I.2 SHASHMAQOMNING YARALISHI
Shashmaqom — o ‘zbek va tojik xalqlarining m um toz musiqasi Hisoblanadi. Shashmaqom Buxoroda XVIII asrga kelib to‘la shakllangan. Uning tarkibida 250 dan ortiq yirik shakldagi kuy va ashulalar mavjud. Shashmaqom – olti maqom deganidir. Ular «Buzruk», «Rost», «Navo», «Dugoh», «Segoh» va «Iroq» deb nomlanadi.Shashmaqomni maxsus biUmga ega bo‘lgan sozanda va xonandalar ijro Etishadi. Ularni biz «maqomchilar» deb ataymiz. Azaldan Shashmaqomni Ijro etadigan maxsus ansam bllar faoliyat ko‘rsatib kelgan. Bunday Ansambllarga Toshkentda 0 ‘zbekiston Teleradiokompaniyasi qoshida tashkil. Etilgan Yunus Rajabiy nom idagi «M aqomchilar», Buxoro, Xorazm, Samarqand, Andijon va Farg‘ona viloyatlaridagi maqomchilar ansambllari.
Misol bo‘la oladi.Shashmaqom - o ‘zbek va tojik xalqlarining m um toz musiqasi
hisoblanadi. Shashmaqom Buxoroda XVIII asrga kelib to ‘la shakllangan.
Uning tarkibida 250 dan ortiq yirik shakldagi kuy va ashulalar mavjud. Shashmaqom - olti maqom deganidir. Ular «Buzruk», «Rost», «Navo»,
«Dugoh», «Segoh» va «Iroq» deb nomlanadi. Shashmaqomni maxsus bilimga ega bo‘lgan sozanda va xonandalar ijro etishadi. Ularni biz «maqomchilar» deb ataymiz. Azaldan Shashmaqomni ijro etadigan maxsus ansam bllar faoliyat ko‘rsatib kelgan. Bunday ansambllarga Toshkentda 0 ‘zbekiston Teleradiokompaniyasi qoshida tashkil etilgan Yunus Rajabiy nomidagi «M aqomchilàr», Buxoro, Xorazm, Samarqand, Andijon va Farg‘ona viloyatlaridagi maqomchilar ansambllari misol bo‘la oladi.turkumi; parda, ohang, usul, shakl, uslub kabi vositalar bilan oʻzaro uzviy bogʻlangan mumtoz kuy va ashulalar majmui. U muayyan shartsharoitlarda musiqiy folklor hamda kasbiy musiqa yoʻnalishlarida orttirilgan koʻp asrlik ilmiyijodiy tajriba hamda izlanishlar natijasida yuzaga kelgan. Shashmaqom milliy hamda mintaqaviy mumtoz musiqa anʼanalarining tarixan uzun taraqqiyot jarayoni natijasida bir qator bastakorlar avlodi sanʼatining qomusiy mahsulidir. Oʻrta asr Yaqin va Oʻrta Sharq xalqlari musiqa ilmida maqom, asosan, parda tuzilmalari tushunchasini hamda ularga mos holda yaratilgan quy va ashulalarni ifodaladi. Maqomlar dastlabki davrda tarqoq shakllarda rivojlandi, 13-asrda esa Safiuddin al-Urmaviy ularni oʻn ikki asosiy maqomdan iborat nazariy tizim shakliga keltirdi. 17-asrdan soʻng Oʻn ikki maqom tizimi inqirozga uchrab, uning negizida Sharq xalqlari orasida maqomlarning yangicha milliy va mahalliy shakllari vujudga kela boshladi. Xususan, 18-asrning oʻrtalarida Oʻrta Osiyoning yirik madaniy markazlaridan biri Buxoro shahrida saroy sozanda, xonanda va bastakorlari ijodiyijrochilik faoliyatida shashmaqom uzil-kesil shakllanib, Buxoro maqomlari, Buxoro Shashmaqomi nomlarida ham yuritildi. Oʻzbek maqom turlaridan Xorazm maqomlari, Fargʻona-Toshkent maqom yoʻllari, shuningdek, yovvoyi (erkin koʻrinishdagi) maqomlar, surnay, dutor yoʻllari va boshqalar shashmaqom taʼsirida rivojlandi. Oʻtgan zamon bastakorligida keng qoʻllanilgan amal, kor, naqsh, peshrav, savt, tarona, qavl kabi janrlarning noyob namunalari shashmaqom tarkibida bizgacha yetib keldi.
