|
Ta’lim metodlari va vositalari unumli foydalanish yo’llari
|
bet | 16/17 | Sana | 19.01.2024 | Hajmi | 239,51 Kb. | | #140776 |
Bog'liq Mullajonova Nargiza2.4. Ta’lim metodlari va vositalari unumli foydalanish yo’llari.
Metod so‘zi yunoncha tadqiqot, maqsadga erishish yo‘li, usuli deganidir. Metod - eng umumiy ma’noda - maqsadga erishish usuli, ma’lum tarzda tartibga solingan faoliyatdir. Metodlarning asosiy mazmunini amaliyotda sinalgan ilmiy nazariyalar tashkil etadi. Har qanday ilmiy nazariya mohiyati jihatidan metod funksiyasiga egadir. Metod, oʻz navbatida, yangi ilmiy nazariyalar va qonuniyatlarning ochilishiga vosita boʻladi. Ta’lim metodlari deyilganda, o‘rganilayotgan materialni egallashga qaratilgan turli didaktik vazifalarni hal etish bo‘yicha o‘qituvchining o‘rgatuvchi ishi va o‘quvchilarning o‘quv-bilish faoliyatini tashkil etish usullari yig‘indisi tushuniladi. Ta’lim metodlari dastlab pedagog ongida muayyan yo‘nalishdagi faoliyatning umumlashma loyihasi tarzida namoyon bo‘ladi. Mazkur loyiha amaliyotga o‘qituvchi va o‘quvchilar faoliyatining o‘zaro tutashuvi, o‘qitish va o‘qishga qaratilgan aniq harakatlar, amallar yoki usullar majmuasi sifatida joriy etiladi. Metod boshqa shakllarda namoyon bo‘lmaydi, buning boisi ta’lim metodi o‘zida umumiy holda faoliyatning didaktik modelini ifoda etadi. Didaktikada, shuningdek, ta’lim usullari atamasi ham keng qo‘llanadi. Ta’lim usuli deganda, ta’lim jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchilarning kutilgan maqsadga erishishga qaratilgan birgalikdagi faoliyatlari tushuniladi. O‘qitish usullari ta’lim jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchi- talaba faoliyatining qanday bo‘lishini, o‘qitish jarayonini qanday qilib tashkil etish va olib borish kerakligini belgilab beradi. Ta’lim usuli - ta’lim metodining tarkibiy qismi yoki alohida tomoni. Metodlar bilan usullar munosabati o‘zaro bir-biriga bog‘langan. Usul va metod butun va qism sifatida bir- biriga bog‘lanadi. Usullar yordamida faqat pedagogik yoki o‘quv vazifasining bir qismi hal qilinadi. O‘qituvchilarning ayrimlari esa, «metod» tushunchasining o‘rniga «uslub» tushunchasini ham qo‘llaydilar. Ammo «uslub» tushunchasi «metod» atamasining mohiyatini o‘zida to‘liq aks ettira olmaydi. Chunki uslub ko‘proq xususiy (so‘z borayotgan holatda aynan o‘qituvchiga xoslikni ifoda etadi) tavsifga ega bo‘lib, aniq maqsadga erishish yo‘li sifatida xizmat qila olmaydi. Didaktik tadqiqotlar ko‘rsatadiki, ta’lim metodlari nomenklaturasi (nomlanishi) va tasnifi ularni ishlab chiqishda tanlangan yondashuvga bog‘liq holda juda xilma-xil ekanligi bilan xarakterli. Ulardan eng muhimlariga to‘xtalamiz. Demak, ta’lim metodlari quyidagicha tasniflanadi: 1. An’anaviy ta’lim metodlari: og‘zaki, ko‘rgazmali, amaliy , kitob bilan ishlash va video metodlari. 2. O‘quvchilarning bilish faoliyati tavsifiga ko‘ra ta’lim metodlari: Axboriy-retseptiv, reproduktiv, muammoli bayon etish, evristik (qisman izlanish), tadqiqotchilikka doir. 3. Asosiy didaktik maqsadlarga ko‘ra ta’lim metodlari: a) yangi bilimlarni egallash; b) ko‘nikma va malakalarni shakllantirish; d) bilmlarni amaliyotda qo‘llash. 