• XULOSA
  • YUNUS RAJABIY NOMIDAGI MAQOM ANSAMBLI FAOLIYATI




    Download 0,8 Mb.
    bet7/8
    Sana14.05.2024
    Hajmi0,8 Mb.
    #232752
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    O\'ZBEKISTON TELERADIO KOMPANIYASI YUNUS RAJABIY NOMIDAGI MAQOM ANSANBILI

    3.2 YUNUS RAJABIY NOMIDAGI MAQOM ANSAMBLI FAOLIYATI


    O‘zbek san’atining musiqa merosi boy va serqirra bo‘libgina qolmay, musiqiy merosimizdan joy olgan musiqa namunalari asrlar osha ixtiro etilib, avloddan– avlodga o‘tib, sayqallanib kelmoqda.
    Markaziy Osiyo qadim – qadimlardanoq, bizga ma’lumki, madaniyat o‘chog‘i va ilm–fan rivoj topgan zamin sifatida ma’lum va mashhur bo‘lgan. Albatta urf– odatlarga aylangan musiqiy madaniyatimiz, o‘z–o‘zidan turmush tarziga aylanib ulgurgan desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. “Xalqimizning ma’naviy boyliklarini, jahon sivilizatsiyasi eng yaxshi yutuqlarini o‘zida mujassamlashtirgan yangi avlodni shakllantirish bugunning eng muhim vazifasidir”1 deb bejizga aytmagan O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov Musiqa qudratli kuchga ega bo‘lib, o‘z ohanglari bilan insonni qamrab oladi. Ayniqsa, o‘zbek mumtoz musiqasi ming yillardan beri odamlar dilini poklab, ularni ruhan yuksaltirib kelmoqda. “Mumtoz musiqa deganda o‘zbek xalqiga mansub, uning yetuk sozanda – bastakorlari tomonidan asrlar davomida yaratilgan musiqa san’ati na’munalari (aytim – ashula va cholg‘u musiqalari) nazarda tutiladi”2. Aytib o‘tish joizki, biz “Maqom” deb ardoqlayotgan noyob va tenggi yo‘q durdona san’at, shular jumlasiga kiradi.
    Maqom asarlari xalq musiqiy asarlarining boshqa janrlaridan o‘zining ko‘p qismli, turkumliligi, davomiyligi, diapozoni jihatidan ham juda kengligi bilan (ba’zi qiyin qismlari hatto ikki-uch oktavadan ham oshadi) ham ajralib turadi.
    Mumtoz musiqamizning yaratilishi va tarqalishi jonli og‘zaki an’ana bilan bog‘liq hisoblanadi. O‘zbek musiqasining eng salobatli, eng sermahsul va eng ardoqli qismini maqomchilik san’ati tashkil etadi desak hato qilmaymiz.
    XX asrda maqomchilik san’ati rivojlanib, yetuk sozanda, xonanda va bastakorlar ijodi repertuarlaridan joy oldi. Maqom san’atining qadimiy o‘choqlaridan bo‘lmish Buxoro, Samarqand, Xorazm, Farg‘ona va Toshkent maqom yo‘llari birlashtirilib, muayyan an’ana shaklida ko‘rila boshladi.
