|
Mavzu: O’zgaruvchan tok zanjirlari
|
bet | 9/13 | Sana | 23.09.2024 | Hajmi | 2,7 Mb. | | #272014 |
Bog'liq O’zgaruvchan tok zanjirlari2. Aylanuvchi magnit maydon. Endi uch fazali elektr mashinaning stator chulg’amlaridan o’tayotgan faza toklarining bir vaqtdagi ta’siri natijasida hosil bo’lgan magnit maydonning paydo bo’lishini va uning fazo – vaqt jihatidan o’zgarishini ko’rib chiqaylik. 7.16-rasmda shunday mashinaning modeli ko’rsatilgan, uning statorining ichki aylanasi bo’ylab o’qlari bir-biridan fazoviy 120 burchakka siljigan uchta simmetrik A – x, B – y va C – z faza chulg’amlari joylashtirilgan. Bunda B va C fazalar chulg’amlarining birinchi o’ramlari (boshi) joylashgan pazlar (konussimon ariqchalar) ning radial o’qlari A faza birinchi o’rami pazining radial o’qiga nisbatan (soat strelkasining yuradigan tomoniga) 120 va 240 burchaklarga siljigan.
Mashinaning stator chulg’amlarini simmetrik uch fazali kuchlanish manbaiga ulasak, ulardagi toklarning simmetrik sistemasi hosil bo’ladi:
Bu toklar, o’z navbatida, induksiyasi quyidagi qonuniyat bilan o’zgaruvchi magnit maydonini hosil qiladi:
Induksiya oniy qiymatlari bA, bB va bc ning yig’indisi, xuddi iA, iB va ic toklarning yig’indisiga o’xshash, istalgan vaqtda nolga teng. Ammo bu faqat vaqt jihatidan fazasi siljigan toklar uchun to’g’ri bo’lib, ham vaqt bo’yicha, ham fazaviy siljigan induksiya uchun to’g’ri kelmaydi. Haqiqatan ham A – x, B – y va C – z faza chulg’amlarining o’qlari fazaviy siljimagandagi t=0 vaqtda magnit induksiyalari bA=Bm, bB=Bm Cos(ωt-120o)=Bm Cos(-120o) va bC=Bm Cos(ωt-240o) =Bm Cos(-240o) bo’lib, ularning yig’indisi Σ b =0 bo’ladi.
Biz ko’rib chiqayotgan holda chulg’amlar stator aylanasi bo’ylab fazaviy siljiganligi tufayli (16-rasm) magnit induksiyalar kompleks tekislikda fazaviy vektorlar bilan ko’rsatiladi:
16-rasm.
Bu vektorlarning yig’indisi:
bo’ladi va t=0 vaqt uchun yo’nalishi jihatidan +1 o’q bilan mos tushadi. Istalgan vaqtda magnit induksiyalar oniy qiymatlarining yig’indisi ekanligini ham isbotlash mumkin. Ammo yig’indi induksiya vektori ning yo’nalishi vaqt o’tishi bilan aylanish qonuni bo’yicha biror o’q atrofida o’zgarmas burchak tezligi ω bilan o’zgaradi. Buning uchun yuqorida pulsatsiyalanuvchi maydonni tahlil qilish uchun keltirilgan mulohazalardan foydalanamiz. Xuddi bir fazali mashinalardagiga o’xshash uch fazali mashinaning statorida ham MN o’qqa (+1 o’qqa) nisbatan α0 burchak hosil qilib joylashgan biror A0 qo’zgalmas nuqtani tanlaymiz (16-rasm). Ayrim faza induksiyalari bA, bB va bC ning bu nuqtaga nisbatan fazo hamda vaqt jihatidan ta’siri quyidagi qonuniyatlar bilan ifodalanadi:
bA = BmCos ωt • Cos α0, bB = BmC os (ωt - 1 2 00) • Cos (α0 + 1 20o), bC = BmCos (ωt - 24 00) • Cos (α0 + 240o).
Statorning teng ta’sir etuvchi magnit maydoni induksiyasining yig’indisi:
Formula bo’yicha trigonometrik o’zgartirishlarni bajarib, uni quyidagi ko’rinishga keltiramiz:
chunki
bo’lishi, xuddi teskari ketma-ketlikdagi simmetrik sistemani hosil qiluvchi uchta vektorning yig’indisini tasvirlaydi.
Shunday qilib, A0 nuqta statorda qo’zg’almas bo’lib, MN o’qqa (+1 o’qqa) nisbatan α0 burchak hosil qilib joylashgan bo’lsa (7.16-rasm), magnit maydonining yig’indi induksiyasi unga nisbatan quyidagi qonuniyat bilan o’zgaradi:
Endi bu nuqtani stator bo’ylab [-ω] burchak tezlikda aylanadi, deb faraz qilsak, u holda α0 =-ωt va teng ta’sir etuvchi magnit maydonining induksiyasi istalgan vaqtda A0 nuqtaga nisbatan o’zgarmas va miqdor jihatidan:
Demak, miqdori jihatidan o’zgarmas magnit induksiyaning vektori 0 stator o’qi atrofida soat strelkasi yuradigan tomonga (+ω) burchak tezlik bilan aylanadi. Natijada mashinaning statori bo’ylab aylanuvchi magnit maydoni hosil bo’ladi.
Manba toklari iA, iB va iC fazalarining ketma-ketlik tartibi o’zgartirilganda (buning uchun, masalan, B va C chulg’amlarining uchlarini tashqi manbaning C va B fazalariga ulash kifoya), yig’indi induksiyaning oniy qiymati quyidagi ko’rinishni oladi:
ya’ni teng ta’sir etuvchi magnit maydonining induksiya vektori o’zining aylanish yo’nalishini teskarisiga o’zgartiradi, chunki α=ωt bo’lganda, b0=3/2Bm=Const.
Demak, uch fazali mashinaning statorida hosil bo’lgan aylanuvchi magnit maydonining aylanish yo’nalishini o’zgartirish uchun, stator chulg’amlarini uch fazali kuchlanish manbai bilan ulovchi uchta faza simlaridan istagan ikkitasini manbaga ulanish joylarini almashtirish kifoya.
|
| |