Shashmaqom Buzruk, Rost, Navo, Dugoh, Segoh va Iroq maqomlaridan tashkil topgan boʻlib, jami 250 dan ortiq har xil shakldagi kuy va ashula namunalaridan iborat. Shu qunga qadar sozanda, hofiz va bastakorlar maqom yoʻllarining qoʻplab ijroviy talqinlarini kashf etdilar, ovoz, tanbur, surnay, dutor va boshqalar maqom yoʻllarida bir qismli va turkumli asarlar ijod qildilar, ular asosida yangi kuy va ashulalar yaratdilar. Maqomlar sozanda va xonandalar tomonidan yakka tarzda, shuningdek, joʻrovozlik va joʻrnavozlikda ijro etib kelingan. Xususan, Buxoro amirlari saroyida eng soʻnggi davrda joʻrnavozlik asosan, 2 tanbur, 2 doira (doirachilar xonanda ham boʻlgan), afgʻon rubobi, sato yoki qoʻbiz, imkonga koʻra boʻlamon cholgʻularidan iborat boʻlgan. Maqom ijrochiligida tanbur yetakchi soz hisoblanadi. Chunki u torlarini maqom pardalariga moslab sozlashda va maqom yoʻllarini mukammal yangratishda birmuncha qulayliklarga ega. Doira esa sozanda va xonandalarning shashmaqom qismlarini belgilangan usul negizida ijro etishlari uchun zarur vosita boʻlib xizmat qiladi. Har bir maqomning bosh tovushqatori oʻziga xos va nisbatan barqaror boʻlib, turkumning toʻliq musiqiy ijro jarayonida uning pardalarida ayrim oʻzgarishlar ham sodir boʻlib turadi. Chunki shashmaqom shakllanishida maqomlar tarkibiga 12 maqomdan mazkur maqom pardalariga yaqin, kuy mavzui tabiatiga ohangdosh oʻzga shoʻba va maqom yoʻllari ham kiritilgan. Ularning ladtonalligi asosiy maqom yoʻllariga baʼzan mos kelmasligi ham mumkin. Shashmaqomni tashkil etgan maqomlarning har biri ikki — cholgʻu (mushkilot) va ashula (nasr) yirik boʻlimlaridan iborat. Cholgʻu boʻlimlarida bir xil nom bilan ataluvchi cholgʻu qismlari mavjud boʻlib, ohanglari oʻzlari mansub boʻlgan maqom kuyiga xos, doira usullari esa bir xildir. Ulardan asosiylari Tasnif, Tarje, Gardun, Muxammas va Saqil deb ataladi. Bu kismlar maqom nomlariga qoʻshib (mas, Tasnifi Buzruk, Tarjei Dugoh, Garduni Segoh kabi), ayrimlari esa bastakorlar nomi bilan birga (mas, Muxammasi Nasrulloyi, Saqili Islimxon) ataladi. Baʼzi cholgʻu qismlari alohida nomga ega (mas, Nagʻmai Orazi Navo), Dugoh va Segoxda esa maqom nomi bilan qoʻshib aytiladi (mas, Peshravi Dugoh, Samoi Dugoh, Xafifi Segoh). Shashmaqomning cholgʻu qismlari xona va bozgoʻy kuy tuzilmalaridan tashkil topadi. Bunda muntazam ravishda oʻzgaruvchi xonalarning rivojlanishi uchun qoʻllanadigan peshrav uslubi alohida