|
Mavzu: Mutafakkirlar merosida mehnat tarbiyasi Reja
|
bet | 3/6 | Sana | 21.11.2023 | Hajmi | 15,84 Kb. | | #103005 |
Bog'liq Mutafakkirlar merosida mehnat tarbiyasiHattoki, ulug’ shayxlarimizning o’zlari ham biror hunar egasi bo’lganlar. Masalan, Shayxul Mashoyix Abu Said Xarros etikdo’zlik qilgan. Sayx Muhammad Sakko mashhur pichoqchi, Shayx Hoja Bahouddin Naqshbandiy ajoyib naqqosh bo’lganlar, boshqalarni hunar o’rganishga dahvat etganlar. Hoja Bahouddin Naqshbandiy aytadilar – “Dil bayoru dast bakor” ya’ni “Dilinng ollohda, qo’ling doim mehnatda bo’lsin”. Insoniyat qadr-qiymati mehnatda, bilimda, hunarga tayanishda, birovga xor bo’lsamlikda deb bilgan Sa’diy shunday ta’lim beradi. O’z mehnat idan non yegan kishi, Xotam minnatidan ozod yoz-qishi. Muqaddas kitob Avestoda ham mehnat moddiy boyliklar manbai bo’lgani uchun emas, balki u mehnatni asosan ahloqiy jihat, yaxshilik manbai deb bilganligi uchun insonlarcha mehnat qilishga chaqiradi. Xalq pedagogikasida “Yoshlikda egallangan bilim, hunar toshga o’yib yozilgan hikmatdur” – deb ta’kidlanadi. Yusuf Xos Hojibning mehnatahli haqidagi bu fikrlari haqiqatan ham ularga nisbatan hurmat va e'tiromni anglatadi. Yusuf Xos Hojibning mehnat tarbiyasiga oid progressiv qarashlari tarbiyaviy jihatdan diqqatga sazovordir. “Farzandlarga odob-hunar o’rgatmak merosdur” – deb nasihat qilinadi Qobusnomada “Sen odob, hunar va donishini o’zingdan meros qilgin, toki uning haqqini bajo kelturmish bo’lgaysan”. Chunki, xos kishilarning farzandiga odob va hunardan yaxshiroq meros yo’qdir. Oliy xaloyiqning farzandlariga xirfa (savdo hunari) pesha (kasb) din yaxshiroq meros yo’qdir. Agar xos odamlarning farzandlari yuz hunar bilsa va lekin hech kasbni bilmasa ayb emasdur. Hunar esa bir kun ishga yaragusidir. Demak albatta hunar o’rganmoq zarurdir: O’tay o’g’lingga bilan desang agar, Sen o’qishdi, o’rgatgin ilmu-hunar. Agarda senda koruncha ham bo’lmasa zar, O’z o’g’ishmingni qoldirmagin behunar. Ota-bobolarimiz ham hunar o’rganishni asosiy vazifa ekanligini o’rgatib kelganlar. Nizomiy Ganjaviy shunday degan: Hunar o’rgan chunki hunarda ko’p sir, Yopiq eshiklarni ochar birma-bir.
|
| |