|
To’rt simli uch fazali nosimmetrik yuklamali zanjirni hisoblash
|
bet | 5/13 | Sana | 23.09.2024 | Hajmi | 2,7 Mb. | | #272014 |
Bog'liq O’zgaruvchan tok zanjirlariTo’rt simli uch fazali nosimmetrik yuklamali zanjirni hisoblash
10-a rasmda fazalarida yuklama qarshiliklari Z1`, Z2' va Z3' bo’lgan uch fazali zanjir sxemasi ko’rsatilgan. Fazalardagi yuklama qarshiliklari liniya simlarining Zl qarshiliklari orqali ―yulduz‖ usulida uch fazali generatorning 1, 2 va 3-fazalariga ulanadi. Iste’molchining nol (0') nuqtasi generatorning 0 neytrali bilan ulovchi neytral simning qarshiligi ZN ga teng. Bu hisoblashdan maqsad, generatorning qismlaridagi kuchlanish ma’lum bo’lganda, zanjir tarmoqlaridagi toklarning va zanjir qismlaridagi kuchlanishning taqsimlanishini aniqlashdir.
Zanjirni tahlil qilish qulay bo’lishi uchun, uch fazali generatorning kuchlanishlarini simmetrik va liniya simlarining qarshiliklarini esa, o’zaro teng deb qabul qilamiz. Birinchi shartga ko’ra, generatorning 1, 2 va 3-fazalari bilan neytral 0 orasida ta’sir etuvchi faza kuchlanishlari
a ) b)
10-rasm.
bo’ladi. Demak, liniya bosh qismlaridagi liniya kuchlanishi:
Zanjir tahlilini boshlashdan avval uni soddalashtirish maqsadida har bir faza uchun ' va ' yig’indi qarshiliklarni hosil qilib, 7.10-b rasmdagi zanjirga almashtiramiz.
Endi 0' tugun uchun Kirxgofning birinchi qonuniga binoan:
Ì1 + Ì2 + Ì3 = ÌN (7.1)
Kirxgofning ikkinchi qonuniga binoan (faza-neytral konturlar bo’ylab):
-
Ú1 = Ú10 + ÚN
|
(7.2)
|
Ú2 = Ú20 + ÚN
|
(7.3)
|
Ú3 = Ú30 + ÚN Fazalardagi toklar tegishlicha:
|
(7.4)
|
Ì 20 va Ì ,
bo’lgani uchun, (7.2), (7.3) va (7.4) tenglamalarni hisobga olgan holda, (7.1) tenglamaning o’rniga quyidagini yozish mumkin:
Y1(Ú1-ÚN)+Y2(Ú2 -ÚN)+Y3(Ú3-ÚN)=YNÚN (7.5)
bunda: Y1 =1/Z1, Y2 =1/Z2vaY3 =1/Z3 – fazalarning kompleks o’tkazuvchanliklari, YN =1/ZN – neytral simning to’la kompleks o’tkazuvchanligi, (7.5)-tenglikka ko’ra, 0 va 0' nuqtalar orasidagi kuchlanish vektori yoki neytral simdagi kuchlanish siljishining vektori quyidagicha bo’ladi:
Endi Ú10=Ú1+-ÚN, Ú20=Ú2-ÚN va Ú30=Ú3-ÚN nisbatlardan Ú10, Ú20 va Ú30 kuchlanishlarni aniqlash qiyin emas. Yuklama qarshiliklardagi faza kuchlanishlari tegishlicha:
Ú1 = Ì1 Z`1=Y1Z`1Ú10, Ú`2 = i2Z2= Y2Z2` Ú20 va Ú`3= Y3Z`3Ú30
Liniya simlaridagi kuchlanishlarning kamayishini (isrofini) zanjir qismi uchun Om qonuniga binoan:
ΔÚ1 = Ì1Z, ΔÚ2= Ì2Z va ΔÚ3 = Ì3Z
deb aniqlash mumkin yoki Kirxgofning ikkinchi qonuniga binoan: ΔÚ1 =Ú10- Ú1`, ΔÚ2 =Ú20- Ú2`.
11-rasmda neytral simning to’la qarshiligi bo’lib, zanjir
iste’molchilarining faza qarshiliklari
sig’im xarakteriga va liniya simlarining qarshiliklari ZL=zLejφl(φ1>0) induktiv xarakterga ega bo’lgan hol uchun tok va kuchlanishlarning vektor diagrammasi ko’rsatilgan. Bu hol amaliy jihatdan katta ahamiyatga ega bo’lib, nosimmetrik yuklamada neytral simning uzilib, teztez bo’lib turadigan avariya holatini aks ettiradi. Bu holda yuklamalardagi faza kuchlanishlarining assimetriyasi eng katta bo’ladi.
11-rasm.
Topografik deb ataladigan bu diagrammadan yuklamaning faza qarshiliklarining eng noqulay (z1': z2`: z`3) nisbatlarida ularning xarakterlari bir xil bo’lsa ham, 0 nuqta uchburchaklik 1-2-3 ning ichida holatini ko’rish mumkin. Bunda faza kuchlanishlari Ú`1Ú`2 va Ú`3 o’z miqdorlari jihatidan doimo generator liniya kuchlanishidan kichik bo’ladi. z1': z2` va z`3 qarshiliklarni shunday tanlash mumkinki (masalan, (φ`'2<φ`3> 0), natijada yuklamaning neytrali 0' uchburchaklik 1-2-3 ning tashqarisiga chiqib qoladi. Bu yuklamaning bitta (yoki ikkita) faza kuchlanishi generatorning liniya kuchlanishidan katta bo’lishiga olib keladi. Bunday hollarda neytral simning uzilishiga sira yo’l qo’yib bo’lmaydi.
Yana tekshirilayotgan zanjirning ikkita xarakterli ish rejimiga to’xtab o’tamiz.
Uch fazali yuklama simmetrik, ya’ni Y1=Y2=Y3=Yyu, ammo Yn≠ 0.
Uch fazali yuklama nosimmetrik, neytral simning qarshiligi esa zN =0 (YN =∞).
(7.6)-ifodaga ko’ra, ikkala holda ham N=0, ya’ni Ú10=Ú1, Ú20=Ú2 va Ú30 = Ú3 yoki iste’molchining fazalaridagi U1'=U`2=U'3=UTM kuchlanishlari bir xil.
Birinchi holda faza kuchlanishlarining simmetriyasi neytral simning qarshiligiga bog’liq emas, chunki Ì1 + Ì 2 + Ì3 = 0. Ikkinchi holda faza kuchlanishlarining simmetriyasi aynan zN=0 bo’lgani tufayli ta’minlanadi, chunki Ì1 + Ì 2 + Ì 3 = Ì N ≠ 0.
|
| |