4. Yaxlit yondashuv bo‘yicha ta’lim metodlari: a) bilim, ko‘nikma va malakalarni mustahkamlash va nazorat qilish metodlari; b) o‘quv-bilish faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish metodlari; d) o‘quv-bilish faoliyatini motivatsiyalash va rag‘batlantirish metodlari; c) o‘quv-bilish faoliyatini nazorat va o‘z-o‘zini nazorat qilish metodlari. 5. Interfaol metodlar va grafik organayzerlar. a) o‘rganilayotganlarini o‘zlashtirishga da’vat qilish metodlari; b) yangi materialni anglash metodlar; d) o‘rganilganlarini fikrlashga imkon beruvchi metodlar. Ta’lim sifati va samaradorligini ta’minlashda ko‘rgazmali metodlar ham alohida ahamiyatga ega. Tasvir (illyustratsiya) metodi namoyish metodiga chambarchas bog‘liq bo‘lsada, didaktikada alohida o‘rganiladi. Illyustratsiya narsa, hodisalar va jarayonlarni ularning ramziy ko‘rinishlari - chizma, rasm, fotosurat, yassi modellar va boshqalar yordamida ko‘rsatishni taqozo etadi. Namoyish (demonstratsiya) metodi o‘rganilayotgan obyekt harakat dinamikasini ochib berishda qo‘l keladi va ayni chog‘da predmetning tashqi ko‘rinishi va ichki tuzilishi haqida to‘laqonli ma’lumot berishda keng qo‘llaniladi. Tabiiy obyektlarni namoyish qilishda, odatda uning tashqi ko‘rinishi (shakli. hajmi, miqdori, rangi, qismlari, ularning o‘zaro munosabatlari)ga e’tibor qaratiladi, so‘ngra ichki tuzilishi yoki alohida xususiyatlarini o‘rganishga o‘tiladi. Ko'rsatish ko‘p holatlarda o‘rganilayotgan obyektlarning subyekti yoki chizmasi yordamida kuzatiladi. Amaliy metod - o‘zlashtirilgan bilimlarni amaliy masalalar yechimini topishga yo‘naltirilgan jarayonda qo‘llashni taqozo etadi. Bunda nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llash ko‘nikmasi hosil qilinadi. Amaliy ishlar sinfda yoki tabiiy sharoitlar - maktab yer maydoni, issiqxona, geografik maydonlarda amalga oshiriladi. Ularni amalga oshirishda sodir etiladigan harakatlar o‘qituvchi tomonidan nazorat qilinadi va zarur hollarda yo‘riqnoma yoki maxsus ko‘rsatmani o‘quvchilar e’tiboriga havola etadi. Ta’lim metodlari ta’lim vositalari bilan birgalikda qo‘llaniladi. Ta’lim vositalari - bu yangi bilimlarni o‘zlashtirish uchun o‘qituvchi va o‘quvchilar tomonidan foydalaniladigan obyekt. Ta’lim vositalari katta ahamiyatga ega. Ta’limning barcha vositalari ta’lim maqsadlarini muvafaqqiyatli amalga oshiradi. Ta’lim vositalari o‘zida o‘quv-tarbiyaviy maqsadga erishish uchun zarur bo‘lgan moddiy yoki ma’naviy qadriyatlarni aks ettiradi. Odatda ular ta’lim metodlariga mos holatda foydalaniladi. Biroq, agar metodlar «qanday o‘qitish» savoliga javob bersa, vositalar esa, «uning yordamida nimani o‘qitish» savoliga javob beradi. An’anaviy ravishda qo‘laniladigan ta’lim vositalariga darslik, rasmlar, jadvallar, nutq, o‘quv-ustaxonasi jihozlari, laboratoriyalar, axborot vositalari, o‘quv jarayonini tashkil etish va boshqarish vositalari kiradi. Didaktik vositalar deganda, o‘quv va ko‘rgazmali qo‘llanmalar, namoyishli qurilmalar, texnik vositalar tushuniladi. Didaktik