AKADEMIK YUNUS RAJABIY VA SHASHMAQOM




Download 0,8 Mb.
bet5/8
Sana14.05.2024
Hajmi0,8 Mb.
#232752
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
O\'ZBEKISTON TELERADIO KOMPANIYASI YUNUS RAJABIY NOMIDAGI MAQOM ANSANBILI

2.2 AKADEMIK YUNUS RAJABIY VA SHASHMAQOM


Yunus Rajabiy deganda oʻzining samarali ijodi, qoldirgan ulkan musiqiy merosi bilan oʻzbek milliy musiqasiga bebaxo hissa qoʻshgan buyuk sanʼatkor koʻz oʻngimizda gavdalanadi. Musiqiy madaniyatimizda uning alohida oʻrni boʻlib, oʻz ijodiy va ilmiy ishlari natijasida akademik darajasiga koʻtarilgan. Hoji Abdulaziz Abdurasulov uning ijodiy faoliyatida muhim rol oʻynadi. Yunus Rajabiy 1927 yilda tashkil qilingan birinchi oʻzbek radiosi milliy cholgʻu ansamblining asoschisi va musiqa rahbari boʻldi.
Yunus Rajabiy [1897.5(17).1—Toshkent — 1976.23.4]— bastakor, xonanda va sozanda (nay, dutor), oʻzbek musiqa merosini toʻplovchisi. Oʻzbekiston xalq artisti (1953), Oʻzbekiston FA akad. (1966). Madrasada, keyinchalik Turkiston xalq konservatoriyasida (1919— 23), Toshkent Oliy musiqa maktabining tayyorlov kursi (1934) hamda Moskvada tashkil etilgan bastakorlar kursi (1940—41)da taʼlim olgan. Dutor chalishni Mirza Qosimdan, keyinchalik oʻzbek mumtoz musiqa merosini Sh. Shoumarov, Hoji Abdulaziz, Toʻychi hofiz, Domla Halimlardan oʻrgangan. Samarqand pedagogika bilim yurtida musiqa oʻqituvchisi (1923—25). Samarqand teatrining musiqa rahbari (1925—27), Oʻzbekiston radiokomiteti qoshidagi xalq cholgʻu asboblari ansambli (keyinchalik xalq cholgʻulari orkestri) tashkilotchisi va badiiy rahbari (1927—42, 1945—59), Yangiyoʻl teatri musiqa rahbari (1942—45), Oʻzbekiston teleradiosining “Maqom” ansambli tashkilotchisi va badiiy rahbari (1959—76). Yoshligidanoq shirali va taʼsirchan ovozga ega boʻlgan isteʼdodli xonanda va mohir sozanda sifatida tanilgan. Uning repertuaridan maqom parchalari, “Girya”, “Ushshoq”, “Koʻcha bogʻi”, “Eshvoy”, “Kurd”, “Qalandariy”,“Gulyor—Shahnoz”, “Bayot”, “Dugohi Husayniy”, “Chorgoh”, “Miskin”, “Nasrulloyi” kabi ashula va kuy turkumlari oʻrin olgan. U bir qancha qad. Oʻzbek xalq kuy va ashulalarini qayta ishlab tiklagan: “Subhidam”, “Yolgʻiz” “Sayqal”,“Figʻon”, “Oraz”, “Begi Sultan” va b. Ijrochilik faoliyatini bastakorlik b-n birgalikda olib borgan Yunus Rajabiy oʻzbek musiqali dramasining shakllanishiga muhim hissa qoʻshgan. Dastlab “Farhod va Shirin” (Xurshid, 1922—25, Sh. Shou- marov b-n hamkorlikda), “Layli va Majnun” (Xurshid, 1926), “Rustam” (U. Ismoilov, 1933), “Avaz” (A. Hidoyatov, 1935),“Xolisxon” (Hamza, 1940) kabi spektak- llarga xalq ashulalari asosida kuylar bastalagan. Keyinchalik B. Nadejdin b-n hamkorliqsa “Qasos” (A. Umariy, Uygʻun,1941), N. Mironov b-n “Qoʻchqor Turdiyev” (S. Abdulla, Chustiy, 1942), G. Mushel b-n “Muqanna” (H. Olimjon, 1943), O. Halimov b-n “Nodira” (S. Kosimov, Ya. Mamatxonov, 194243), B. Zeydman b-n “Oʻgʻil uylantirish” (H. Fylom, 1964), Sayfi Jalil b-n “Navoiy Astrobodda” (I. Maxsumov, 1968) singari musiqali dramalarni yaratgan. U “Zaynab va Omon” operasi (1958; B. Zeydman, D. Zokirov va T. Sodiqoovlar b-n) ning yozilishida ishtirok etgan.
