia loyihasini ishlab chiqishda o’rtacha holatdagi mahsulotdan a’lo darajadagi mahsulotni farqlay olish uchun ayrim mezonlarga e’tibor qaratish lozim bo’ladi. Birinchidan, e’tiborga olinishi kerak bo’lgan narsa – bu loyihaning mavzusi. U ko’pchilik foydalanuvchilarga qiziqarli bo’lishi kerak, shundagina ushbu mahsulot tanila boshlaydi. Mavzuni tanlashda uning dolzarbligi, ko’rib chiqilayotgan masalalarning o’tkirligi, ijodiy va madaniy rivojlantirish imkoniyatlari, dunyoqarashni kengaytirish darajasi ham o’ta muhim sanaladi.

Loyihani yaratishda ikkinchi muhim narsa – bu uning quyidagilardan iborat bo’ladigan amaliy maqsadidir: . - qandaydir axborotni namoyish etishda (masalan, yoqtirgan qo’shiqchilaringizni tanlash); - qaysidir malakalarga o’rgatishda (masalan, sochni qanday turmaklash yoki ovqat tayyorlash); . - qaysidir soha bo’yicha bilimlarni berish (masalan, o’quv fanlari bo’yicha multimedia darslari yoki ma’lumotnoma yaratish).

Loyihani yaratishda e’tibor qaratilishi lozim bo’lgan uchinchi narsa yaxshi yozilgan ssenariy va ish jarayonida ko’rsatilayotgan xizmatlarning sifatidir. Sizning loyihangizga bo’lgan talab siz taqdim etayotgan axborotlar bilan ishlashning qulayligiga bog’liq. Grafik va videomateriallarning sifati to’rtinchi muhim narsa hisoblanadi.

Loyiha ustida ish boshlaganda ma’lumotlarni taqdim etish modelini tanlash lozim va u quyidagi talablarga javob berishi kerak: - axborotlar taqdim etilishining ko’rgazmaliligi; - axborotlar kiritishning soddaligi; - axborotlarni qidirish, ko’rish va tanlash qulayligi; - boshqa dasturiy mahsulotlardan axborotlarni ishlatish imkoniyati; - loyihani qayta tuzatish imkoniyati (yangi ma’lumot qo’shish yoki o’chirish); - interfaol rejimni ta’minlab beruvchi yaxshi interfeys.


Download 126,27 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 126,27 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Multimediyali elektron darslik yaratish. Reja: O’quv qo’llanmalari yaratishda multimediani qo’llash. Multimediya maxsulotlarini qayta ishlovchi dasturlar. Multimedia loyihasini ishlab chiqish bosqichlari

Download 126,27 Kb.