ahamiyat kasb etadi. Tasnif, Tarje, Nagʻmai Oraz, Samoi, Xafif kabi cholgʻu qismlari bir-biriga oʻxshash, kichik hajmli; Gardun va Peshrav birmuncha rivojlangan; Muxammas va Saqil yoʻllari uzun va murakkab doira usullari negizida ijod etilgan. Shashmaqom cholgʻu yoʻllarining ichki tuzilishi murakkab boʻlsada, oʻzining ravon ohangdorligi va rangbarangligi bilan shu maqom quy mavzulari bilan bevosita bogʻlikdir. Bu asarlar teran falsafiy va turfa lirik kayfiyatlarni ifodalaydi, tinglovchilardan esa eshitish koʻnikmalariga ega boʻlishni talab etadi. Odatda, shashmaqom cholgʻu qismlari birinketin yaxlit tarzda ijro etilgandan soʻng uning „Nasr“ boʻlimiga oʻtiladi. Ashula qismlari ancha murakkab shakldagi shoʻbalar, ularning tarona yoki shoxobchalaridan iborat. Bular ham yaxlit turkum tarzida ijro etiladi. Shashmaqom ashula boʻlimlari tuzilish jihatidan bir-biridan farqlanadigan ikki toifa shoʻbalar guruhidan tashkil topgan; birinchisiga Saraxbor, Talqin, Nasr deb nomlanuvchi shoʻbalar va yakuniy Ufar qismi, ikkinchisiga esa, asosan, Savt va Moʻgʻulcha nomli shoʻbalar va ularning shoxobchalari kiradi. Shashmaqomdagi nomdosh shoʻbalar (Saraxbori Buzruk, Saraxbori Navo va boshqalar)ning kuyohanglari turlicha boʻlsada, doira usuli va kuylariga bogʻlab aytiladigan sheʼr vaznlari bir xildir. Shoʻbalarning ikkinchi guruhida Talqincha, Qashqarcha, Soqiynoma va Ufar deb nomlanadigan shoxobchalar mavjud va ular shu nomdagi oʻziga xos doira usullarida yangraydi. Shashmaqom shoʻbalarining rivojlanishida avj va namudlar alohida ahamiyat kasb etadi. Ular ashulaning yirik shakl olishi va mazmunan chuqurlashishida hal qiluvchi ahamiyatga ega boʻladi. Namudlar maqom yoʻllarida yakka avj yoki guruh tartibida erkin ishlatiladi. Oʻtmishda hofizlarning xohish va imkoniyatiga qarab namudlar soni (bir shoʻbada 4 tagacha) oʻzgarib turgan.
shashmaqom ashula boʻlimi shoʻbalari shaklan barkamol boʻlib, ichki tuzilmalar tarkibi turlicha boʻlishi mumkin. Mas, har bir shoʻba yoʻli cholgʻu muqaddimasi bilan boshlanadi. Keyin daromad nomli bosh xat ijro etiladi va oʻrta pardalarda bayon etiluvchi miyonxat jumlalariga oʻtiladi. Urniga qarab dunasr tuzilmasida yuqori pardalar zabt etiladi. Soʻngra shoʻbalarga xos avjda namudlar aytilib, ashula yoʻli miyonxat orqali yoki usiz ulanib ketadigan furovard (tushirim) tuzilmasi bilan yakunlanadi. Baʼzi shoʻbalar tuzilishi boshqacharoq boʻlishi ham mumkin.