Yunus Rajabiy, shuningdek, “Fabrika yallasi”,“Bizning davron”, “Mirzachoʻlda toʻy”,“Oʻzbekiston”, “Yangrasin Gulyor”, “Dugonalarga”, “Kadah”, “Koshki”, “Gul sochar”, “Judo”, “Raʼnolanmasun”, “Chapandoz”, “Kuygay” kabi qoʻshiq va ashulalar,“Oʻyin Bayoti”, “Oʻyin Dugohi”, “Paxta”singari rake kuylari yaratgan. Yunus Rajabiyning, ayniqsa, oʻzbek musiqa merosini toʻplashdagi xizmatlari katta. U 1935 y.dan xalq, kuy va ashulalarini notaga yoza boshlagan. Natijada Ye. Romanovskaya va Il. Akbarov tuzgan “Oʻzbek xalq qoʻshiqlari” (1939) toʻplamidan Yunus Rajabiy notaga olgan 29 ta xalq musiqa namunasi oʻrin olgan. 1955—59 y.larda Yunus Rajabiy 5 jildli “Oʻzbek xalq musiqasi” (I. A. Akbarov taxririda) toʻplamini nashr ettirdi. Unga mingga yaqin turli janrdagi oʻzbek (bir kancha tojik, uygʻur) kuy va ashulalari, Buxoro Shashmaqomi, Fargʻona — Toshkent maqom yoʻllari, katta ashulalar, 20-a. bastakorlari (Hamza, K.Jabborov, N. Hasanov, S. Kalonov,
F. Sodiqov, T. Jalilov, M. Mirzayev va b.)ning asarlari kiritilgan. “Maqom” ansambli b-n ishlashi jarayonida Yunus Rajabiy Shashmaqomning 6 jildli yangi nashrini (1966—74, F. Karomatov tahririda) hamda grammplastinka yozuvlar mukammal toʻplamini (Toshkent grammyozuvlar studiyasida, 1970-y.lar) tayyorladi.T. Sodiqov, D. Zokirov, D. Soatqulov, F. Sodiqov, N. Hasanov, K. Jabborov, S. Kalonov, K. Moʻminov, O. Imomxoʻjayev, B. Davidova, K. Ismoilova, O. Alimahsumov, T. Alimatov va b. sanʼatkorlar Yunus Rajabiyning shogirdlaridir.
Yunus Rajabiy Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1971), “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni (2000) b-n mukofotlangan. Oʻzbekiston teleradiokompaniyasi qoshidagi “Maqom” ansambli, Jizzax musiqali drama va komediya teatri, Toshkent musiqa pedagogika bilim yurti, Toshkentdagi koʻchalardan biri, metro bekati Yunus Rajabiy nomi b-n yuritiladi. Uning hayoti va ijodiga bagʻishlangan “Yunus Rajabiy” (“Oʻzkinoxronika” studiyasi, 1967; “Oʻzbektelefilm” studiyasi, 1990), “Umr daftari” (Oʻzbekiston televideniyesi, 2001) filmlari suratga olingan. Yunus Rajabiy 1957—76 y.lar yashab ijod etgan uy (Toshkent, Yunus Rajabiy koʻchasi, 20)da 1997 y.da Rajabiy uy-muzeyi ochilgan. 2001 y. Yunus Rajabiy madaniyat markazi tashkil etilgan.
“Har bir xalq ruhiyatini ifodalovchi milliy kuy-ohanglar – aziz ona tili kabi qadrliva muqaddasdir. Millatning o„tmishi va buguni, asriy orzu-istaklari va go„zal tuyg„ularini mujassam etgan ohanglar ona allalari, umrboqiy qo„shiqlaru mumtoz kuylarda rang-barang jilolanadiki, ularni tinglagan inson o„zligini anglaydi, ruhan yuksalganini his qiladi”.Ozbek xalqining boy musiqiy merosi haqida so„z ketganda, bu bebaho boylikning bizgacha yetib kelishida jonbozlik ko„rsatgan ustoz san‟atkorlarning ijodiy faoliyatiga to„xtalmasdan iloj yo„q. Bu o„rinda xalqimizning ardoqli farzandi, Rajabiylar sulolasining yirik namoyandasi, atoqli bastakor, xonanda va sozanda, O„zbekiston xalq artisti, akademik Yunus Rajabiy (1897–1976) haqida so„z yuritish ayni muddao bo„ladi.
