Uch fazali zanjirlarni ulash usullari. "Yulduz-yulduz" shaklida ulash




Download 2,7 Mb.
bet3/13
Sana23.09.2024
Hajmi2,7 Mb.
#272014
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
O’zgaruvchan tok zanjirlari

Uch fazali zanjirlarni ulash usullari. "Yulduz-yulduz" shaklida ulash
Uch fazali sistemada generatorlarni va iste’molchilarni ulash usuli iste’molchi fazasining nominal kuchlanish qiymati, ya’ni energiya iste’molchisining normal ish rejimini ta’minlovchi kuchlanish bilan aniqlanadi. 6-a rasmda nol simli "yulduz-yulduz" usulida ulash ko’rsatilgan. Bunda uch fazali generatorning har bir fazasi iste’molchining faza qarshiligi bilan bevosita bog’lanishda bo’ladi. Generator chulg’amlari yulduz shaklida ulanganda uning boshlang’ich qismlari (A, B va C) tegishlicha 1-, 2- va 3-liniya simlariga ulanadi. Oxirgi (x,y,z) qismalarini esa yagona 0 tugunga, shuningdek, yerga ulash mumkin. Bu hol faza e.yu.k. larining miqdorlari uch fazali iste’molchining faza qismlaridagi kuchlanishga (yoki ulash simlarining qarshiligini hisobga olish kerak bo’lganda) taxminan teng deyish mumkin bo’lgan hol uchun yaroqlidir. Agar ulash (liniya va neytral) simlarining qarshiligi nolga teng deb hisoblansa, u holda yuklama qarshiliklaridagi faza kuchlanishlarining effektiv qiymatlari U1, U2 va U3 tegishlicha fazalar e.yu.k.larining E1, E2 va E3 effektiv qiymatlariga teng. Bu kompleks shaklda quyidagicha yoziladi:

Shunday qilib, generator va iste’molchining neytral nuqtalari (neytrallari): 0 va 0' ni yagona tugunga ulash uch fazali iste’molchida kuchlanishning fazalari bo’yicha simmetrik taqsimlanishini ta’minlaydi, ya’ni
1 = 2 = 3 = Ф
bu yerda Ф=EФ.
1', 2' va 3' tugunlarning har biri bilan iste’molchining 0' neytrali orasida sodir bo’lgan (6-a rasm) Ú1, Ú2 va Ú3 faza kuchlanishlaridan tashqari, yana 1', 2' va 3' tugunlaridan istagan ikkitasining orasida hosil bo’luvchi (6-b rasm) Ú12, Ú23 va Ú31 liniya kuchlanishlari sodir bo’ladi. Liniya kuchlanishlari faza kuchlanishlarining ayirmasi hisoblangani uchun, faza kuchanishlaridan o’zlarining miqdorlari va yo’nalishi jihatidan farq qiladi.
Faza kuchlanishlarining (Ú1, Ú2 va Ú3) vektorlari 6-a rasmda ko’rsatilgani bo’yicha 1', 2' va 3' tugunlardan shartli "nol kuchlanishli" (sistemaning 0 nuqtasi yerga ulanganda) 0' nuqtaga ulangan bo’ladi. Agar Ú12, Ú23 va Ú31 liniya kuchlanishlarining vektorlarini tegishlicha 1' dan 2' ga, 2' dan 3' ga va 3' dan 1' ga yo’nalgan deb qabul qilsak, u holda quyidagiga ega bo’lamiz:



a)

b)
6-rasm.
Yuqoridagi formulalarga ko’ra, Ú12, Ú23 va Ú31 liniya kuchlanishlarining miqdorlari o’zaro teng, shuningdek, Ú12, Ú23 va Ú31, U12, Ú23 va Ú31 vektorlari ham o’zaro 2π/3 burchakka siljigan. Keltirilgan nisbatlarga binoan, uch fazali kuchlanishlarning simmetrik sistemasida liniya kuchlanishi faza kuchlanishidan marta katta, ya’ni UL=- UФ.
Shunga o’xshash munosabatlarni generatorning e.yu.k. vektorlari uchun ham yozish mumkin:

Ú1, Ú2 va Ú3 vektorlarining haqiqiy yo’nalishlariga ko’ra, 6-b rasmda qabul qilingan kuchlanishlarning shartli belgilanishi juda qulay deb hisoblash mumkin. Bu esa 6-a rasmda ko’rsatilgan vektorlarning o’zaro joylashuvini buzmaydi.
Faza kuchlanishlarining ta’rifidan iste’molchining faza qarshiliklarida 1, 2 va 3 faza toklari hosil bo’lib, ularning qiymatlari Z1, Z2 va Z3 qarshiliklarning miqdorlariga bog’liq. Umumiy holda faza qarshiliklari modullari va argumentlari jihatidan bir xil bo’lmasligi mumkin. Unda bu toklarning vektorlari quyidagicha bo’ladi:

Bu toklarning yig’indisi esa neytral simda 0' nuqtadan 0 nuqtaga oqib o’tayotgan I0 tokni hosil qiladi, uning vektori esa bo’ladi. Fazalar bo’yicha nosimmetrik yuklama uchun tok va kuchlanishlarning vektor diagrammasi 7-a rasmda ko’rsatilgan. Vektor diagrammaga ko’ra, nol simdagi tok vektorining yo’nalishi va moduli har bir fazadagi tokning xarakteriga va miqdoriga bog’liq.
Agar fazalar bo’yicha yuklovchi qarshiliklar Z1, Z2 va Z3 miqdori bir xil bo’lmay, xarakteri jihatidan bir xil bo’lsa (masalan, 0≤ tok I0 ning moduli doimo eng katta faza tokidan kichik
bo’ladi (7-a rasm). Bu xususiyatdan amalda uch fazali tokni to’rt simli liniya bilan uzatishda eng ko’p foydalaniladi. Shuning uchun rangli metallarni tejash maqsadida nol sim diametrik faza (liniya) simlariga nisbatan bir oz kichik qilib olinadi.
Agar yuklama fazalar bo’yicha har xil xarakterli bo’lsa (masalan),
va
nazariy jihatdan tok I0 o’zining miqdori bo’yicha har qanday faza tokidan birmuncha katta bo’lishi mumkin. Fazalar bo’yicha simmetrik yuklama (Z1 = Z2 = Z3 = Zyuk = Zyuk ) bo’lgan holda, Ì1, Ì2 va Ì3 faza toklari faza kuchlanishlari vektorlarining simmetrik sistemasi kabi o’sha ketma-ketlikda tok vektorlarining simmetrik sistemasini tashkil qiladi, ya’ni


7-rasm.
Bu hol uchun qurilgan vektor diagrammada (7-b rasm) faza toklarining yig’indisi nolga teng bo’lib, neytral simda tok I0 bo’lmaydi. Bu esa ana shu uch fazali iste’molchilar guruhlarining elektr energiyasi bilan ta’minlashni faqat uch simli elektr uzatish liniyalari orqali bajarishga imkon beradi va uch simli sistemada bitta liniya simi tejaladi. Uch fazali simmetrik iste’molchilar kategoriyasiga amalda keng tarqalgan uch fazali asinxron dvigatellarni, katta quvvatli (kuchli) transformatorlarni, elektr pechlarni, o’zgaruvchan tokni o’zgarmas tokka aylantiruvchi to’g’rilagichlarni va boshqalarni kiritish mumkin.
Uch fazali tokni to’rt simli liniya bilan uzatishdan asosan, elektr yoritish tarmoqlarini, maishiy korxonalarni va turar joylarni elektr energiyasi bilan ta’minlashda foydalaniladi. Uch fazali manbani uch fazali iste’molchi bilan "yulduz-yulduz" usulida ulashda liniya simlaridagi toklar (liniya toklari) bir vaqtda iste’molchilarning faza toklari hisoblanadi, ya’ni IL =IФ.

Download 2,7 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Download 2,7 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Uch fazali zanjirlarni ulash usullari. "Yulduz-yulduz" shaklida ulash

Download 2,7 Mb.