|
Uch fazali iste‟molchini “uchburchak” shaklida ulash
|
bet | 4/13 | Sana | 23.09.2024 | Hajmi | 2,7 Mb. | | #272014 |
Bog'liq O’zgaruvchan tok zanjirlari Uch fazali iste‟molchini “uchburchak” shaklida ulash
Uch fazali iste’molchi ―uchburchak‖ shaklida ulanganda, faza qarshiliklarning boshi va oxiri tegishlicha uch fazali generatordan kelayotgan liniya simlarining 1'-2', 2'-3', 3'-1' qismlariga ulanadi (8-rasm). Endi generator chulg’amlarini ulash usulidan qat’i nazar, iste’molchi tomonidan faqat liniya U12, U23 va U31 kuchlanishlarining sistemasi hosil bo’ladi. Bu kuchlanishlar bir vaqtda uch fazali yuklamaning faza kuchlanishlari ham hisoblanadi. Agar e.yu.k. va liniya simlarining qarshiliklari hisobga olinmasligi mumkin bo’lsa, yuklama qarshiliklari (Z12≠Z23≠Z31≠0) ning istalgan qiymatida liniya (faza) kuchlanishlarining simmetriyasi saqlanadi. Iste’molchining fazalari bo’yicha yuklama nosimmetrikligi faqat generator ayrim fazalarining quvvat bo’yicha turlicha yuklanishiga olib keladi. Iste’molchilarni ―uchburchak‖ usulida ulashning yana bir afzalligi shundaki, iste’molchi manbaga faqat uchta sim bilan ulanadi. E.yu.k.lari
bo’lgan generatorning chulg’amini ulash usuli iste’molchining faza qarshiligi qanday nominal kuchlanishga (Ufnom) mo’ljallanganligiga bog’liq. Agar UL=G=√3UФ bo’lsa, generatorning chulg’ami (fazalari) yulduz shaklida ulanadi (8-rasm yo’g’on chiziqlari).
Agar uch fazali iste’molchining faza kuchlanishi faza e.yu.k. ga teng, ya’ni UФNom=EФ bo’lsa, u holda generator fazalari ―uchburchak‖ shaklida ulanadi (8-rasm punktir chiziqlari). Zanjirlarning tahlilini osonlashtirish maqsadida generatorning 1, 2 va qismlari orasidagi liniya kuchlanishlarini "simmetrik sistemaning fazalari" deb hisoblaymiz. Bu sistemalardan iborat bo’lib,
ularning vektorlaridan teng tomonli uchburchaklik hosil bo’ladi (9-a rasm). 7.8-rasmdagi zanjirning ulanish sxemasiga ko’ra, iste’molchilarning Ì12, Ì23 va Ì31 faza toklari Kirxgofning birinchi qonuniga
8-rasm.
ko’ra, liniya simlaridagi Ì1, Ì2 va Ì3 toklar (liniya toklari) bilan quyidagicha bog’langan bo’ladi: Ì1= Ì12 - Ì31, Ì2 = Ì23 - Ì12, Ì3 = Ì31 - Ì23, ya’ni liniya toklarining geometrik yig’indisi har doim nolga teng. Bu esa generator fazalari yulduz usulida ulanganda, 0 tugundagi toklarning balansidan ham kelib chiqadi. Bu xulosaga yana Z12, Z23 va Z31 qarshiliklarni ―uchburchak‖ shaklidan Z1, Z2 va Z3 qarshiliklardan iborat ekvivalent ―yulduz‖ shakliga almashtirish bilan ham kelish mumkin.
Bu holda hosil bo’lgan nolinchi tugunda Ì1 + Ì2 + Ì3 = 0 shartga rioya qilinadi.
9-b rasmda uch fazali sistemaning fazalari bo’yicha
9-rasm.
nosimmetrik yuklama (Z12≠Z23≠Z31) holati uchun tok va kuchlanishlarning vektor diagrammasi ko’rsatilgan. Uchburchakning tomonlarini tashkil etuvchi tarmoqlaridagi toklar, ya’ni faza toklari tegishlicha
bo’lib, bir-biridan miqdorlari hamda fazalari jihatidan farq qiladi. Agar iste’molchining har bir fazasining qarshiligi Zyuk=Zyuejφyu bo’lsa, faza toklari o’zaro teng bo’ladi, ya’ni
12 = 23 = 31 =
Bu faza toklarining vektorlari esa simmetrik sistemani tashkil etadi:
yoki 9-b rasmda tasvirlangan vektor diagrammadan
bo’lib, bu vektorlarning yig’indisi nolga teng, chunki
Liniya toklari Ì1, Ì2 va Ì3 ning vektorlari simmetrik yulduz tashkil qiladi, chunki
Bunga ko’ra, yuklama simmetrik bo’lganda, liniya simlaridagi toklar miqdor jihatdan o’zaro teng bo’lib, ularning vektorlari faza bo’yicha bir-biriga nisbatan 2π/3 burchakka siljiydi, chunki liniya tokining miqdori faza tokidan marta katta: IL= , ammo shu bilan bir vaqtda UL=Uφ.
|
| |