‘Ozbekiston xalq artisti, Respublika Davlat mukofoti sovrindori, sozanda, hofiz va
bastakor, akademik, milliy maqom san‟atimiz sultoni Yunus Rajabiy ko„pqirrali ijodiy faoliyati bilan, o„zbek musiqasi tarixida yorqin iz qoldirdi.
Yunus Rajabiy nomini tilga olganimizda, el xurmatiga sazovor bo„lgan va o„zbek
musiqasi tarixida unitilmas nom qoldirgan xalq musiqasi donishmandlari qatorida Ota Jalol, Ota G‟iyos, Levi Boboxon, Hoji Abdulaziz, Usta Shodi, Boboqul Fayzullo, Madumar Hofiz, Mulla To„ychi singari xonandalar ko„z oldimizda gavdalanadi. Yunus Rajabiy katta va tabarruk yo„lni bosib o„tgan, unumli va mazmundor hayot kechirgan, umr bo„yi xalqqa xizmat qilgan, kelajak avlodga bebaho xazina to‟plab meros qilib qoldirgan zabardast ijodkordir. Yunus Rajabiy chinakam akademik olim, barkamol ijrochi (sozanda: nay va dutor; o‟ziga xos hofiz), asl o‟zbek bastakori, XX asr o’zbek musiqasi dahosi, o‟zbek milliy musiqasining ko‟rki, faxri, sarbonidir. Yunus Rajabiy 1897-yilda Toshkent shahrining Chaqar mahallasida tavallud topgan. Yunus Rajabiy 1897-yilda Toshkent shahrining Chaqar mahallasida tavallud topgan. Musiqa sabog„ining ilk qadamlarida u dutor va nay cholg„ularida mashq qila boshlaydi. Yosh iste‟dod egasiga ustozlarning e‟tibor berganligining sababi, uning xotirada saqlab qolish qobiliyati o„ta kuchli bo„lganligida edi. Darhaqiqat, u musiqiy asarni bir tinglashda boshidan to oxiragacha esida saqlab qoladigan darajadagi «quvvayi hofiza»ga ega bo„lgan.
Yunus Rajabiyning o„rtancha akasi Rizqi Rajabiy o‟sha vaqtlarda bir qadar tanilib qolgan tanburchi edi. Yunus mahallasida yashovchi andijonlik Mirzaqosim hofiz qayerga mehmonga bormasin birga bo„lar, Yunus u bilan mijja qoqmay hofizning qo„shiqlarini zavq bilan tinglar edi. Darhaqiqat, bu hofizning ovozini katta-yu kichik zavq bilan tinglar edi. Mana shu tarzda Yunus Rajabiyning yoshlik davri xonanda-yu, sozandalar musiqiyijodiy davrasida o„tdi. Bu hol uning san‟atga bo„lgan mehr-muhabbatini yanada kuchaytirdi. Hofizlardan eshitgan kuylarni dutorda mashq qila boshladi. Akasi Rizqi Rajabiy tanburchi edi, uning yoniga borib dutor cholg‟usida jo„r bo„la boshladi. Mashhur hofiz Mulla To„ychi Toshmuhammedov va san‟atkor Shorahim Shoumarovlardan maqom hamda xalq qo„shiqlarini o„rganada boshladi. O„tkir shirali ovozi bilan iste‟dodli xonanda sifatida “Qaro ko„zim”, “Girya”, “Eshvoy” ashulalari bilan o„z muxlislariga ega edi.1958-yilda maqomchilar ansambliga rahbarlik qilish topshirildi. Shu davrda ijodkor xalq musiqa merosining durdonalarini notaga yoza boshladi. 1955-yilda “O„zbek xalq musiqasi” ning I-V jildi nashrdan chiqdi, keyinchalik 1966-75 yillarda Shashmaqomning VI jildli turkumi chop etildi.
1920-1940 yillarda turli mavzularda mumtoz va zamonaviy kuylar: “Fabrika yallasi”,
“Qahramon”, “Paxta”, “G‟alaba”, “Vatan” kabi qo„shiqlari tez orada ommalashib ketdi. Yunus Rajabiy musiqaning boshqa janrlarida ham bir qator asarlar yaratdi. “Paxta” nomli simfonik syuita, “Farg‟onacha” syuitasi va “Segoh” simfonik pye‟sasi, o„zbek cholg‟u ansambli uchun “Raqs”, “Naylagayman”, “Tong nasimi” va “Yuzing oydek” nomli uch qismli vokal simfonik syuitalarni bastaladi.
