O'zbekiston pul tizimining tashkil topishi va rivojlanishi




Download 220,5 Kb.
bet11/13
Sana20.05.2024
Hajmi220,5 Kb.
#246529
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Raximjanova Kurs iwi




2.3O'zbekiston pul tizimining tashkil topishi va rivojlanishi.
O`zbekiston Respublikasining zamonaviy pul tizimi milliy valuta so`m muomalaga kiritilgandan keyin shakllandi. Yangi pulni eski valuta birligiga almashtirish “denominatsiya” deb ataladi.
Birinchi bosqichi. Pul tizimining birinchi bosqichi 1991-yil sentyabrdan 1993-yil noyabr oyiga qadar bo'lib o'tgan davri o'z ichiga oladi. Ikkinchi bosqich. 1993-yil noyabrdan 1994-yil iyun oyiga to'g'ri keladi. Ushbu davrda, yani 1993-yil 15 noyabrda muomalaga oraliq «so'm - kupon» lar kirtildi. Pul tizimining uchinchi bosqichi 1994-yildan hozirgi kunchagacha o'tgan davri o'z ichiga oladi.
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 122-moddasi va «O'zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining asoslari to'g'risida»gi qonunning 11-moddasi, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1993-yil 3-sentyabrdagi 952-XI-sonli qaroriga muvofiq 1994-yi 1- iyuldan boshlab O;zbekiston Respublikasi hududida qonuniy to'lov vositasi bo'lgan milliy valyuta «So'm» muomalaga kirtildi.
O'zbekistonda pul tizimining shakllanishi so'm milliy valyutasini muomalaga kiritish bilan bog'liq. Mamlakat pul tizimining shakllanishini milliy valyuta So'm muomalaga kiritilgan davrlarga asoslanib, uni uch bosqichga bo'lib o'rganish maqsadga muvofiqdir.
O'zbekiston pul tizimining elementlari mamlakatimiz mustaqillikka erishgan 1991 yildan buyon shakllanib kelmoqda. Bunga quyidagilar kiradi.
- pul birligi "so'm" bo'lib, 1 so'm 100 tiyindan iborat;
- baxo masshtabi tovarlar va xizmatlarga bo'lgan talab va taklif asosida aniqlanadi;
- muomalada qog'oz va tanga pullar to'lov vositasini bajaradi. Qog'oz pullar 1000, 2000, 5000, 10000, 20000, 50000, 100000, 200000so'm qiymatdagi banknotalardan, tanga pullar 50 ,100,200 va 500 so'mdan iborat;
- banknota va tangalarni emissiya qilish va muomaladan qaytarib olish O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga yuklatilgan bo'lib, muomaladagi barcha pullar uning majburiyati hisoblanadi;
- Markaziy bank pul-kredit siyosati instrumentlari asosida mamlakatda pul muomalasini tartibga soladi;
- mamlakatda pul aylanmasi va naqd pulsiz hisob - kitob shaklidan iborat bo'lib, pul aylanishi tarkibida asosiy ulush naqd pulsiz hisob - kitoblar hissasiga to'g'ri keladi. Markaziy bank pul muomalasi aylanmasini tashkil etadi va hisob - kitoblarning shakllarini belgilaydi.

Download 220,5 Kb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Download 220,5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O'zbekiston pul tizimining tashkil topishi va rivojlanishi

Download 220,5 Kb.