|
Pishloqlarda uchraydigan nuqsonlar
|
bet | 2/6 | Sana | 02.02.2024 | Hajmi | 1,45 Mb. | | #150735 |
Bog'liq 8- ma’ruza. Achitilgan va ivitilgan sut mahsulotlari texnologiyasi Pishloqlarda uchraydigan nuqsonlar. Pishloqlarda uchraydigan nuqsonlar sifatsiz xom ashyoni qo‘llash, ishlab chiqarish texnologiyasining, tashish va saqlash qoidalarining buzilishi oqibatlarida kelib chiqadi. Pishloqlarda uchraydigan nuqsonlarni uch guruhga bo‘lish mumkin: ta’m va hid ko‘rsatkichlari nuqsonlari; konsistensiyasi, g‘ovakligi va rangida bo‘ladigan nuqsonlar; tashqi ko‘rinishida bo‘ladigan nuqsonlar.
Ta’m va hid ko‘rsatkichi nuqsonlarini ko‘rib chiqamiz.
Shakllanmagan ta’m. Bu nuqson pishloqning yaxshi yetilmaganligi sababli, unda ta’m beruvchi moddalarning kerakli darajada hosil bo‘lmaganligidan vujudga keladi. Buning asosiy sababi pishloqni past haroratda va havoning nisbiy namligiga ham past bo‘lgan sharoitda saqlash hisoblanadi.
Ta’msiz pishloq. Pishloq muzlatilganda bu nuqsonning paydo bo‘lishi kuzatiladi.
Pishloqqa xos bo‘lmagan ta’m va hid. Bu nuqson pishloqni ishlab chiqarishda texnologik rejimlarning buzilishdan kelib chiqadi. Shu sababli pishloqlarni ishlab chiqarishda texnologik rejimlarga qat’iy rioya qilinishi talab etiladi.
Yemish ta’mi. Bu nuqson chorva molariga o‘tkir hid tarqatuvchi sarimsoq, yovvoyi piyoz va karam singari sabzavotlardan yemish sifatida foydalanganda vujudga keladi.
Nordon ta’m. Bu nuqson asosan yaxshi yetilmagan pishloqlarda uchraydi. Nordon ta’mning paydo bo‘lishining asosiy sababi pishloq haroratning pastligi tufayli yaxshi yetilmaganligi, yoki fermentni me’yordan ko’p qo‘llash hisoblanadi.
Achchiq ta’m. Bu ta’m pishloqqa yemishlardan o‘tishi, yoki yaxshi tozalanmagan past navli osh tuzidan foydalangan hollarda vujudga keladi. Shuningdek, kasal mollarning sutidan foydalanda ham bu nuqsonning paydo bo‘lishini keltirib chiqaradi.
Salo ta’mi. Bu nuqson asosan qobig‘i bo‘lmagan yoki qobig‘i jarohatlangan pishloqlardagi yog‘ga havo kislorodi va quyosh nuri ta’sirida vujudga keladi. Shuningdek, sut kislotali bijg‘ish borgan pishloqlarda ham bu ta’m yaqqol sezilib turadi.
Mog‘or ta’mi. Bu nuqson asosan yumshoq pishloqlarda uchraydi. Nuqsonning vujudga kelishida asosiy sabab mog‘or bakteriyalari ishlab chiqaradigan lipaza fermenti ta’sirida yog‘larning parchalanishi hisoblanadi.
Chirigan ta’m. Bu nuqsonni bakteriyalar keltirib chiqaradi. Agar sut ichak tayoqchalari va chirituvchi bakteriyalar bilan ifloslangan bo‘lsa, bakteriyalarning rivojlanishi oqsillarning parchalanishini keltirib chiqaradi. Natijada pishloqda chirigan ta’m paydo bo‘ladi.
|
| |