O„zbek radiosi qoshida xalq milliy cholg„u ansambli zaminida o„zbek xalq cholg„u orkestri tuzildi. Bu dargohda 50 yil ijodiy mehnat qildi. Keyinchalik 1959 yilda esa hozirgacha o„z foliyatini muvaffaqiyatli davom ettirayotgan maqom ansamblini tuzdi va “Shashmaqom”ni mushkilot va nasr bo„limlarini magnit tasmaga tushirdi. Bu maqom ansambli hozirgacha ustozning ijrochilik maktabi ruhida faoliyatini davom ettirmoqda.Xonandalikni bastakorlik bilan uyg‟unlikda olib borgan san‟atkor o„zbek musiqali drama janrida samarali ijod etib, kuylar, qo„shiqlar, raqs kuylari, xor asarlari yozdi.Musiqashunos olim Otanazar Matyoqubov o‟zining “Maqomot” nomli kitobida Yunus Rajabiy shuhrati haqida quyidagicha yozadi: “San‟atkorning o‟z ishiga har tomonlama ijodiy yondoshishi – ustoz-murabbiy, ijrochi, tadqiqotchi va arbob sifatida unga keng ommaviy shon-shuhrat olib keldi” . Yana bir musiqashunos olim Soibjon Begmatov Yunus Rajabiyning musiqa san‟ati rivojida olib borgan faoliyati ko‟p qirrali ekanligini e‟tirof etib, quyidagi fikrni bildiradi: “Birinchidan, ijrochilik; ikkinchi yo‟nalish – bastakorlik; uchinchisi – an‟anaviy musiqa namunalarini notaga olish bilan bog‟liq etnograf-musiqashunoslik; to‟rtinchisi – maqom ansambliga rahbarlik; beshinchisi – o‟zbek xalq va mumtoz musiqalarini maqomchilar ansambliga o‟rgatib, magnit tasmalariga yozdirgan va meros qilib qoldirgan xazinabon; oltinchisi – betakror shogirdlarning kamolga yetishida rahnamolik qilgan mehribon ustoz, yettinchisi – musiqa ijrochiligi, ijodiyotida ibrat sifatida faoliyat olib borgan yagona akademikdir”45. Mana allomaning serqirra ilmiy va ijodiy faoliyatiga berilgan baho. Darhaqiqat, ulug‟ alloma o‟zinig ulkan qobiliyati ila serqirra va mashaqqatli faoliyati davomida o‟zbek mumtoz va folklor musiqasi bobida katta muvaffaqqiyatlarga erishdi, o‟z nomini tarixga muhrlab, Yunus Rajabiy maktabi davomchilarini tarbiyaladi. Akademik Yunus Rajabiy o‟zining ilmiy faoliyati natijasida bir qancha yutuqlarga erishdi. 1955 yildan 1959 yillargacha davomida Yunus Rajabiy o‟zining folklorshunoslik ilmida olib borgan ishlarini tarixga muhrlashga erishadi. 1500 dan ortiq xalq kuy va ashulalari, yalla va laparlari, terma va dostonlaridan namunalarni hamda maqom namunalarini (Buxoro Shashmaqomi va Farg‟ona-Toshkent maqom yo‟llari) besh jilddan iborat “O„zbek xalq muzikasi” kitoblarida ilmiy mantiqqa mos ravishda nashrga tayyorlashining o‟zi ulkan jasorat namunasi edi. Bu kitoblar “O„zbek xalq muzikasi” nomida musiqashunos Ilyos Akbarov tahriri ostida 1-tom 1955 yilda, 2-tom 1957 yilda, 3-tom 1959 yilda, 4-tom 1958-yilda, 5-tom 1959 yilda Buxoro maqomlari nomida Toshkentda chop etiladi. Musiqa merosimizning ko‟plab namunalari “O‟zbek xalq muzikasi” kitobining
1- jildlarida o‟z aksini topgan. Ushbu kitoblarning har biri uchta katta bo‟limlardan tashkil topgan. Birinchi bo‟lim Farg‟ona-Toshkent maqom yo‟llari, maqom yo‟llarida yaratilgan yirik cholg‟u va ashula asarlarini qamrab olgan. Ikkinchi bo‟limda folklor namunalari, xalq marosim kuy-qo‟shiqlari va uchinchisi o‟sha davr bastakorlarining shu davrdayaratgan asarlari o‟rin olgan. Musiqashunos M.Ahmedov o‟zining musiqa merosimiz bilimdoni Yunus Rajabiyga bag‟ishlangan kitobida shunday deydi: “Yunus Rajabiy o‟zbek xalq musiqasini sistemali ravishda to‟plash jarayonida xilma-xil ashula, qo‟shiq janrlarini to‟plash va yozish tajribasini boyitib va mukamallashtirib bordi. To‟plovchi xalq kuylarini notaga yozganda ham, to‟plaganda ham avvalo, har bir kuyning xarakteri, shakli va tuzilishi qonunlarini o‟rgandi”. Shunday ekan Yunus Rajabiy musiqa merosimiz namunalarini nafaqat amaliy va ijodiy hatto ilmiy-nazariy bilganligi ham aniqlashdi. Serqirra qobiliyat egasi Yunus Rajabiy haqiqiy olimlik xususiyatlariga ega san‟atkor bo‟lgan edi. Yunus Rajabiy haqida gap ketganda ko‟zimiz oldiga birinchi navbatda Shashmaqom keladi. 1959 yilda nashrdan chiqqan “O‟zbek xalq muzikasi” kitobining 5-jildi Buxoro maqomlari nomida bosildi. Unda mumtoz musiqa durdonasi Shashmaqomning cholg‟u va ashula bo‟limlaridagi musiqiy namunalar, turkumlar o‟z ifodasini topdi.
