|
Mavzu: O'zbekiston teleradio kompaniyasi yunus rajabiy nomidagi "maqom ansanbili" tarixi va ijodiy yo'LI
|
bet | 1/8 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 0,8 Mb. | | #232752 |
Bog'liq O\'ZBEKISTON TELERADIO KOMPANIYASI YUNUS RAJABIY NOMIDAGI MAQOM ANSANBILI MAVZU: O'ZBEKISTON TELERADIO KOMPANIYASI YUNUS RAJABIY NOMIDAGI "MAQOM ANSANBILI" TARIXI VA IJODIY YO'LI MUNDARIJA
Kirish 1
I.2 SHASHMAQOMNING YARALISHI 10
2.2 AKADEMIK YUNUS RAJABIY VA SHASHMAQOM 25
III BOB.YUNUS RAJABIY NOMIDAGI MAQOM ANSAMBLI TARIXI VA IJOD YO'LI 33
3.1 YUNUS RAJABIYNING SERQIRRA FAOLIYATI. 33
3.2 YUNUS RAJABIY NOMIDAGI MAQOM ANSAMBLI FAOLIYATI 44
XULOSA 48
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI: 50
Kirish
Birituv malakaviy ishining dolzarbligi: Bugungi kunda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida mamlakatimizda taʼlim-tarbiya tizimini takomillashtirish, ilm-fan sohasi rivojini jadallashtirish masalalari muhokamasi boʻyicha ko'plab chora-tadbirlar, video selektorlar olib borilmoqda. Davlatimiz rahbari taraqqiyotning tamal toshi ham, mamlakatni qudratli, millatni buyuk qiladigan kuch ham ilm-fan, taʼlim va tarbiya ekanligini ta'kidladi. Shuning uchun ham, Oʻzbekistonda taʼlim tizimini kompleks 2rivojlantirish, malakali kadrlar tayyorlash maqsadlariga katta kuch va mablagʻlar yoʻnaltirilmoqda. Maktabgacha taʼlim, maktab va oliy taʼlim tizimlari, ilmiy-tadqiqot muassasalari faoliyatida sifat oʻzgarishlari roʻy bermoqda
Ta'lim sifatini oshirish, uni yanada takomillashtirish, yuqori malakaga ega etuk kadrlarni bosqichma bosqich tayyorlash bo'yicha ko'plab loyixalar ishlab chiqilmoq -da.
Davlatimiz rahbari avvalo maktablarda oʻquv yuklamasi va darslar sonini qayta koʻrib chiqish, oʻquvchilarni faqat yodlashga emas, balki fikrlashga chorlaydigan metodika yaratish zarurligini taʼkidladi.
– Maktabda oʻqitish metodikasi oʻzgarmasa, taʼlim sifati ham, mazmuni ham, muhit ham oʻzgarmaydi, – dedi Shavkat Mirziyoyev.¹
So‘nggi yillarda madaniyat va san’at sohasini tubdan isloh qilish va takomil -lashtirish, madaniyat va san’at muassasalarini davlat tomonidan qo‘llab-quv - vatlashning samarali tizimini yaratish maqsadida tizimli ishlar olib borilmoqda.
Bir haqiqatni hech qachon esimizdan chiqarmasligimiz kerak:
mamlakatimizda madaniyat va san’at taraqqiy etmasa, jamiyat rivojlanmaydi, dedi Prezidentimiz. Xalqimizning rivojlanish darajasi avvalo milliy madaniyatimizga qarab baholanadi. Shu ma’noda, madaniyat – bu xalqimiz, jamiyatimiz qiyofasidir. Biz O‘zbekistonning yangi qiyofasini yaratishga kirishgan ekanmiz, buni avvalo milliy madaniyatimizni rivojlantirishimizdan boshlashimiz lozim.3
Yuqorida taʼkidlangan masalalr sabab yurtimiz maktablaridagi musiqa fanida xam koʻplab o'zgarishlar ruy berdi.
Jumladan:
- musiqa darsliklari o'zbek milliy musiqalari asosida qaytatdan 7-yillik tizimda chop etilib o'zimizning madaniy merosimiz boʻyicha ozgartirildi.
- Maktab bitiruvchilarining attestat varaqalariga qanday soz chalishni bilishi grafalari qo'shildi.
Bundan koʻrinib turibdiki Musiqa madaniyati o'qituvchilariga xam yuqori darajadagi talab va vazifalar yuklatildi. Ularga zamonaviy texnologiyalardan unumli foydalana olish, jahon ta'lim standartlariga qolaversa DTS talablariga mos ravishda usul va uslublardan foydalana bilish, o'quvchilarga milliylik ruhini mumtoz musiqalar, musiqa darslari orqali singdirish lozimligi yuklatilmoqda.
Dolzarbligi: Yosh avlodni milliy ruhda tarbiyalash, vatanga, ota-bobolarga milliy mumtoz musiqamizga hurmat va ehtiromimni oʻstirishda musiqa oʻqitish metodikasida ko'rgazmali prinsipdan foydalana bilish.
Vazifasi: Musiqada ko'rgazmalilik prinsipi orqali o'quvchilarga mumtoz musiqa, musiqa savodi kabi bilimlarni mustahkam egallashini taʼminlash.
Predmeti: turli xil ko'rgazmali qurollar, tarqatma materiallar, video yozuvlar orqali oʻquvchilar ongida kompozitor, bastakor, milliy cholg'ularimiz bilan batafsil tanishtirish va samarali natijaga erishishda to'g'ri foydalanish.
Maqsadi: Milliy qadiryatlarimiz, vatanga bòlgan mexrni, musiqa orqali o'quvchilarga singdirish yo'lida kòrgazmali qurollardan foydalana bilish darajasini va natijasini oqituvchilarga o'rgatish.
Obyekti: Shashmaqom qanday tashkil topgan.
Tizimliligi: Akademik Yunus Rajabiyning Shashmaqomni yaratishdagi jonbozliklari.
|
| |