• 2-bosqich.
  • ETIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
  • Mavzu: Multimediyali elektron darslik yaratish. Reja: O’quv qo’llanmalari yaratishda multimediani qo’llash. Multimediya maxsulotlarini qayta ishlovchi dasturlar. Multimedia loyihasini ishlab chiqish bosqichlari




    Download 126,27 Kb.
    bet6/6
    Sana30.01.2024
    Hajmi126,27 Kb.
    #148729
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    1-mavzu

    V bosqich. Ob’yektning kompyuter modelini sintez qilish. Ko’rib chiqilgan barcha imkoniyatlar tanlab olinganidan so’ng loyihangizni kompyuterda amalga oshirishga kirishish mumkin. Kompyuter modelini yaratishda yana ikkita bosqichdan o’tishga to’g’ri keladi. . 1-bosqich. Ishlash uchun materiallarni tayyorlash. Bu bosqichda siz tanlagan dasturiy mahsulotlar yordamida grafik, matnli, audio, video materiallar tayyorlanadi. Grafik axborotlar bilan ishlashda shunga ahamiyat beringki, siz tanlagan rasmlarning sifati qancha yuqori bo’lsa, ular vinchesterda va kompyuter xotirasida shunchalik katta joyni egallaydi va sizning mahsulotingiz sekinroq ishlaydi. Videokliplarni yaratishda kadr o’lchamlari va axborotlarning siqilish darajasiga e’tibor qarating.

    2-bosqich. Multimedia mahsulotini yaratish. Bu bosqichda tayyorlangan materiallar va tanlangan dasturiy vositalar yordamida multimedia loyihangizning kompyuter modeli yaratiladi. VI bosqich. Multimedia mahsuloti bilan ishlash. Endi siz yaratgan multimedia mahsuloti bilan ishlash, ya’ni ko’rish, izlash, axborotlarni tanlab olish mumkin. Raqamli multimedia va yangi axborot texnologiyalarini elektron interfaol o’quv qo’llanmalari va taqdimotlarini yaratishda qo’llash o’quv jarayonida kuchli yordamchi vosita hisoblanadi. O’qitishning elektron vositalari arxitekturasi o’qitish uslublariga bog’liq holda turlicha bo’lishi mumkin.

    Taqdimot yoki film xohishga ko’ra – axborot uchun ma’lumotlar, bilim berish, namoyish qilish vazifalarini bajarishi mumkin. Kompyuter texnologiyalari real holatga o’xshagan virtual modellarni yaratish imkonini beradi.

    Yuqorida ko’rib o’tilgan yondashuvlarni umumlashtirgan holda ta’kidlash mumkinki, yuqori ilmiy-uslubiy saviyada elektron o’quv nashrini yaratish o’quv uslublarini takomillashtirish yo’llaridan biri hisoblanadi. Elektron o’quv nashrini loyihalashtirishning quyidagi asosiy bosqichlarini ajratish mumkin: . -o’quv materiallari mazmuni modelini tuzish; . -qo’llanma uchun ssenariy ishlab chiqish; . -o’quv paketi uchun ssenariylar va algoritmlar tuzish. Shunday qilib, zamonaviy sharoitda elektron o’quv nashrining axborot ta’lim muhiti o’qitish vositalarining majmui bo’lishi mumkin. Uning vazifasi esa muayyan hajmdagi yangi bilimlarni mustahkamlash, ko’nikma va malakalarni shakllantirishdan iborat bo’ladi.


    E'TIBORINGIZ
    UCHUN
    RAHMAT!
    Download 126,27 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 126,27 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Multimediyali elektron darslik yaratish. Reja: O’quv qo’llanmalari yaratishda multimediani qo’llash. Multimediya maxsulotlarini qayta ishlovchi dasturlar. Multimedia loyihasini ishlab chiqish bosqichlari

    Download 126,27 Kb.