Uch fazali o’zgaruvchan tok sistemasi




Download 2,7 Mb.
bet2/13
Sana23.09.2024
Hajmi2,7 Mb.
#272014
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
O’zgaruvchan tok zanjirlari

Uch fazali o’zgaruvchan tok sistemasi


Ko’p fazali sistemaning amalda eng ko’p tarqalgani sinusoidal o’zgaruvchan uch fazali tok sistemasidir. Uch fazali sistemaga asos qilib, uch fazali generator olingan (3-rasm). Bu generator ichiga uchta bir fazali generator joylashtirilgan sinxron elektr mashinadir. Mashina pazlariga generatorning uchta chulg’ami (fazalari) - A, B va C joylashtirilgan qo’zg’almas silindrik statordan va ω burchak tezlik bilan aylanuvchi rotor (elektromagnit) dan iborat. Mashinaning ishlash prinsipini o’rganish qulay va ayon bo’lishi uchun generatorning har bir fazasi statorning diametral qarama-qarshi pazlariga joylashtirilgan bo’lib, bitta o’ram hosil qiluvchi juft simlar tarzida ko’rsatilgan. Statorning old tomonida har bir o’ram simlarining uchlari tegishlicha generator ayrim fazalarining boshlanish (A, B, C) va oxirgi (x,y,z) uchlarini tashkil etadi. Statorning orqa tomonida esa yarim o’ramlar tashqi simlarga ulangan (bu 3-rasmda punktir chiziq bilan ko’rsatilgan). Bunda ayrim fazalarning o’ramlari shunday joylashtirilganki, B fazaning o’ram tekisligi A fazaning o’ram tekisligiga nisbatan (soat strelkasi bo’yicha) 1200, C fazaning o’ram tekisligi esa B fazaning o’ram tekisligiga 0 nisbatan o’sha yo’nalishda 120 ga faza bo’ylab siljigan.
Generatorning fazalarida faza chulg’amlarini rotor bilan aylanayotgan o’zgarmas (rotorni magnitlab turuvchi o’zgarmas tok hosil qiluvchi) magnit oqimni kesib o’tishi natijasida e.yu.k. hosil bo’ladi. Rotorning chulg’ami w ikkita kontakt halqa va grafit cho’tka yordamida tashqi o’zgarmas kuchlanish manbaiga ulanadi. Bunday konstruksiyali mashina

3-rasm.
har bir fazada elektromagnit miqdorining tebranishi bir xil chastota va amplituda bo’lishini ta’minlaydi, chunki rotorning to’la bir marta aylanishi ayrim fazalardagi e.yu.k. ning to’la siqiqlik (sinusoida qonuni bo’yicha) o’zgarishi bir davr T ga teng vaqtda sodir bo’ladi. Ammo generatorning fazalaridagi (chulg’amlaridagi) e.yu.k. ning oniy miqdori rotorning fazaviy o’rni, biror chulg’am (o’ram) bilan ilashgan magnit oqimning yo’nalishi va miqdori bilan aniqlanadi. Agar rotorning fazoviy o’rniga A fazadagi e.yu.k.ning maksimumi to’g’ri kelsa, B fazada e.yu.k.ning xuddi shunday maksimumiga rotorning uchdan bir marta aylanishidan (yoki T/3 vaqtdan) keyin erishiladi (3-rasm).
Shunga o’xshash C fazada ham e.yu.k.ning maksimumi yana uchdan bir davr 2T/3 dan so’ng hosil bo’ladi. Shunday qilib, A,B,C fazalarda e.yu.k.ning o’zgarishi sinusoida qonuni bo’yicha sodir bo’lsa, ularni tasvirlovchi sinusoidalar ham vaqt bo’yicha T/3 qadar siljigan bo’ladi (7.4-rasm). Faza e.yu.k. larining vektorlari simvolik (kompleks) shaklda quyidagicha yoziladi:

F azalardagi oniy e.yu.k.lar tegishlicha:

4-rasm.
Uch fazali zanjirni tahlil qilishda ko’pincha A faza – birinchi faza, B faza – ikkinchi faza, C faza – uchinchi faza deb olinadi, u holda:

yoki kompleks shaklda
É1= E, É va É
bo’ladi (bunda va bundan keyin A, B, C fazalar tegishlicha 1, 2 va 3 raqamlar bilan belgilanadi).
Yuqorida ko’p fazali simmetrik sistema e.yu.k. (kuchlanish, toklar) vektorlari sistemasidan iborat ekanligi to’g’risida ta’rif berilganidek, har bir keyingi vektor oldingisidan burchakka orqada qoladi (m – fazalar soni; q=0,1,2,3...,m).
Shu nuqtayi nazardan uch fazali simmetrik sistemani, ayrim faza elektr miqdorlari vektorlarining o’zaro joylashuviga ko’ra, uch xil ketma-ketlikdagi sistemaga ajratish mumkin. Boshqacha aytganda, fazalarning almashinish tartibi q ning qiymatiga bog’liq. Masalan, q=1 bo’lganda, fazalardagi e.yu.k. lar maksimumdan quyidagi tartib nomerlari bo’yicha o’tadi (1,2,3; 1,2,3 va h.k.) (7.5-a rasm), q=2 bo’lganda, teskari tartibda boradi (1, 3, 2; 1, 3, 2 va h.k.) (5-b rasm) va nihoyat, q=3 bo’lganda (yoki q=0 da) faza e.yu.k.larining vektorlari mos tushadi (5v rasm). Bu vektorlarning simmetrik sistemasi tegishlicha ―to’gri, teskari va nol ketma-ketlikdagi sistemalar‖ deb ataladi.
Vektorlarni kompleks shaklda qisqa yozish uchun ―fazaviy ko’pay-

a) b) v)
5-rasm.

  1. to’g’ri ketma-ketlik uchun: q=1

É1= E, É2 = a2·E va É3 = a·E

  1. teskari ketma-ketlik uchun: q=2

É1= E, É2 = a·E va É3 = a2·E,
b unda: a = ej2π 3 , a2 = ej4π, a3 = ej2π va h.k. Shu ma’noda: a + a2 + a3 = 0 yoki 1 + a + a2 = 0.
Shunday qilib, vektorlarni a ga ko’paytirish, uni soat strelkasi yo’nalishida 2π/3 burchakka burish degan ma’noni bildiradi; a2ga ko’paytirish esa, uni o’sha yon’alishda 4π/3 burchak yoki teskari yo’nalishda (-2π/3) burchakka burish demakdir.
Xuddi shunga o’xshash amalni har qanday boshqa (kuchlanish, tok va h.k.) vektorlarning uch fazali simmetrik sistemasi bilan ham bajarish mumkin.

Download 2,7 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Download 2,7 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Uch fazali o’zgaruvchan tok sistemasi

Download 2,7 Mb.