• Odam ijtimoiy jondir”
  • Mavzu: Mutafakkirlar merosida mehnat tarbiyasi Reja




    Download 15,84 Kb.
    bet4/6
    Sana21.11.2023
    Hajmi15,84 Kb.
    #103005
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Mutafakkirlar merosida mehnat tarbiyasi

    Abur Rayhon Beruniy mehnat va hunar avloddan-avlodga meros bo’lib o’tishini sinchiklab o’rgangan va hunarni yuqori baholagan. U “Hunarmandchilikda, mehnatda to’liq ustozlik sa’natini egallab olishi kerak”, degan fikrni aytadi. Odatda o’sha davrda hunar va tabiiy bilimlar maktablarda o’rgatilmay yakka tartibda berilgan. Ota kasbini egallash, oiladagi kattalardan yakka shogird shaklida. Shogird etish tanilgan usta qo’lida yakka shogird bo’lish. Ustaxonalarda yakka shogirdlik tartibida o’rganiladi.

    O’rta Osiyo mutafakkirlarining kasb-hunar, mehnatsevarlik haqidagi fikrlari bizga meros bo’lib qolgan. Abu Abdulloh Muhammad ibn Muso Al-Xorazmiy (783-850) ning insoniylik va mehnatsevarlik haqidagi dono fikrlari hozirgi kunda ham o’z ahamiyatini yo’qotmagan. Mutafakkirning fikricha, har bir kishi qilgan ishlari bilan hech ham mag’rurlanmasligi va takabburlik qilmasligi lozim.

    X asrdagi sharq ijtimoiy tarbiyashunoslik bo’yicha fikrlarning eng yirik vakili Abu Nasr Al-Farobiy (870-950)ning o’z davri uchun katta xizmatlaridan biri shundaki u insonlarni ilm-ma’rifatli bo’lishga, mehnat qilishga va kasb-hunar egallashga chaqiradi. Farobiy kasb-hunar va axloqiy fazilatlar muayyan harakatlarni takrorlash, mashq qilish yo’li bilan paydo bo’lishini uqtiradi. Mutafakkirlar har bir kishi o’zi yoqtirgan kasbni egallaganidan so’ng, o’ziga topshirilgan ishga nisbatan yuksak ma’suliyatni his etishi va o’z “kasb-hunarini mukammal bilmog’i, yaxshi tarbiya olmog’i va yaxshi xulq-atvor fazilatlariga ega bo’lmog’i kerak”,- deb ta’kidlaydi.

    Abu Rayhon Beruniy (978-1048) ham mamlakatning obodonchiligi, kishilarning baxt-saodati va kamolati uning halol mehnat qilishida va kasb-hunar o’rganishida deb biladi. U kasb-hunar, ixtirolashga, turli asboblarni yasashga bag’ishlab 9 ta asar yozgan. Asarlarida o’zi yashab turgan davrdagi ishlab chiqarishning rivoji va kasb-hunarga oid qimmatli ma’lumotlar berilgan. Mehnatni va kasb-hunarni sharaflash, mehnat ahlining qadr-qiymatini uning manfati uchun astoydil kurashni Beruniyning zamondoshi qomusiy olim Abu Ali Ibn Sino (980-1037) ning ilmiy faoliyatida ham ko’rishingiz mumkin. Ibn Sino “Odam ijtimoiy jondir” degan fikrni olg’a surdi. Shunung uchun ham olim odamning yashashi uchun eng zarur narsa foydali mehnat ekanligini ta’kidlaydi.


    Download 15,84 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 15,84 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Mutafakkirlar merosida mehnat tarbiyasi Reja

    Download 15,84 Kb.