|
Мавзу: Pоliz mahsulоtlari va navlari bilan tanishish
|
bet | 3/6 | Sana | 02.02.2024 | Hajmi | 1,45 Mb. | | #150735 |
Bog'liq 8- ma’ruza. Achitilgan va ivitilgan sut mahsulotlari texnologiyasiAmmiak ta’mi va xidi. Juda kuchsiz ammiak ta’mi ba’zi bir pishloqlar uchun ijobiy ko‘rsatkich hisoblanadi. Agar pishloqda bu ta’m juda o‘tkir bo‘lsa, unda bu ko‘rsatkich nuqson hisoblanadi. Bu ta’m asosan yuqori harorat va namlikda yetiltirilgan pishloqlarda paydo bo‘ladi. Konsistensiyasi, g‘ovakligi va rangida uchraydigan nuqsonlarga quyidagilar kiradi.
Uqalanuvchan konsistensiya. Bu nuqson pishloq hamirida nordonlik oshib ketgan hollarda vujudga keladi. Nordonlik esa kalsiyning kazeindan ajralib chiqishi natijasida ortadi.
Pishloqlarning yorilishi (Svish). Bu pishloq asosan yumaloq Gollandiya pishloqlarida kuzatiladi. Unda pishloqning ichida yoriq paydo bo‘ladi. Bu nuqsonning paydo bo‘lishiga asosiy sabab kuchli darajada gaz ajralib chiqishi va tayyorlash texnologiyasiga rioya qilmaslik hisoblanadi.
Qattiq rezinasimon konsistensiya. Bu nuqson pishloq hamiri juda mayda bo‘laklansa, yuqori haroratda qizdirilganda, pishloq hamirida sut kislotasi miqdori kam bo‘lgan hollarda vujudga keladi.
«Kur» pishloq. Bu nuqson pishloqlarga g‘ovaklikning yo‘qligi yoki kamligidan dalolat beradi. Bu nuqson sut kislotasi va propion kislotasi bakteriyalarining rivojlanishi uchun qulay sharoit bo‘lmaganda gazlarning ajralib chiqishi natijasida vujudga keladi.
Shuningdek, pishloq ishlab chiqarish uchun pasterizasiyalangan sut qo‘llanilib unga tomizgilar qo’shmagan hollarda ham pishloqlarda g’ovaklik hosil bo‘lmaydi. Past haroratda yetiltirish, tuz miqdorining ko‘pligi va pishloq hamirining xaddan tashqari nordonligi ham gaz hosil bo‘lishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Pishloqlarning ko‘pchishi. Bu nuqson gaz hosil qiluvchi bakteriyalarning xaddan tashqari rivojlanishi natijasida vujudga keladi. Bunday nuqsonli pishloqlarning xajmi kattalashib, ichida katta g‘ovaklar hosil bo‘ladi. Ko‘pchilik hollarda pishloq yorilib ketadi. Pishloq hamirining och rangda bo‘lishi. Bu nuqson asosan qishda tayyorlangan pishloqlarda uchraydi. Bu nuqsonning kelib chiqishiga asosiy sabab sutda tabiiy bo’yoq moddalarining xususan karotinning yetarli darajada bo‘lmasligidir.
Bir tekis bo‘lmagan rang. Bu nuqson bo’yoq hamirida tuzning va bo’yoq moddalarining bir tekis tarqalmasligi natijasida vujudga keladi. Pishloqlarning tashqi ko‘rinishida uchraydigan nuqsonlar pishloq shaklida va qobig‘ida uchraydigan nuqsonlar tarzida namoyon bo‘ladi. Pishloqlarni podvallarda yetiltirish jarayoniga qo‘yganda nazorat qilmaslik, saqlaganda va tashiganda ehtiyot choralarini ko‘rmaslik oqibatida pishloq deformasiyaga uchrashi, shaklining qisman o‘zgarishi va boshqa nuqsonlar kuzatiladi.
Kam g’ovaklik. Bu nuqson pishloq ishlab chiqarish uchun nordonligi yuqori bo‘lgan sutdan foydalanish yoki pishloqlarni past haroratda yetiltirgan holatlarda vujudga keladi.
|
| |