• Pishloqlarni markalash, joylash, tashish va saqlash qoidalari
  • Pishloqlarning ko‘pchishi




    Download 1,45 Mb.
    bet4/6
    Sana02.02.2024
    Hajmi1,45 Mb.
    #150735
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    8- ma’ruza. Achitilgan va ivitilgan sut mahsulotlari texnologiyasi

    Pishloqlarning ko‘pchishi. Bu nuqson gaz hosil qiluvchi bakteriyalarning xaddan tashqari rivojlanishi natijasida vujudga keladi. Bunday nuqsonli pishloqlarning xajmi kattalashib, ichida katta g‘ovaklar hosil bo‘ladi. Ko‘pchilik hollarda pishloq yorilib ketadi. Pishloq hamirining och rangda bo‘lishi. Bu nuqson asosan qishda tayyorlangan pishloqlarda uchraydi. Bu nuqsonning kelib chiqishiga asosiy sabab sutda tabiiy bo’yoq moddalarining xususan karotinning yetarli darajada bo‘lmasligidir.
    Bir tekis bo‘lmagan rang. Bu nuqson bo’yoq hamirida tuzning va bo’yoq moddalarining bir tekis tarqalmasligi natijasida vujudga keladi. Pishloqlarning tashqi ko‘rinishida uchraydigan nuqsonlar pishloq shaklida va qobig‘ida uchraydigan nuqsonlar tarzida namoyon bo‘ladi. Pishloqlarni podvallarda yetiltirish jarayoniga qo‘yganda nazorat qilmaslik, saqlaganda va tashiganda ehtiyot choralarini ko‘rmaslik oqibatida pishloq deformasiyaga uchrashi, shaklining qisman o‘zgarishi va boshqa nuqsonlar kuzatiladi.
    Pishloqlarni markalash, joylash, tashish va saqlash qoidalari
    Har bir dona pishloq ustiga yuvilib ketmaydigan zararsiz bo‘yoqda ishlab chiqarish markasi yozilib, unda foiz hisobida pishloq tarkibidagi yog‘, zavod nomeri, mamlakat va viloyatning qisqacha nomi ko‘rsatiladi.
    Pishloqning ishlab chiqarilgan kuni esa kazeindan yasalgan raqamlar bilan pishloq hamiriga presslab quyiladi. Tarkibida 50 foiz yog‘i bor pishloqlarga kvadart shaklidagi, 45 foiz yog‘i bor pishloqlarga esa to‘g‘ri sakkiz burchak shaklidagi tamg‘a bosiladi.
    Ulgurji bazalar yoki sovuqxonalardan chakana savdo tarmoqlariga jo‘natilayotganda pishloqlarga shtamp bosilib ularning navi ko‘rsatiladi.
    Pishloqlar shakli, o‘lchamlari va massasiga qarab taxta yashiklarga, barabanlarga, namakopli pishloqlar esa bochkalarga joylanadi.
    Har bir idishga bir turdagi, bir navli, bir hil shaklga ega bo‘lgan va bir muddatda yetilgan pishloqlar joylanadi. Idishlar toza, mustaxkam, yog‘ochdan qilingan bo‘lishi lozim. Idishlarda yog‘ochning namligi 20 % dan yuqori bo‘lmasligi kerak. Pishloqlarni ezilib qolishdan saqlash uchun idishlarning ichida to‘siqlar mavjud bo‘ladi. Ko‘pchilik hollarda pishloqlarni yog‘och idishlarga joylashdan oldin ularni pergament, podpergament, syellofan va plenkalarga o‘raladi.
    Yumshoq shirdon pishloqlari pergament va alyumin folgasi qog‘ozlariga o‘ralib, ularga yorliq qog‘ozi yopishtiriladi, so‘ngra idishlarga joylanadi.
    Eritilgan pishloqlar alyumin folgalariga o‘raladi va keyin plastmasa yoki karton qutilarga joylanadi.
    Pishloq joylangan tashqi idishlar va uning tamg‘asida pishloqning nomi, ishlab chiqargan zavod nomeri, netto va brutto massalari, pishloq donasi soni kabilar ko‘rsatilgan bo‘ladi.
    Pishloqlarni turli transport vositalari yordamida tashish mumkin. Pishloqlarni yuklashdan oldin albatta ularning sanitariya holati tekshiriladi. Pishloqlarni tashish uchun begona hidga ega bo‘lgan transport vositalarini qo‘llash taqiqlanadi. Pishloqlar faqat yashiklarga joylangan holda tashishga ruxsat etiladi. Pishloqlarni tashishda havo harorati ularning sifatiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Pishloqlar temir yo‘l transportida maxsus izotermik vagonlarda tashiladi. Izotermik vagonlarda harorat 2 °C dan past va 8 °C dan yuqori bo‘lmasligi kerak.
    Pishloqlar avtomobil transporti vositasida brezent bilan yopilgan holda, yashiklarda tashilishi talab qilinadi.
    Pishloqlar avtomobil transporti vositasida brezent bilan yopilgan holda, yashiklarda tashilishi talab qilinadi. Pishloqlarni tashiganda va saqlaganda harorat 20 °C dan yuqori bo‘lmasligi kerak. Agar pishloqlar 20 °C dan yuqori haroratda saqlansa, u holda pishloqlar yuzasida yog‘lar erib, pishloqlar eritilgan moy ta’miga ega bo‘lib qoladi.
    Pishloqlarni uzoq muddat saqlash uchun tavsiya etilgan harorat - 1°C dan -5°C gacha hisoblanadi. Bunda havoning nisbiy namligi 85- 90 % ni tashkil etishi kerak. Qobiqka ega bo‘lmagan pishloqlarni esa 0 °Cdan past haroratda saqlash tavsiya etilmaydi.
    Pishloqlarning o‘ziga xos hidi tezda boshqa mahsulotlarga o‘tib qolishi mumkin bo‘lganligi uchun ularni omborxonalarda alohida bo’lmalarda saqlash tavsiya etiladi.

    Download 1,45 Mb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 1,45 Mb.