• 1.Ulama belbog’ga ishlov berish texnologiyasi
  • 2.Yubkaning yuqori qirqimiga belbog’ni ulash usullari
  • Mavzu nomi Jami




    Download 35,01 Mb.
    bet22/169
    Sana28.12.2023
    Hajmi35,01 Mb.
    #128746
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   169
    Bog'liq
    AYOLLAR KIYIMINI TIKISH MA\'RUZA

    Tezkor savol javob

    1.shilitsa kengligi nechi sm bo’ladi.


    2.Molnya tasmasini qanday chok bilan birlashtiriladi.
    3.Shilitsaga qanday qotirmalar yopishtiriladi

    4-MAVZU: Yubkа belbog’ qismini ishlаsh vа oxirgi ishlov berish
    Reja:
    1.Ulama belbog’ga ishlov berish texnologiyasi;
    2.Yubkaning yuqori qirqimiga belbog’ni ulash usullari;
    3.Yubkaning etak qismiga ishlov berish texnologik tartibi;
    1.Ulama belbog’ga ishlov berish texnologiyasi.Yubkaning yuqori qirqimiga qaytarma belbog’, ulama belbog’, karsaj lenta, mag’iz va rezina tasmalar bilan ishlov berish mumkin.Yubkaning cheti ulama belbog’li bo’lsa, avval belbog’ga ishlov beriladi, gazlama turiga qarab, belbog’ga qotirma yaxlit yoki o’rtasidan joylashtirib yopishtiriladi. Belbog’ uchlari ag’darma chok bilan tikiladi, ortiqcha chok haqlari qirqib tashlanadi. Belbog’ o’ngiga ag’darilib sirma qaviq bilan ko’klanadi va dazmollanadi. Tayyor bo’lgan belbog’ni yubkaning yuqori qirqimiga ulashning bir necha usullari bo’lib, bularni siz nazariy fanlardan tanishib chiqqansiz. Ushbu modulda esa Sizlarga yubka belbog’ining pastki qirqimi bukib tikilgan belbog’ni tikishning texnologik ketma-ketligini tavsiya etamiz.
    Yubka etagi modeliga, gazlama turiga, uning xususiyatiga qarab turlicha usulda:

    1. Ochiq qirqimli bukma chok bilan.

    2. Yopiq qirqimli bukma chok bilan.

    3. Mag’iz qo’yish bilan.

    4. Tasma qo’yish bilan ishlov berish mumkin.

    Ushbu modulda yubkaning etak qismini ochiq qirqimli bukma chok bilan tikish texnologik ketma-ketligini ko’rsatamiz.
    2.Yubkaning yuqori qirqimiga belbog’ni ulash usullari.Yubkani ort va old bo’laklarini o’rta chiziqlari bo’ylab teskarisini ichkariga qaratib qo’yiladi. Yon choklari vitochkalarini, bir-biriga to’g’ri keltirib, o’ng tomonini yuqoriga qaratib yuqori qirqimini o’ng tomonga qaratib stol ustiga yozib qo’yiladi, yordamchi andoza qo’yib, yubka etagini bukish chizig’i belgilanadi, yubka etagi notekis joylari qirqib tashlanadi.

    Download 35,01 Mb.
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   169




    Download 35,01 Mb.