shashmaqom ashula boʻlimining birinchi guruh shoʻbalari turkumli tarzda yaxlit ijro etilganida, Saraxbor bilan boshlanib, soʻng uning taronalari (6 tagacha) oʻqiladi. Taronalarning oxirgisi talqin doira usulida aytiladigan suporish qismi vositasi bilan Talqin shoʻbasiga silliq ulanib boradi. Talqin taronasi ijro etilib, nasr doira usulidagi suporish orqali Nasr shoʻbasi va uning taronalariga oʻtiladi (Nasr shoʻba namunalari bitta maqomda 2—3 tagacha yetadi). Oxirgi Nasr shoʻbasi, odatda, taronasiz oʻqilib, bevosita Ufar ashula yoʻllariga qoʻshiladi va oxirgi suporish bilan turkum yakunlanadi. Shashmaqom ashula boʻlimining ikkinchi guruhidagi shoʻbalar oʻzaro bogʻlanmagan tarzda mustaqil ashula yoʻllari hisoblanib, ularning har biri, asosan, 5 qismli turkumni tashkil etadi. Masalan, asosiy Savt yoki Moʻgʻulcha ashula yoʻlidan keyin unga ushbu kuy mavzuining yangicha vaznusulli (Talqincha, Qashqarcha, Soqiynoma va Ufar) namunalari navbatmanavbat ulanadi. Maqomlarning tarixiy, nazariy, estetik masalalari uzoq oʻtmishdan shu kunga qadar musiqashunoslar tomonidan har tomonlama oʻrganilmoqda. Xususan, Urta asrlar musiqa risolalarida Sharq mumtoz musiqasiga xos pardalad tuzilmalari keltirilib, maqomot hamda xalq musiqasiga xos tovushqator va usullar tuzilishi haqida mulohazalar yuritilgan. 19-asr boshi va oʻrtalarida shashmaqomga oid maxsus yozma sheʼriy toʻplam — bayozlar yuzaga keldi. Ularda maqomlarga aytilgan gʻazal matnlari keltirilgan, maqom va shoʻbalar nomlari hamda ijro etiladigan ashulalar turkumining tartibi koʻrsatilgan. Komil Xorazmiy va uning oʻgʻli Muhammad Rasul tanbur chizigʻi yordamida yozib olgan Xorazm maqomlari ham shashmaqomning 19-asr namunalari haqida qimmatli maʼlumot beradi. shashmaqom ashula yoʻllarida oʻzbek hamda fors mumtoz shoirlaridan Rudakiy, Jomiy, Lutfiy, Navoiy, Bobur, Fuzuliy, Hofiz, Amiriy, Nodira, Zebunniso, Ogahiy va boshqalarning ishqiylirik, falsafiy, nasihatomuz, diniy mazmundagi gʻazallari, shuningdek, xalq toʻrtliklari jalb etilgan.
shashmaqom, asosan, ogʻzaki tarzda avloddanavlodga ustozshogird anʼanasida oʻtib keldi. 1920-yillarda Buxoro, Samarqand, Toshkent shahrilarida maxsus musiqa maktablari, bilim yurtlari tashkil qilinib, ularda maqom va xalq musiqa namunalarini oʻzlashtirishga eʼtibor qaratildi; Ota Jalol, Otagʻiyos Abdugʻaniyev, Domla Halim Ibodov, Shorahim Shoumarov, Abdusoat Vahobov, Usto Shodi Azizov kabi maqomdon sozanda va hofizlar yoshlarga saboq berish uchun jalb etildilar.