    Maqomchilik san’atida ijrochilik katta ahamiyat kasb etgan. Maqomlar o‘tmishda yetuk sozanda va xonandalar tomonidan ijro etilib, ular maxsus malaka hosil qilgan bo‘lishi (utoz-shogird maktabini o‘tagan va ma’lum talablarga javob berishi) maqomlar ijro an’analarini yuqori saviyada egallagan bo‘lishlari shart bo‘lgan. “Akademik Yunus Rajabiy o‘zining “Musiqa merosimizga bir nazar” nomli kitobida maqomotning ijrochilik an’analari va mashhur utozlar, jumladan, Xoji Abdulaziz Abdurasulov, Mulla To‘ychi Toshmuhammedov, Levi Boboxonov, M.Tolmosov, G.Mullaqandov va Shorahim Shoumarov kabi ustozlarning aytish uslublaridan barakali foydalanildi”3 deb yozgan. Asosan ustoz Yunus Rajabiy maqomni yakka ijrosi jamoa oldidagi ijrosini ko‘z oldimizga keltiradigan bo‘lsak, u yozgan maqom ansambli radioga moslangan, ko‘pchilik ansambl bo‘lib ijro qilinishi Yevropa tili bilan aytadigan bo‘lsak partitura tuzdi, ya’ni ayollarga bo‘lak qismi, erkaklarga alohida bo‘lak qismiga ajratib yozdiki, har bir ovozni alohida qilib chiqqan navator inson desak maqsadga muvofiq bo‘ladi. Chunki, u davrda ilmiy texnikani rivojlanishi radioga yozib olish uchun ovozlarni mikrafonga moslash, jamoa bo‘lib ijro qilish yo‘llarini o‘ylab topgan oqil Akademik Yunus Rajabiydir.
    “Xususan, XX asrning o‘rtalariga kelib maqom amaliyotida sezilarli o‘zgarish jarayoni kuzatiladi, ya’ni unda jamoaviy ijro keng tarqala boshlaydi. Ijroning yangicha uslubda bir xonanda zimmasiga yuklatilgan murakkab sho‘balarni ijro etish ma’suliyatini yengillatibgina qolmay, ovozlarni (past, o‘rta, balandga taqsimlash bilan ijroda) yangi ifoda vositalarini hosil qilishga erishildi. Bu an’anaga o‘zgacha ijtimoiy – tarixiy sharoitlarda, jumladan o‘tgan asrning oltmishinchi yillaridan boshlab xonanda va sozandalarni O‘zbekiston radiosi maqom ansambliga ishga jalb etgan holda Akademik Yunus Rajabiy asos soldi”4.
    Tarixiy shakllangan Buxoro, Xorazm va Farg‘ona – Toshkent maqom ijrochilari an’analari Ota Jalol Nosirov, Domla Halim Ibodov, Ma’rufjon Toshpo‘latov, Abdurahmon Umarov, Abduqodir Ismoilov, Matyusuf Xarratov kabi yetuk ustozlar tomonidan yosh avlodga taqdim etildi “Shashmaqom”ning ijro an’analarini tinglash va ularni notaga olish ishlari O‘zbekistonda elliginchi yillardan avj ola boshladi. Maqom san’atini muntazam rivojlantirish, notaga olish ishlari va amalga joriy etish birinchi navbatda ustoz Yunus rajabiy nomi bilan bog‘liq”5. O‘zbek maqomlari XX asrda butun O‘zbekiston va Tojikiston, O‘rta Osiyo bo‘ylab ham tarqaldi va har tomonlama rivoj topib o‘zining mukammal va murakkab hozirdagi olti maqom “Shashmaqom” shakliga ega bo‘ldi. Bularning eng to‘liq holatdagi notaga olingan yozuvlari va yuqori professional darajadagi, original ijrolarini ham magnit lentalari, grammplastinkalarga va olti jildli eng so‘nggi, hozirda eng mukammal hamda qo‘llanma sifatida foydalansa arziydigan bebaho Shashmaqom kitoblarini, o‘zbek maqomlarining XX asrdagi sultoni, piri ustodi, akademik Yunus Rajabiy yaratib qoldira oldi.
