Sharq mutafakkirlarining ta'lim metodlari haqidagi fikrlari




Download 239,51 Kb.
bet12/17
Sana19.01.2024
Hajmi239,51 Kb.
#140776
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Mullajonova Nargiza

1.4 Sharq mutafakkirlarining ta'lim metodlari haqidagi fikrlari.
Mavzu bo'yicha tayanch iboralar; ta'lim metodlari, usullar, bilish faoliyati usullari, ta'lim beruvchi, ta'lim oluvchi, ilm-fan, texnika-texnologiya, o'quv materiali, didaktik xarakter, pedagogik nazariya, samarali, zamonaviy, pedagogik qarashlar, irodaviy sifat-lar, ilmiy dalillar, sezgi organlari, bilimlarni o'zlashtirish, so'z orqali, ko'rgazmali uzatish, amaliy mehnat, ta'lim metodlari, mashq qildirish metodi, topshiriq berish, didaktik asos, laboratoriya meto-di, ta'lim vositalari, o'qitishning asosiy va qo'shimcha vositalari, o'qitishni takomillashtiruvchi dastur vositalari, Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy, al-Beruniy, ibn Sino, Forobiy ta'lim metodlarini faollashtirish haqida, mustaqil ta'lim, faol ta'lim, o'zaro bog'liqlik qonuni, mashq qonuni, intensivlik qonuni, assimlyatsiya qonuni, ta'limni axborotlashtirish qonuni, pedagogik mahorat.
Ta'lim metodlari va usullari haqida tushuncha.
Hozirgi zamon didaktikasi va xususiy metodikasida ta'lim metodlarini tavsiflashga turlicha yondashuvlar
Ta'lim metodlari tevarak-atrofdagi dunyoni bilishning umumiy qonuniyatlarini tushunishga bog'liqdir, ya'ni ular falsafiy metodologik asosga ega va ta'lim jarayonidagi qarama-qarshiliklarni, ta'lim jarayoniningmohiyatini vatamoyillarini to'g'ri anglash natijasidir. Ta'lim materiali ta'lim mazmunida ifodalangan ilmiy fikr mantig'iga bog'liq. Pedagogik qarashlarda nazariya qancha kam ifodalangan boisa, ta'lim metodlari bu nazariyaga shuncha kam bog'liq bo'ladi. Pedagogika fani maktablar va ta'lim beruvchilarning ilg'or ish tajribalarini umumlashtiradi, an'anaviy ta'limning ilmiy asoslarini ko'rsatib beradi, o'qitishning zamonaviy, samarali metodlarini ijo-diy ravishda izlab topishga yordam beradi.
Shu sababli ham ta'lim metodlari oldiga quyidagi asosiy talablar qo'yiladi:
1. O'quv materialini o'rganish yo'li fikr yuritishning didaktik-materialistik usullarini, milliy mafkuraga hamda milliy qadriyatlarga asoslangan axloq, xulq-atvorning irodaviy sifatlarini shakllantirishga olib kelishi kerak.
2. Ta'lim metodi ilmiy dalillar bilan ravshanva aniq asoslangan bo'lishi lozim.
3. Ta'lim metodlarining tizimliligi ularning samaradorlik darajasini belgilaydi.
4. Ta'lim metodlari oldiga muqarrar sur'atda qo'yiladigan yana bir talab - ularning tushunarli bo'lishi.
5. Bolani sezgi organlari orqali bilishga o'rgatish va o'quv jarayonida ko'rsatmali qurollardan iloji boricha ko'proq foydalanish.
6. Ta'lim metodlari oldiga qo'yiladigan talablardan yana biri – bu bilimlarning asosli va puxta bo'lishi. Ta'lim metodlari yaxshi natija beradigan bo'lishi lozim. Ta'lim beruvchining tushuntirish va ta'lim oluvchilarning o'ziashtirish usuli rejalashtirilgan yoki moijailangan natijani berishi kerak.
6.3. Ta'lim metodlari va vositalarining tavsifi
Metodlar bir qancha asosiy guruhlardan iborat bo'lib, ularning har biri o'z navbatida kichik guruhlar va ularga kiruvchi alohida metodlarga bo'linadi. O'quv-biluv faoliyatini tashkil qilish va amalga oshirish jarayonining o'zi esa axborot uzatish, qabul qilish, anglash va o'quv axborotlarini esda saqlashni hamda olinadigan bilim va ko'nikmalarni amaliyotda qo'llay olishni nazarda tutishni hisob-ga olsak, birinchi guruh metodlariga so'z orqali axborotni uzatish va eshitish orqali qabul qilish metodlari og'zaki metodlar; hikoya, ma'ruza, suhbat va boshqalar; ikkinchi guruh metodlariga o'quv axborotlarini ko'rgazmali uzatish va ko'rish orqali qabul qilish metodlari — ko'rgazmali metodlar: tasviriy, namoyish qilish va bosh­qalar; uchunchi guruh metodlariga o'quv axborotini amaliy mehnat harakatlari orqali berish (amaliy metodlar, mashqlar, laboratoriya tajribalari, mehnat harakatlari va boshqalar) kiradi. Demak, amaliyotda keng qo'llanilib kelayotgan ta'lim metodlarini quyidagi ko'rinishda ifodalash mumkin (1-shakl).

Download 239,51 Kb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Download 239,51 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Sharq mutafakkirlarining ta'lim metodlari haqidagi fikrlari

Download 239,51 Kb.