Shashmaqomni ilk bor V.A.Uspenskiy Ota Jalol va Ota Gʻiyos ijrolaridan hozirgi nota yozuviga olib nashr ettirdi („Shashmakom, Shest muzmkalnix poem“, M. — Buxoro, 1924). Mulla Bekjon Rahmon oʻgʻli va Muhammad Yusuf Devonzodaning „Xorazm musiqiy tarixchasi“ (M., 1925), Fitratning „Oʻzbek klassik musiqasi va uning tarixi“ (Samarqand — T., 1927) risolalari 20-asr maqomshunosligining dastlabki namunalari boʻlib, qimmatli maʼlumotlarga ega. Shashmaqomni oʻrganishga, ayniqsa, 1950-yillardan koʻproq ahamiyat berila boshlandi. I.Rajabov qalamiga mansub „Maqomlar masalasiga doir“ (T., 1963) tadqiqoti oʻzbek maqomshunosligi rivojlanishini yangi bosqichga koʻtardi. Tojikistonda B. Fayzullayev, shashmaqomSohibov va F. Shahobovlar oʻz ijrolarida notaga olib, V.M.Belyayev tahriri ostida shashmaqomning 5 jildini nashr ettirdilar („Shashmaqom“, M., 1950—67). Oʻzbekistonda shashmaqom ni Yunus Rajabiy oʻzi va boshqalar sozanda va xonandalar ijrosidan yozib olib, ikki marta — „Oʻzbek xalq musiqasi“ (V j., T., 1959) va „Shashmaqom“ (I—VI j. lar, T., 1966—75) nomi bilan nashr ettirdi. Toshkent konservatoriyasida „Sharq musiqasi“ kafedrasi (1972 yil), u asosda „Musiqiy sharqshunoslik“ va „Anʼanaviy ijrochilik“ (1992 yildan) kafedralari orqali shashmaqomni ilmiy oʻrganish va amaliy oʻzlashtirish oliy, oʻrta maxsus hamda boshlangʻich taʼlim bosqichlarida yoʻlga qoʻyildi. 1983 yildan boshlab maqom ijrochilarining respublika tanlovi (1991 yildan Yu.Rajabiy nomida) muntazam oʻtkazib kelinmoqda. Oʻzbek xalqi musiqa boyliklari asosida yuzaga kelgan shashmaqom, oʻz navbatida, zamonaviy musiqa sanʼati rivojlanishiga samarali taʼsir koʻrsatdi. Oʻzbekiston bastakorlari va kompozitorlari oʻz ijodida shashmaqomdan keng koʻlamda foydalanishni davom ettirmoqdalar. Bulardan M.Ashrafiy, M.Burhonov, K.Jabborov, T.Jalilov, D.Zokirov, S.Kalonov, Y.Rajabiy, T.Sodiqov, Fahr.Sodiqov, M.Tojiyev, O.Hotamov va boshqalar yaratgan ashula, romans, xor, simfoniya va opera asarlarida maqomlar salohiyatini oshirishda salmoqli yutuqlarni qoʻlga kiritishgan. O‘zbekfilm studiyasi tomonidan „Shashmaqom“ filmi suratga olingan (1972, rejissor T.Akromov). Hozirgi davrda Oʻzbekiston boʻylab shashmaqomni ijro etishga ixtisoslashgan Maqom ansambli kabi professional ansambllar, havaskor badiiy jamoalar maqomlarni ijodiy oʻzlashtirish hamda targʻib etish borasida samarali faoliyat koʻrsatmoqda. Shashmaqom san’at olamida eng mukammal turkum asarlardan sanaladi. Hech bir xalq Shashmaqomdek yirik turkumli asarlarga ega emas, deb ishonch bilan ayta olamiz. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, Shashmaqomdagi har bir asar, hoh u cholg‘u asar bo‘lsin, hoh aytim yo‘li bo‘lsin, umumiy qonun qoidadan tashqarida yaratilgan emas. Ularning tuzilishini, yaratilishini o‘rganar ekanmiz, bunga yana bir bor amin bo‘lamiz. Ushbu maqolada Shashmaqomning cholg‘u yo‘li, ya’ni mushkilot haqida ma’lumotlar keltirilgan bo‘lib, uning har bir qismlari batafsil
tushuntirilgan. Bundan tashqari Buzruk va Rost maqomlarining cholg‘u yo‘llari haqida ham batafsil ma’lumotlar berilgan. Kalit so‘zlar: Shashmaqom, Tasnif, Tarje’, Muhammas, Saqil, Gardun, Mushkilot, cholg‘u asar. tuzilganligining guvohi bo‘lamiz. Ma’lumki, “Shashmaqom” - Buzruk, Rost, Navo, Dugoh, Segoh, Iroq kabi maqomlaridan iborat bo‘lib, har bir maqom cholg‘u (“mushkilot”) va ashula (“nasr”) bo‘limlaridan tashkil topgan. Har bir maqomning cholg‘u bo‘limida Tasnif, Tarje’, Gardun, Muhammas, Saqil va boshqa iboralar bilan nomlangan bir necha qismlar mavjud bo‘lib, ular qaysi maqom tarkibida bo‘lsalar, shu maqom nomi bilan qo‘shilib “Tasnifi Buzruk”, “Tarje’i Rost”, “Garduni Navo”, “Muhammas Chorgoh”, “Saqili Iroq” kabi ataladi.
