• S.I.Perovskiy, Ye.V.Golant
  • M. A. Danilov, B.R.Yesipov
  • M.N.Skatkin, I.Ya.Lerner ta’lim metodlarini
  • M.I.Maxmutov ta’lim metodlari
  • O.R.Roziqov
  • L.N.Skatkin
  • Mavzu: O’qitish metodlari va ularning tasnifi




    Download 239,51 Kb.
    bet4/17
    Sana19.01.2024
    Hajmi239,51 Kb.
    #140776
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
    Bog'liq
    Mullajonova Nargiza

    O’qitish metodlari - bu darsda o’qituvchi va o’quvchilarning birgalikdagi faoliyati bo’lib, uning evaziga bilim beriladi, malaka va ko’nikmalar hosil qilinadi, o’quvchilarda dunyoqarash va mustaqil ishlash elementlari shakllanadi, ular hayotga va mehnatga tayyorlanadi.
    O’qitish metodlari o’qituvchi va o’quvchilarning birgalikdagi faoliyatlari usuli bo’lib, bu faoliyat yordamida yangi bilimlar, malakalar va ko’nikma larga erishiladi, o’quvchilarning dunyoqarashi shakllanadi, ularning qobiliyatlari rivojlanadi.
    S.I.Perovskiy, Ye.V.Golant o’qitish metodlarini tasnif etishda ta’lim manbalarini hisobga olishgan. Ular o’qituvchi nutqi, ko’rgazma qurol, darslik hamda qo’shimcha adabiyotlarni ta’lim manbalari sifatida qarab, ta’lim metodlarini 3 guruhga ajratishgan:

    1. Bilimlarni og’zak¡ bayon etish

    2. Ko’rgazmali

    3. Amaliy metodlar

    M. A. Danilov, B.R.Yesipov o’zlarining qator ishlarida ta’lim jarayonining turli zvenolarida bajariladigan ishlar mazmunidan kelib chiqib, ta’lim metodlarini quyidagi guruhlarga ajratishgan. bilimlarni o’rganishga oid metodlar malaka va ko’nikmalarni shakllantirishga oid metodlar bilim va malakalarni tadbiq etish metodlari

    1. ijodiy ishlash metodlari

    2. bilim va malakani mustahkamlash va tekshirish metodlari

    M.N.Skatkin, I.Ya.Lerner ta’lim metodlarini tasnif etishda o’quvchilar faoliyati xususiyatlarini e’tiborga olishgan va quyidagi guruhlarga ajratishgan:

    1. izohli-ko’rgazmali metodlar

    2. qayta eslashga oid standart metodlar

    3. muammoli bayon metodi

    4. evristik metodlar

    5. ilmiy ishlash metodlari

    M.I.Maxmutov ta’lim metodlari ni tasnif etishda o’qitish usullari bilan o’qish usullarini o’zaro qo’shilishini taklif etadi va quyidagi guruhlarga ajratilgan metodlarni keltiradi:

    1. xabar-umumlashtirish metodlari

    2. izohli va eslashga oid metodlar

    3. ko’rsatmal i-amaliy metodlar

    4. izohl i-rag’batlantiruvchi metodlar

    5. qisman izlanishga oid metodlar

    6. izlanish metodlari

    O.R.Roziqov o’qitish va o’qish faoliyatlari o’zaro ta’sir mohiyatidan kelib chiqib, ta’lim metodlarini ikki guruhga ajratadilar:

    1. o’zaro ta’sirni tashkil etish va boshqarish metodlari;

    2. o’zaro ta’sir natijasini nazorat etish metodlari.

    L.N.Skatkin (metodist olim) o’z kitobida barcha o’qitish metodlarini 2 guruhga ajratib ko’rsatadi:

    1. Reproduktiv metodlar

    2. Produktiv metodlar

    A.M.Pishkalo "Методика преподавания математики в I-III классах” deb nomlangan kitobida o’qitish metodlarini 2 guruhga ajratib bayon etadi:

    1. Bu guruhga o’qituvchi va o’quvchilarning darsdagi faoliyatlarini tashkil etishga qaratilgan metodlar: tushuntirish, bayon etish, suhbat, o’quvchilarning mustaqil ishlarini kiritadi.

    2. Bu guruhga bilim olish manbalaridan kelib chiqadigan metodlarni kiritadi: o’qituvchining og’zaki nutqi, kitob ustida ishlash, ko’rgazmali qurollardan foydalanish, o’quvchilarning amaliy ishlarini kiritadi.


    Download 239,51 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




    Download 239,51 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: O’qitish metodlari va ularning tasnifi

    Download 239,51 Kb.