    Yunus Rajabiy deganda o‘zining butun salobati, ijodi, o‘zidan qoldirgan ulkan musiqa merosi bilan, o‘zbek milliy musiqasiga bebaho hissa qo‘shgan buyuk san’atkor ko‘z o‘ngimizda gavdalanadi. Musiqiy madaniyatimizda uning o‘z o‘rni bo‘lib, o‘z ijodiy va ilmiy ishlari natijasida Akademik darajasiga ko‘tarilgan ustozdir.
    Yunus Rajabiy xofiz, musiqa folklori to‘plovchisi, xalq ansambllari tashkilotchisi va rahbari, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi (1939), O‘zbekiston xalq artisti (1953) davlat mukofoti sovrindori, O‘zbekiston fanlar Akademigi (1966).
    “Yunus Rajabiy 1897 yilda Toshkentning Chaqir mahallasida, bog‘bon oilasida dunyoga kelgan. Uning otasi Rajab ota turmush sharoitining og‘ir bo‘lishiga qaramay san’atsevar inson edi. Onasi Oyshabibi otinlikka o‘qigan, savodxon mehribon, muloyim va zukko ayol bo‘lgan. Dastlab, Yunus Rajabiy o‘z akasi Risqi Rajabiyga ergashib dutorda mashq qila boshlaydi. Keyinchalik bog‘ qo‘shnisi bo‘lgan Andijonlik Mirzaqosim xofizdan Toshkentda va Farg‘ona vodiysida aytiladigan maqom parchalarini o‘zlashtirdi va ko‘p o‘tmay o‘zi ham dutor chalib ashula aytishni o‘rgandi. 7 yoshdan boshlab o‘qigan eski maktabni 1908–yilda tamomlab, keyin to‘rt yil madrasada taqsil oldi. Otasi keksayib qolganligi sababli Yunus Rajabiy ro‘zg‘orga yordamlashish uchun 1910 yilda qushxonada qassoblarga shogirdlik qilardi”6. Lekin, Yunus Rajabiy boshiga tushgan qiyinchiliklarga qaramay musiqaga bo‘lgan qiziqishi yanada ortib boraverdi. U hayotini musiqasiz tasavvur qilolmas edi. Uning ustozlari Mulla To‘ychi xofiz, Mirzaqosim xofiz, Shorahim Shoumarov, Xoji Abdulaziz Abdurasulovlardir. 1914 – 1915 yillarda, otasi vafot etgandan so‘ng Chimkent qushxonasiga borib mehnat qilib kun kechiradi. Shu yillarda u Chimkentda yashovchi mashhur tanburchi Sultonxon Hakimov bilan tanishadi. Keyin u Sultonxonning aka–ukalari Qurbonxon g‘ijjakchi, Hoshimjon dutorchi, Imomxon naychi bilan yangidan tanishadi. Yunus Rajabiy shu borada nay chalish sirlarini, uni yurakka borib tegadigan qilib chalish sirlarini o‘rganadi. Yunus Rajabiy 1916 yilda Chimkentdan yetuk ashulachi va cholg‘uchi bo‘lib qaytadi.
    “Yunus Rajabiy 1919 yilda Toshkentda ochilgan xalq Konservatoriyasining milliy musiqa bo‘limiga kirib ta’lim oladi. 1930 yillardan boshlab Yunus Rajabiy yodida saqlangan xalq kuylarini notaga ola boshlaydi.