Tasnif - yaratilgan asar ma’nosini, tarje’ - qaytarma, gardun - falak gardishi,
muhammas - beshlik, saqil - vazmin ma’nosini bildiradi. Bu qismlar maqomning har birida mustaqil kuy-mavzularga ega bo‘lsa ham, tuzilish jihatidan bir-biridan deyarli farq etmaydi. Ayrim maqomlarning esa o‘ziga hos, boshqa qismlari bilan otdosh bo‘lmagan, cholg‘u yo‘llari ham mavjud.1 Masalan, bunday qismlar Navo maqomidagi Nag‘mai Oraz Tarje’i Navoning ma’lum varianti bo‘lib, u bilan bir xil doyra usulidadir. Dugoh maqomidagi Peshravi Dugoh (peshrav shaklining bizgacha yetib kelgan tipik namunasi, uning doira usuli tarje’lardagi kabi bo‘ladi). Tasniflar keng diapazonga ega, ba’zan esa ikki oktavadan ham ortiqroqdir. Tasniflar Buzruk maqomida 212, Rost va Nanoda 114, Dugohda 150, Segohda 125, Iroqda esa 326 taktdan iboratdir. Bu ma’lumot Tasnif yo‘llari hajmining ancha katta ekanini ko‘rsatadi. Maqom cholg‘u qismlaridan Nasrulloi, Vazmin, Oraz, Husayniy, Islim, Hoji Xo‘ja, Ashkullo, Mirzakarim, Kalon kabilar bastakor ustozlarning ham nomlari bo‘lib, shu maqomchilar bastalagan qismlar ekanligidan dalolat beradi. Maqomlarning cholg‘u qismlari, ayniqsa, Navo, Dugoh, Segoh, Iroqlardagi cholg‘ular surnay yo‘llari sifatida mashhur bo‘lib kelganlar.
Maqomlar cholg‘u bo‘limi har bir qismining bo‘laklari “xona” va “bozgo‘y”
iboralari bilan belgilangan. Xona va bozgo‘ylar kuyning mavzular majmui rivojida va shakllanishida muhim ahamiyatga ega. Xonalar muhammas va saqillardan boshqa cholg‘u qismlarida dastlab kichikroq bo‘lib, borgan sari kengayib boradi. Bozgo‘ylar esa birdek, o‘zgarmay qoladi. Maqomlar to‘la ijro etiladigan bo‘lsa, avval ularning cholg‘u yo‘llari ketma ket ijro etiladi va ashula bo‘limining sho‘balariga o‘tiladi. Maqomlarning cholg‘u bo‘limida bir xil nom bilan ataluvchi kuy yo‘llari - Tasnif, Tarje’, Gardun, Muhammas, Saqillardan tashqari, har bir maqomning o‘ziga mansub qismlari ham uchraydi. Shashmaqomning bu cholg‘u yo‘llari kuy tuzilishi jixatidan juda murakkab va puxta yaratilganligi bilan ajralib turadi. Har bir maqomning kuy va ashula yo‘llari faqatgina o‘sha maqomlar lad asosi, badiiy eststik ta’siri bilangina cheklanmaydi, balki turli qismlarda ular o‘z xususiyati bilan o‘zgarib boyib boradi. Maqomlardagi asosiy kuy
mavzusi ko‘pincha ritmik va melodik variatsiyalar vositasi bilan turli shakllarga
tushiriladi. Ularga yangi-yangi melodik tuzilmalar kiritish bilan kuy yo‘li takomillashtiriladi, ularning ta’sir kuchi ortib boradi. Tasnif, Tarje’, Gardun,
Muhammas, Saqil yo‘llari birin-kstin ijro etilar ekan, ulardagi lad asosi va kuy.