1959 yilda Yunus Rajabiyning rahnamoligida O‟zbekiston teleradiosi qoshida
“Maqomchilar” ansambli tashkil etildi. Unga Yunus ota vafot etgunlarigacha rahbarlik qildilar ya‟ni, 1976 yilgacha. Yunus Rajabiy mumtoz musiqa namoyondalari,
maqomdonlarga rahnamolik qilib samarali va oqilona faoliyat olib bordilar. Aynan ana shu davr, ana shu yillar Yunus Rajabiyning eng gullagan, sermahsul davri bo‟ldi.
1960-1966 yillar alloma ijodida Shashmaqomni qayta yozish jarayoni bo‟lib, o‟z
davrining eng yetuk sozanda va hofizlari bilan birgalikda Shashmaqomdagi har bir asar qayta o‟rganilib, kamchiliklari va yetishmayotgan qismlari to‟ldirilib yana ham mukammalroq nota kitobi Yunus Rajabiy tomonidan tayyorlandi. Natijada, 1966-1975 yillarda Shashmaqom nomida yozib oluvchi Yunus Rajabiy, musiqashunos Fayzulla Karomatov tahriri ostida Toshkentda olti tomlik shaklida chop etildi: 1-jild – Buzruk, 2-jild – Rost, 3-jild – Navo, 4-jild – Dugoh, 5-jild –Segoh, 6-jild – Iroq. Yunus Rajabiyning yana bir qirralaridan deb aytishimiz mumkinki, uning mehribon va mahoratli ustoz ekanligi. U qo‟l ostidagi maqom ansambli jamoasiga Shashmaqom namunalarini chiroyli o‟rgatdi. Tarixiy kutilgan amaliy ishlarni amalga oshirdi. Bu, Shashmaqom kuy va ashulalarini magnit tasmalarga muhrlanishi edi. Ushbu amaliy ishlar tinglovchilar, musiqachilar, qiziquvchilar va musiqashunoslar uchun katta sovg‟a bo‟ldi. Musiqamiz durdonasi Shashmaqomning nafaqat nota yozuvi balki endi magnit tasmalarda eshitish va tasavvur hosil qilish uchun zapislari ham mavjudligi soha rivojiga ulkan hissa bo‟lib qo‟shildi. Shashmaqom nota kitoblarini tayyorlashda Yunus Rajabiy har tomonlama ilmiy yondoshishga harakat qiladi. Unda Mushkilot bo‟limi qismlaridagi xona va bozgo‟ylar ham, Nasr bo‟limidagi ashulalarning xatlari joylashuvi ham keltiriladi. Hattoki mundarijada har bir maqom namunalarining kimdan yozib olinganigacha keltirib o‟tilgan. O‟zi sozanda, xonanda bo‟la turib shunday mukammal kitobni yarata olgani Yunus Rajabiyni ilmiy tafakkuri qay darajada ekanligini ko‟rsatib turibdi. Akademik Yunus Rajabiy o‟zining sermahsul va mashaqqatli ilmiy-ijodiy faoliyati misolida bugungi kunda ham o‟rnak bo‟la oladigan shaxsdir.



Download 0,8 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 0,8 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



AKADEMIK YUNUS RAJABIY VA SHASHMAQOM

Download 0,8 Mb.