• Pulsatsiyalanuvchi magnit maydon.
  • Uch fazali tok yordamida aylanuvchi magnit maydon hosil qilish




    Download 2,7 Mb.
    bet8/13
    Sana23.09.2024
    Hajmi2,7 Mb.
    #272014
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
    Bog'liq
    O’zgaruvchan tok zanjirlari

    Uch fazali tok yordamida aylanuvchi magnit maydon hosil qilish


    Yuqorida aytilganlarga ko’ra (2-rasm), o’zgaruvchan tok generatorining ishlash prinsipi uning qo’zg’almas chulg’amlarini aylanma harakatda bo’lgan magnit maydonning kuch chiziqlari kesib o’tganda (elektromagnit induksiya qonuniga binoan) e.yu.k. induktivlanishiga asoslangan. Shuningdek, uch fazali tok generatorida elektromagnit (rotor tarzida) o’zining aylanma harakati davomida aylanuvchan magnit maydoni hosil qiladi. Undagi aylanuvchi magnit maydon elektr energiyasiga aylantirilayotgan tashqi mexanik kuch ta’sirida hosil qilinadi. Agar shunday mashinaning stator chulg’amlari uch fazali e.yu.k. manbaiga ulansa, tashqaridan iste’mol qilinayotgan tok hisobiga unda xususiy aylanuvchi magnit maydon hosil bo’ladi. Bu magnit maydon rotorning qo’zg’almas magnit maydoni bilan o’zaro ta’sirlashib, rotorni statorning magnit maydoni yo’nalishida aylanishga majbur etuvchi mexanik kuch hosil qiladi. Bu rejim yuritgich rejimi deyilib, barcha elektr mashinalarga xos qaytuvchanlik prinsipiga dahldordir. Sinxron va asinxron o’zgaruvchan tok yuritgichlarining ishlashi ana shu prinsipga asoslangan. Endi bir va uch fazali mashinalarda aylanuvchi magnit maydonining hosil qilinish jarayonini ko’rib chiqaylik.
    1. Pulsatsiyalanuvchi magnit maydon. 15-a rasmda bir fazali o’zgaruvchan tok mashinasi ko’rsatilgan (uni uch fazali mashinaning bir fazasi deb qarash mumkin). Ko’rib chiqilayotgan onda statorning tashqi manbaiga ulangan chulg’amlaridan o’tayotgan tok uning o’ng tomonidagi yarim o’ramlarida kirib borayotgan (krestchalar), chap tomondagi yarim o’ramlarida esa chiqib kelayotgan (nuqtalar) bo’lsin. U holda chulg’amlardan o’tgan tokning magnit maydoni kuch chiziqlari parma qoidasiga binoan, uning o’ng tomonida soat strelkasi, chap tomonida esa soat strelkasiga teskari yo’nalishda bo’ladi.

    15-rasm.
    Agar tashqi sinusoidal tok manbai hosil qilgan magnit induksiyasi b=BmCosωt qonuniyat asosida o’zgaradi deb qabul qilsak, u holda 16 rasmda aks ettirilgan t=0 vaqt paytida u Bmga teng bo’lib, pastdan yuqoriga yo’nalgan bo’ladi. Vaqt o’tishi bilan magnit induksiyaning oniy qiymati va yo’nalishi o’zgaradi. Masalan, ωt=π/2 da u nolga teng, ωt=π da esa maksimum bo’lib, teskari yo’nalishga ega.
    Agar b=Bm Cosωt ni kompleks shaklda ifodalasak,

    bo’ladi, demak, uni elektr mashina ichida hosil bo’lgan magnit maydoni ω va (-ω) burchak tezliklar bilan qarama-qarshi yo’nalishda aylanayotgan ikkita moduli Bm/2 ga teng bo’lgan induksiya vektori tarzida tasavvur qilish mumkin.
    Bulardan har birining aylanuvchi magnit maydoni o’ziga tegishli aylanuvchi momentni hosil qiladi. Ammo bu momentlarning yo’nalishi bir-biriga qarama-qarshi bo’lgani uchun harakatlanuvchi kuch hosil bo’lmaydi. Shunday qilib, bir fazali o’zgaruvchan tok generator dvigatel rejimida ishlay olmaydi. Amalda ishlatiladigan bir fazali dvigatellar maxsus yasalgan bo’lib, ulardagi bir yo’nalishli aylanuvchi magnit maydonni sun‟iy fazaga bo’lish yo’li bilan erishiladi.
    Endi t vaqtda mashinaning statori aylanasi bo’ylab bir fazali tok hosil qilgan magnit maydonining taqsimlanishini ko’rib chiqaylik. Statorning ichki aylanasi tomonida normal MN ga nisbatan a0 burchak hosil qilib joylashgan biror A0 nuqtani tanlaylik. Magnit induksiyaning vaqt jihatidan o’zgarish qonuniyatiga ko’ra, shu nuqtadagi induksiya miqdori quyidagicha: b = Bm cosωt • cos α bo’ladi.
    Statorning halqasini fikran nN bo’lamiz-da, uni 7.15-b rasmda ko’rsatilganidek, α - (-α) o’q bo’ylab «to’g’rilaymiz». U holda t=0 vaqtda magnit induksiyaning taqsimlanish qonuniyati sinusoidal shaklidagi uzluksiz egri chiziq bilan tasvirlanadi-da, maksimum iα=0 ga

    t o’g’ri keladi (MN chiziq bo’ylab). Vaqt t ga 0 dan gacha (yoki ωt=0 dan ωt=2π gacha) turli qiymatlar berib, bir nechta sinusoidal egri chiziqlarni (punktir shaklda ko’rsatilgan) hosil qilamiz. Bu esa magnit induksiyaning statorning turli nuqtalari uchun bir xil bo’lmagan (musbat va manfiy) maksimumlari orasida tebranishini ko’rsatadi. Bunday magnit maydon pulsatsiyalanuvchi maydon deyiladi.

    Download 2,7 Mb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




    Download 2,7 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Uch fazali tok yordamida aylanuvchi magnit maydon hosil qilish

    Download 2,7 Mb.