|
Mavzu: Multimediyali elektron darslik yaratish. Reja: O’quv qo’llanmalari yaratishda multimediani qo’llash. Multimediya maxsulotlarini qayta ishlovchi dasturlar. Multimedia loyihasini ishlab chiqish bosqichlari
|
bet | 3/6 | Sana | 30.01.2024 | Hajmi | 126,27 Kb. | | #148729 |
Bog'liq 1-mavzu Rasm yaratish va tahrirlash. . - PhotoShop – grafik fayllarni qayta ishlashga imkon beruvchi dasturiy mahsulot. Ushbu tahrir dasturi ko’pgina fayl formatlari (JPG, GIF, PSD, TIF va boshqalar) bilan ishlaydi, rasmlarni standart qayta ishlashdan tashqari ularni turli filtrlardan (qayirish, bo’rtma ko’rinish berish, donadorlik, yoritilganlik darajasi va boshqalar) o’tkazishga imkon beradi. - Stoik ArtMen – Stoik Software dasturiy mahsulotlari safiga kiradi va turli rassomlar tomonidan chizilganga o’xshatib qayta ishlashga yordam beradi (masalan, akvarelda, moybo’yoqda, o’yma naqsh, emal va b.). - Paint – rasm oriyentatsiyasini o’zgartirish, tozalash, belgilangan maydonni kesib olishga imkon beruvchi standart grafik muharrir. Faqat BMP va PCX fayllari bilan ishlaydi. Videoyozuvlarni qayta ishlash. . Videoyozuvlar bilan ishlash videomagnitofon yordamida yozib olingan tasvirni oldindan raqamli ko’rinishga o’tkazishni talab qiladi. Tasvirni raqamli shaklga o’tkazish deganda materialni analog shaklidan kompyuterga kiritish mumkin bo’ladigan raqamli shaklga o’zgartirish tushuniladi. Tasvirni raqamli shaklga o’tkazish uchun kompyuter maxsus videokarta, TV-tyuner va unga hamroh bo’lgan dasturiy mahsulot bilan jihozlanishi kerak. Raqamli shaklga o’tkazilgan videoyozuv TV-tyuner talab qilmaydi, quyidagi dasturiy mahsulotlar bo’lishi yetarli: . - Vstudio2 – videomagnitofondan videoyozuvni raqamliga o’tkazish uchun ishlatiladi; videoparchalarni turli shaklda montaj qilishga imkon beradi. - Adobe Premier – fragmentlarni raqamlashtirish va ular orasida ko’plab o’tishlar bilan montaj qiluvchi murakkabroq dasturiy mahsulot. Adobe Premier kadrlar o’lchamini va ularning oriyentatsiyasini (aylanish, kadr harakati trayektoriyasini) o’zgartirishi mumkin. - MorphMan – Stoik Software tarkibiga kiruvchi va videomaterial montaji hamda morfing yaratishga imkon beruvchi dastur. Morfing deganda bir tasvirning boshqasiga qadamba-qadam o’zgarib o’tishi tushuniladi. . Ushbu dastur statik morfing bilan birga alohida videofragmentlar orasida ham morfing yarata oladi. Bunday qayta ishlovlar natijasida AVI kengaytmali videofayl yaratiladi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Mavzu: Multimediyali elektron darslik yaratish. Reja: O’quv qo’llanmalari yaratishda multimediani qo’llash. Multimediya maxsulotlarini qayta ishlovchi dasturlar. Multimedia loyihasini ishlab chiqish bosqichlari
|