Darhaqiqat Sharq mutafakkir allomalari hunar va hunarmandlarga katta e’tibor berganlar. Jumladan, Alisher Navoiy o’z zamonasida zargarlar, kulollar, tikuvchilar kabi turli tuman hunar sohiblarining hammasiga zo’r hafsala, qunt, ehtibor bilan maslahatlar berib, husniga rag’bat ko’rsatib, hamda ularga homiylik qilganlar. Alisher Navoiyning fikricha “Inson bo’lib dunyoga keldingmi? Biron-bir kasbni egalla, hunar o’rgan, shunda dunyodan hammomga kirib toza yuvinib chiqmagan kishidek o’tmaysan”- deydilar. A.Navoiy quyidagi ikki misrasida mehnatni, hunarni qadrlaydi. Hunarni asrobon nedkumdir oxir, Olib tuproqqamu ketgumdur oxir. Hunarli bo’l, hunar o’rgan bu sening noning, bu hunarni asra deydi va shu bilan birgalikda hunarni asrab nima qilasan, birovdan qizg’anib, uni birovlarga ham o’rgat, sendan hunar me’ros bo’lib qolishi, hunar orqali nom qolishini nasihat qiladi. Hunar bu kelajak, o’lmas kasb ekanligini ta’kidlaydi.
XV asrning yirik mutafakkiri Alisher Navoiyning mehnatkash insonni ulug'lovchi, mehnat tarbiyasi haqidagi fikrlari «Hayratul abror», «Farhod va Shirin», «Mahbub-ul qulub» asarlari ham mavjud.
Alisher Navoiyning haqiqiy inson uchun eng yaxshi fazilatlardan biri mehnatsevarlik deb ko'rsatadi. U «Hayratul abror»ning beshinchi maqolatida kishilarning sahovatiga ko'z tikishdan ko'ra o'z qo'li bilan hayot kechirish ulug'roq va oliyjanobroq ekanligini «Hotam Toyi»' hikoyatida keltiradi.
«Hotam Toyi»' hikoyatidan misol keltiramiz.
Hotam Toyi bir kuni qo'y-qo'zilar so'ydirib, xalqqa katta ziyofat beradi. So'ng biroz dam olish uchun dalaga chiqadi. O’nga yelkasida o'tin ko'tarib kelayotgan bir chol uchraydi. Hotam Toyi o’nga «Dashtda yurib bexabar qolgandirsan, tashla bu og'ir yukni, Hotam uyiga borib ziyofatda izzat ko'rgil», - deydi. Shunda chol kulib: «Ey, oyog'iga hirs band solgan, g'ayrat vodiysiga qadam urmagan kishi, sen ham bu tikan Mehnatini chekkin va Hotamning minnatidan qutulg’in», - deb javob qiladi.
Texnologiya darslarida mana shunday asarlarni tadbiq qilgan holda o’quvchilarni chol misolida ezgulikka, halol mehnat bilan hayot kechirishga chorlash mumkin. Hotam Toy misolida esa o’z mehnati bilan hayot kechirmagan, o’ziga hirs qoygan kishilarni qoralab, bu yaxshilika olib kelmasligi uqtiriladi. Texnologiya darslarida bajarilayotgan amaliy ishlarda mutafakkirlar merosidan foydalanish tariximizni, merosimizni, milliy urf-odat, an’analarni o’quvchilarga o’rgatish bu o’zligimizni anglashni o’rgatadi.
|