Mavzusining yaqin bo‘lgani, kuy jumlalarining rang-barang, ohangdorligi va
Yoqimliligi, doyra usullarining turli-tumanligi bilan butunlay sezilmay qoladi, bunda.
Ijodkor bastakorlarning juda ham ustalik bilan yaratgan maqom yo‘llarining
Originalligi yaqqol ko‘zga tashlanadi. Xona – uy, xona ma’nosida, ya’ni “kuyni tashkil etgan tovushlar va uning boshqa unsurlari joylashtirilgan xona” ma’nosini bildiradi. Bozgo‘y (kuyning qaytarma bo‘lagi) esa, kuyning takrorlanadigan qismi bo‘lib, xonaning har bir aylanishidan so‘ng Qaytariladi. Ko‘pincha, kuyda qancha xona bo‘lsa, shuncha bozgo‘y bo‘ladn. Ba’zan Bozgo‘ylar har bir xonadan keyingina emas, balki ularning bir nechtasidan so‘ng. yoki. Birinchi xonadan oldin ham kelishi mumkin (masalan, Tasnifi Navo, Tasnifi Dugoh va boshqalar). Xona va bozgo‘ylar maqom cholg‘u yo‘llarini tashkil etadigan kuy bo‘laklaridir. Masalan, mashhur kuy yo‘llaridan Tasnifi Dugohni olaylik. Tasnifi dugoh bozgo‘ydan boshlanadi va buni sozandalar turlicha ijro etib kelganlar. Maqomlarning cholg‘u bo‘limidagi kuy yo‘llarining doyra usullari ham turli tuman va juda murakkabdir. Cholg‘u bo‘limidagi kuy yo‘llari ko‘pincha shu doyra usullari nomi bilan ham ataladi. Masalan, Gardun, Muhammas, Saqil, Samoiylar shular jumlasidandir. Musiqachi bastakorlar o‘tmishda doyra usullarini ifodalashda ma’lum qoidaga asoslangan ritmlar uslubini ixtiro etganlar. Usullar maqomlarning tuzilish xarakterinn belgilovchi omillaridandir. Ularni ajrata olish maqomlar qisfasini to‘g‘ri tushunishga imkon beradi. O‘tmishda mashur bo‘lgan Saqil, Hafif, Ramal, Xazaj, Duyak, Ufar, Foxtiy, Turk, Muhammas, Avsat, Chorzarb, Zarbul-Futq, Durafshon, Samoiy, Chanbar, Miatayn kabi ritm o‘lchov baqrlari va doyra-nog‘ora usullari bizning kungacha yetib kelgan. Bu usullar musiqa Asarlari, xususan maqom yo‘llarida uchraydi. Ular qachon va kim tomonidan yaratilgani bizga bozga ma’lum emas. Ularni sodda yoki murakkabligiga qarab, avval yoki keyinchalik yaratilganini bilish mumkin. Manbalarda ko‘rsatilishicha, dastlabki usul inson yuragining urishidan olingan. Tomirni barmoq bilan ushlab ko‘rilsa, uning Go‘yo “tan-tan”ga o‘xshash bir tekis urayotgani bilinadi. Olimlar buni “Usuli zarbi Qadim” (“Qadimiy zarb usuli»), deb ataganlar. So‘nggi davrlarda, shu usul asosida Murakkabroq usullar yuzaga kelgan.