vositalar metodlar singari ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi funksiyalani bajaradi. Bundan tashqari o‘quvchilarning o‘quv-bilish faoliyatini hosil qilish, boshqarish va nazorat qilish vazifalarini bajaradi. Didaktik vositalar audiovizuallik tafsilotida motivatsion, axborot, ta’lim jarayonini boshqarish, optimallashtirish funksiyalarini bajaradi. Ta’lim vositasini tanlab olish ta’lim metodini tanlash bilan bog‘liq. Agar ta’limning faol metodi(kitob bilan ishlash, mashqlar) foydalanilsa, u holda o‘quv qo‘llanmalari, darsliklar va ta’limning texnik vositalaridan foydalaniladi. Aynan ta’limning aktiv-texnik vositalari amaliy metodlarda foydalaniladi. Ta’lim vositalari tasnifi aniq va yagona bo‘lishi mumkin emas. Ta’lim vositasining ahamiyatli tomoni ularning birgalikda qo‘llanilishidir va hech qachon bir-birini inkor etmaydi. Q‘qituvchining vazifasi - dars jarayonini faollishtirish uchun ta’limning samarali vositasini tanlab olishdir. Ta’lim vositalarini tasniflashda turli asoslarga ko‘ra yondashish mumkin: - faoliyat subyektiga ko‘ra; - faoliyat obyektiga ko‘ra; - o‘quv axborotiga munosabatiga ko‘ra; - o‘quv jarayonidagi vazifasiga ko‘ra. Ta’lim metodining o‘qituvchi tomonidan to‘g‘ri tanlanishi, dars jarayonida turli vositalar yordamida mavzuning tushuntirilishi ta’lim sifatining oshishiga yordam beradi. Yuqorida ko‘p bora ta’kidlab o‘tilganidek, ta’lim metodlarini malakali o‘qituvchining usuli bilan birlashishi natijasida fanning va o‘rganilayotgan mavzuning mazmuni va o‘ziga xosliklari to‘liq ochib beriladi. Bu esa o‘quvchilarning fan yuzasidan bilim, ko‘nikma, malaka kompitensiyalarining shakllanishi va rivojlanishiga asos vazifasini o‘taydi.
Xulosa
Bu metodning mohiyati bilimlarni o’zlashtirish va mustahkamlash, o’quvchilarning darslik va kitob bilan mustaqil ishlashi jarayonida amalga oshishidan, va ayni paytda, ularning kitob bilan ishlash malakalarini egallashidan iboratdir. Mazkur metodning o’zaro bog’liq ikkita muhim tomoni mavjud bo’lib, ular o’quvchilarning o’rganiladigan materialni mustaqil o’zlashtirish va ularda o’quv adabiyoti bilan ishlash ko’nikmasini shakllantirishdir. Dars mashg’ulotlari tizimida darslik bilan ishlashning to’g’ri yo’lga qo’yilishida o’qituvchining ta'limiy ishlari bilan o’quvchilar faoliyatining o’zaro muvofiqligi masalasi g’oyat mihim ahamiyatga molikdir.
Darslikni mashg’ulotlarni tashkil qilish uchun foydalaniladigan qandaydir yordamchi vosita deb bilmaslik kerak. Darslik, avvalo, o’quvchilar uchun muhim bilim manbalaridan biridir. Lekin u bayon etilgan materialni mustahkamlashning va o’quvchilar bajaradigan aqliy ishlarni faollashtirishning samarali vositasi sifatida ham xizmat qiladi. Ammo buning uchun o’qituvchi darslikni qo’llashda eng muhim metodik talablarga rioya qilishi zarur. U mashg’ulotlarni o’tkazishdagi muayyan holatda darslikni qay yo’sinda qo’llash maqsadga muvofiqligini aniqlab olishi, shu orqali bolalarni fikrlashga rag’batlantirishi, ularning o’rganiladigan materialni quruq yodlashi va yuzaki eslab olishiga yo’l qo’ymasligi kerak.
|
| |