    XULOSA


    Yunus Rajabiy katta va buyuk ijodi davomida fidokorona xizmatlari bilan,
    o‘zbek musiqa tarixida o‘zidan o‘chmas iz qoldirdi. Zamondoshlari xotirasida ustoz, san’atkor, bastakor sifatida qolgan Yunus Rajabiy, bugungi kunda xalqimiz nazdida musiqa merosimizning xazinaboni sifatida ham tilga olinadi. Zero Rajabiyning musiqa merosimizni targ‘ib qilishda asrab avaylashga qilgan xizmatlari beqiyosdir. Shu bois ham Yunus Rajabiy ijodiga bag‘ishlangan, konferensiyalar o‘tkazilishi, yurtimizning ayrim ko‘cha va metro bekatlariga Yunus Rajabiy nomi berilishi ham bejiz emas. Asosiysi 2020-yilda Yunus Rajabiy nomidagi milliy musiqa san’ati instituti tashkil etilishi, uning siymosiga bo‘lgan hurmat va ehtiromning yuksak natijasidir. Joriy yilda esa Yunus Rajabiy nomidagi “Yosh maqom ijrochilari” I Respublika tanlovini o‘tkazilishi ham, Rajabiy nomi o‘zbek mumtoz musiqa san’atida mangu qolishidan dalolat beradi.
    Ma‟lumki O‟zbekiston sarhadida o‟ziga xos alohida farqli xususiyatlari biln ajralib turuvchi to‟rtta mahalliy uslublar qaror topgan. Bular, Qashqadaryo – Surandaryo, Buxoro – Samarqand, Farg‟ona – Toshkent, Xorazm musiqa uslublaridir. Har bir mahalliy uslubda o‟ziga xos shakllar, uslublar, an‟analar alohida janrlar va ijrochilik yo‟llari shakllanib kelgan.
    Bularning barchasi umumta‟lim maktablari musiqa madaniyati darslarida o‟zbek xalq musiqa ijodiyoti, shu o‟rinda mahalliy musiqiy uslublarga xos bilimlarni o‟quvchilar tomonidan puxta va chuqur o‟zlashtirilishiga yetarlicha ahamiyat berilayotganligi, bu borada musiqa o‟qituvchilarining ham malakaviy tayyorgarliklari talab darajasida emasligidan dalolat berar yedi.
    O‟zbek xalq musiqasining mahalliy uslublari mavzusida darslarni tashkil etish o‟ziga xos xususiyatga ega. Chunki Umumiy o‟rta ta‟lim maktablarining “musiqa madaniyati” fani dasturlari mazmunida o‟quvchilarning mahalliy uslublarga bo‟lgan qiziqishlari va ularga qo‟shiqlarni o„rganish orqali o‟quvchilarni estetik tarbiyalashda foydalanishga alohida urg‟u berilgan.
    Sattarov Abdullo Ashraf o‟g‟lining “O‟zbek xalq musiqasining mahalliy uslublari mavzusida darslarni tashkil etishning o‟ziga xosligi” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishida o‟quvchilarga mahalliy uslublar haqida beriladigan nazariy va amaliy tushunchalarni pedagogik va uslubiy negizini yoritib bergan.
    Ishning har ikkala bobi mahalliy uslublarining umummilliy madaniyatimizdagi mavqei mahalliy uslublar haqidagi tushunchalar san‟atshunoslikka, musiqa ilmiga oid manbalarga tayangan holda tahlil qilingan. Shu o‟rinda mahalliy uslublarga oid asarlar, ulardagi kuylanadigan namunalarning g‟oyaviy-badiiy mazmunidan tarbiyaviy maqsadlarda foydalanishning maqsad va vazifalari asoslanganligi maqsadga molikdir.
    O‟zbek xalq musiqasining mahalliy uslublari mavzusida darslarni tashkil etishda o‟quvchilarninh mahalliy uslublarga xos qo‟shiqlarni o‟rganishga qiziqishini o‟stirish, samaradorligini aniqlash yuzasidan o‟tkazilgan tajriba ishlari, olingan natijalar tadqiqot muammosini ijobiy yechim topganligi hamda chiqarilgan xulosa va ishlab chiqarilgan tavsiyalar muallifning o‟z ishiga mas‟uliyat bilan yondoshganligini bildiradi.
    Ishda ko‟zga tashlangan ayrim kamchiliklar ham bo‟lsada, ishni muhim muammoni hal etishga bag‟ishlangan izlanish sifatida baholash va ochiq himoyaga tavsiya etishga qarshilik qilmaydi deb hisoblash mumkin.



    Download 0,8 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 0,8 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    YUNUS RAJABIY NOMIDAGI MAQOM ANSAMBLI FAOLIYATI

    Download 0,8 Mb.