|
Mavzu: Mutafakkirlar merosida mehnat tarbiyasi Reja
|
bet | 5/6 | Sana | 21.11.2023 | Hajmi | 15,84 Kb. | | #103005 |
Bog'liq Mutafakkirlar merosida mehnat tarbiyasiO’rta Osiyoda ko’plab shoirlarning ustozi bo’lgan Abulqosim Firdavsiy (934-1020)ning “Shohnoma”sida mehnat ahliga mehr-muhabbat bilan yog’dirilgan va kasb-hunarni egallash malakasiga bagishlangan misralarini ko’plab uchratish mumkin: Mehnat tagidadir, ey oqil, har ganj, Ganj topmas hech kimsa, tortmas ersa ranj. Ma'rifatparvar shoir Furqat ham o'zining ma'rifiy she'rlarida ilm, hunar haqida fikr yuritar ekan, har birsog'lom fikrlovchi insonni hunar egallashga da'vat etadi, hunarga mehr qo'ygan, uni o'rganishni da'vat etgan kishining jahonda qadri baland bo'lajagini uqtiradi . Firdavsiyga yaqin davrda yashagan shoirlardan yana biri Nosir Xisrav (1004-1088)dir. Uning fikricha, dunyodagi eng oliyjanob va oliyhimmat odamlar mehnat kashlar-jamiyat uchun foydali narsalar ishlab chiqaruvchi hunarmandlar, kosiblar, binokorlardir. Kasbdan jodu hurram yo’q jahonda, Hunardin yaxshidur ham yo’q jahonda. Butun kun rizqining bog’boni bo’lg’ay, Kishin o’z uyining mehmoni bo’lg’ay. Arzir uning bo’lsa boshi osmonda, Usiz yashay olmas shoh ham jahonda. Jadidchilardan biri H.H.Niyoziy yozuvchi, pedagog, tetr arbobi yangi usul maktablarini ochgan.
Pedagog-shoir H.H.Niyoziy esa maktab yoshlarni ilmli, odobli qilib tarbiyalashi va hunarga o'rgatishi kerak, - deb ta'kidlagan ekan, yoshlar ma'naviy fazilatlarining shakllanishida mehnatning rolini yuqori baholaydi. She'rlarida bolalarni ota-onalarining Mehnati qadriga yetishga undaydi.
Hamza Hakimzoda Niyoziy yoshlikda ilm olishning ahamiyati haqida gapirar ekan, «O'qi», «Kitob», «Qalam» kabi she'rlarida ilmni mehnatsiz egallab bo'lmasligi to'g'risidagi g'oyani ilgari suradi.
U yoshlarga kelajakda o'z orzulariga yetishish, ilm-fanni egallash uchun yoshlikdan mehnatqilish zarurligini ta'kidlaydi. Yuqoridagi fikrlar o'quvchi-yoshlarning mehnat tarbiyasida muhim vosita sanaladi.
XULOSA Yuqorida tilga olingan ulug’ mutafakkirlarning mehnat tarbiyasi va kasb-hunar tarbiyasi borasida shunday xulosa chiqarishimiz mumkinki, inson dunyoga kelar ekan o’z hayoti maboynida insoniy qadr-qiymatga ega bo’lishi kerak. Zero mehnat qilgan, kasb-hunarli inson birovga qaram bo’lmaydi, ya’ni mehnat qilish orqali inson o’zining uch ehtiyojini qondiradi. Moddiy ehtiyojini, ma’naviy ehtiyojini, mehnat ehtiyojini qondiradi. Moddiy ehtiyoj qondirilishi natijasida ma’naviy va mehnat ehtiyojlari ham qondiriladi. Xullas, boshlang’ich sinf o’quvchilarini mehnat va kasb-hunarni tarbiyalashda ulug’ mutafakkirlarimizning asarlarida keng foydalanish maqsadga muvofiq bo’lar edi. Mutafakkirlarning merosiga chuqur hurmat bilan qarash va ular yaratgan asarlarni ko’z qorachig’iday saqlash kerak.
|
| |