lekin ular zamon o‘tishi bilan juda katta o‘zgarishlarga uchragan. Shashmaqom
qiyofasiga usul jihatidan nazar tashlansa, maqomlar turkumlarining yaratilishida
ularning cholg‘u qismlari va sho‘balarida usullar dastlab sodda bo‘lib, keyin ijro
etiladigan qismlarda sekin-asta murakkablashib boradi. Masalan, Tasnif, Tarje’larda usul ancha sodda bo‘lsa, Muhammas va Saqillarda juda murakkab bo‘lib, 16, 24 taktni tashkil etadi. Saraxborlarda esa usul mazkur “Zarbul qadim”ning o‘zi 2/4 takt-ritm o‘lchovida bo‘lsa, Talqinlarda 3/4, 3/8, Nasrlarda 6/4, Ufarlarda esa 6/8 yoki 3\4 takt-ritm o‘lchovlarida murakkablashib boradi. Shunday qilib Shashmaqomning tuzilishida musiqa madaniyatining soddalikdan murakkablikka tomon tarixiy taraqqiyot yo‘li aks ettirilgan. Usullargina emas, kuy yo‘llari ham maqom qismlarida ma’lum bir qonuniyat asosida soddalikdan sekin-asta murakkablasha boradi. Shuning uchun ham, Shashmaqom xalq musiqasining klassik namunasi bo‘lib, o‘zining kuy mavzusi jihatidan turli-tuman, usullarning esa qariyb hammasini o‘zida mujassamlashtirgan. Tarje’ - arabcha so‘z bo‘lib, qaytarish, takrorlash ma’nosida keladi. Kuy ifodasi sifatida bir kichik motivning turli balandliklarda takrorlanishi, ularning transpozitsiya etilgan shaklda va ritmik hamda melodik variatsiyalar shaklida kelishi, demakdir. Maqomlarning cholg‘u yo‘llaridagi kuy bo‘laklari bo‘lgan shunday peshravlar Navo maqomidagi Tarje’ning uchinchi xonasida ham uchraydi. Tarje’i Dugoh esa Tasnifi
Dugohning ruhiga yaqin bo‘lsada, uning tarkibida boshqa maqom yo‘llarida mavjud bo‘lgan unsurlar juda ko‘p uchraydi va yuqorida aytilgan peshrav motivlari III xonaning oxirida keladi.3 Tarje’i Dugohning bozgo‘yi boshqa xonalar bilan birlikda Tasnifi Dugohni eslatadi. Tarjei Segoh doyra usuli, kuy xarakati, xonalar tarkibidagi kuy jumlalari nuqtai nazardan Tasnifi Buzrukning ma’lum melodik varitsiyasidir. Shashmaqomning cholg‘u bo‘limidagi qismlaridan yana biri Gardun, deb ataladi. Gardun - osmon gardishi, aylana, taqdir ma’nolarida keladi Musiqa istilohida esa Gardun - ma’lum doyra usulining hamda shu usul jo‘rligida muayyan lad (maqom)ga muvofiq ravishda ijro etiladigan kuy nomidir. Gardun cholg‘u yo‘llari Iroqdan boshqa hamma maqomlarda mavjud bo‘lib, ular Garduni Buzruk, Garduni Rost, Garduni Navo, Garduni Dugoh, Garduni Segoh nomlari bilan mashhurdir. Gardun yo‘llari unchalik katta hajmda bo‘lmasada, kuy tuzilishi va xarakati nuqtai nazaridan Tasnif yoki Tarje’larga ko‘ra ancha murakkabdir.
Gardun yo‘llarida bozgo‘y hamma xonalardan keyin kelavermaydi, balki ko‘pincha ikki-uch xonalardan so‘ng takrorlanadi. Muhammas - beshlangan, beshlik ma’nosida bo‘lib, bu nom juda qadim zamonlardan ma’lumdir. Dastlab, bu ibora bilan doyra usulining bir turi, she’riyatda esa besh misradan tuziladigan she’r shakli ifodalangan. Muhammas cholg‘u yo‘llari uchun eng xarakterli narsa shuki, ularda xona va bozgo‘ylar doyra usuli hajmidagi bir xil o‘lchovda, 16 (yoki 8) taktdan iborat bo‘ladi, ya’ni Muhammas doyra usuli har bir xona va bozgo‘y hajmini belgilaydi. Ba’zan kuy o‘z xarakatida avjga yetganda, bozgo‘yga qaytib tushishi uchun bir xona kifoya etmay koladi. Shuning uchun ko‘pincha avjda ikki-uch xona ketma-ket ijro etilib, so‘ngra bozgo‘yga yetib kelinadi
II. BOB: YUNUS RAJABIY SHASHMAQOMNI TALQIN ETISHI.
|