|
Mavzu: Multimediyali elektron darslik yaratish. Reja: O’quv qo’llanmalari yaratishda multimediani qo’llash. Multimediya maxsulotlarini qayta ishlovchi dasturlar. Multimedia loyihasini ishlab chiqish bosqichlari
|
bet | 5/6 | Sana | 30.01.2024 | Hajmi | 126,27 Kb. | | #148729 |
Bog'liq 1-mavzuMultimedia loyihasini ishlab chiqishda ish bosqichlarining muayyan ketma- ketligini saqlash kerak bo’ladi. I bosqich. Mavzuni tanlash va muammoning qo’yilishi. Mavzu aniqlangandan so’ng multimedia mahsulotini yaratish uchun aniq topshiriqlarni yozish kerak bo’ladi, u yerda maqsad va vazifalar ko’rsatilgan bo’lishi kerak. II bosqich. Ob’yektni tahlil qilish. Ushbu bosqichda loyiha qanday ob’yektlardan tashkil topishi, shuningdek, bu ob’yektlar qanday parametrlar bilan ajralib turishi ko’rib chiqiladi. Agar siz biologiya bo’yicha multimediali ensiklopediya yaratayotgan bo’lsangiz, ob’yekt sifatida har bir hayvon turi uchun alohida dasturiy mahsulotni ko’rib chiqish mumkin. Multimediali dars ishlanmasini tayyorlashda tushuntirish qismi, materiallar bilan ishlash, nazorat qismi kabi tarkibiy tashkil etuvchilarni nazarda tutish kerak. Multimedia loyihasini tayyorlagandan so’ng har bir ob’yektning alohida xususiyatlarini ko’rib chiqish kerak. Bu ma’lumotlarni alohida yozuv va jadvallar ko’rinishida joylashtirish mumkin. III bosqich. Ssenariyni ishlab chiqish va modelni sintez qilish. . Ssenariyni ishlab chiqishda mahsulot bilan ishlash ketma-ketligi, ishning o’zgarishi mumkinligi va undan chiqish (ishni tugatish)ni nazarda tutish kerak bo’ladi. Avariya holatlarining oldini olish maqsadida ularni hisoblab chiqish muhim, shuningdek, ishning ko’p variantlilik darajasini, ya’ni bir xil natijaga turli yo’llar bilan erishish imkoniyatlarini tekshirib ko’rish kerak. Ssenariyda ish jarayoniga tovush jo’rligi kiritilgan bo’lishi, masalan, ekranda matn musiqiy yoki istalgan tovush jo’rligida paydo bo’lishi kerak. Bunda unisi ham, bunisi ham ishga xalaqit bermasligi va toliqtirmasligini hisobga olish lozim. IV bosqich. Axborotlarni taqdim etish shakli va dasturiy mahsulotlarni tanlash. Ssenariy ishlab chiqilib, model yaratilganidan so’ng loyihani realizatsiya qilish uchun dasturiy mahsulotni aniqlash kerak bo’ladi. Bu bosqichda ikki xil dasturiy mahsulotlar ta’minlangan bo’lishi kerak: - proyektni tashkil etuvchi: grafik ob’yektlar, audio va videoyozuvlar, matnlarni tayyorlash va materiallarni qayta ishlash uchun; - multimedia mahsulotini yaratish uchun, ya’ni bevosita ish qurollari.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Mavzu: Multimediyali elektron darslik yaratish. Reja: O’quv qo’llanmalari yaratishda multimediani qo’llash. Multimediya maxsulotlarini qayta ishlovchi dasturlar. Multimedia loyihasini ishlab chiqish bosqichlari
|