|
Pul tizimi quyidagi elementlardan tashkil topadi
|
bet | 9/13 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 220,5 Kb. | | #246529 |
Bog'liq Raximjanova Kurs iwiPul tizimi quyidagi elementlardan tashkil topadi:
Pul birligining nomi;
Pul aylanmasining tarkibi;
Pul aylanmasini tashkil qilish va tartibga solish;
Pul massasi va uning tarkibi;
Milliy valutaning pariteti. Paritet so`zi bizning tilimizda tenglik degan ma`noni anglatadi.
Milliy valutaning pariteti – bu milliy valuta qiymatining xorijiy valuta qiymatiga nisbatidir. Hozirgi davrda milliy valutaning pariteti milliy valuta va xorijiy valutaning xarid qobilyatini taqsimlash yo`li bilan aniqlanadi. Misol: O`zbekistonda so`mning valyuta pariteti AQSH dollariga nisbatan aniqlanadi.
Hozirgi davrda 1 valyutaning 2 valyutaga nisbatan pariteti ularning xarid qobiliyatini bir biriga taqqoslash yo`li bilan aniqlanadi.
so`m/dollar
Markaziy banklar valyuta paritetini milliy valyutaning nominal almashuv kursi bilan xarid qobiliyati o`rtasida farq yuzaga keldimi, yo`qmi shuni bilish uchun hisoblaydi. Agar milliy valyutaning nominal kursi sun`iy ravishda yuqori bo`lsa, bu mamlakatda xorijiy valyutalarga bo`lgan qiziqish kuchayadi.Sun`iy deyilganining sababi shuki, kurs valyutaning xarid qobiliyatiga nisbatan baland o`rnatilgan, xorijiy valyutalarga sig’inish fanda fitishizm deyiladi.
Milliy valyutaning kursi bilan uning pariteti o`rtasida yuzaga kelgan farqni yo`qotish uchun devalvatsiyadan foydalanadi.
F. Milliy valutaning kursi – bu milliy valutaning horijiy valutaga nibati bo`lib u valuta bozorida aniqlanadi. birja kursi shu tariqa aniqlanadi.
Zamonaviy pul tizimi quyidagi elementlarni o`z ichiga oladi:
pul birligi,
valyuta kursini o`rnatish qoidalari,
baholar masshtabi,
pul ko`rinishlari,
emissiya tizimi,
davlat yoki kredit apparati.
Pul birligi – qonuniy tarzda o`rnatilgan pul belgisi bo`lib, barcha tovarlar bahosini o`zaro solishtirish va ifodalash uchun xiz-mat qiladi. Ko`pincha pul birligi mayda bo`linuvchi qismlarga ajra-ladi. Ko`pchilik mamlakatlarda o`nlik bo`linish tizimi o`rnatilgan. Masalan, 1:10:100 (AQSH dollari 100 tsentga 1 funt sterling - 100 pensga, 1indoneziya rupiyasi - 100 senga teng va h.k.)
Rasman baholar masshtabi o`zining iqtisodiy ma`nosini davlat-monopolistik kapitalizmi rivojlanishi va kredit pullarni oltin-ga almashinishi to`xtatilgandan so`ng yo`qotdi. 1976-1978 yilda o`tka-zilgan Yamayka valyuta islohoti natijasida oltinning rasmiy narxi va pul birliklarining oltin tarkibi bekor qilindi.
Qonuniy to`lov vositasi bo`lgan pul ko`rinishlari - bular asosan bank kredit biletlari, qog’oz pullar (xazina biletlari) va tangalardir. Masalan, AQSHda muomalada quyidagi pullar mavjud: 100, 50, 20, 10, 5 va 1 dollar, bank biletlari. Xazina biletlaridan tashqari kumush-mis va mis-nikel tangalar (50,20, 10, 5, 1 tsentli) chiqariladi, Buyuk Britaniyada muomalada 50, 20, 10, 5, 1 f. st. banknotalar: 1 f. st – 50, 10, 5, 2 pennli, 1 va 1/2 pensli tangalar amal qiladi. Yana eski 2 va 1 shilling tangalari yuritiladi, ular yangi 10 va 5 pensga teng. Agar rivojlangan mamlakatlarda asosan bank biletlari chiqarilsa, qator rivojlanayotgan mamlakatlarda ko’proq xazina biletlari chiqarish keng tarqalgan. Masalan, Indoneziyada 50, 25, 10, 5, 1 sen qiymatli, Hindistonda – 1 rupiya qiymatli xazina biletlari chiqariladi.
Rivojlangan mamlakatlarda bank biletlarining emissiyasi Mar-kaziy banklar tomonidan, xazina biletlari va tangalar qonunda belgilangan emissiya huquqiga asosan xazina muassasalari tomoni-dan chiqariladi. Bu mamlakatlarda pul emissiyasining asosiy kanali – depozit chek emissiyasidir. Mijoz hisob raqamlaridagi depozit-larga muvofiq tarzda to`lov aylanmasini ta`minlaydigan chek mas-sasi ko`paytiriladi. Unda tijorat banklari va boshqa kredit muas-sasalari ishtirok etadi.
Pul siyosati kredit siyosati bilan chambarchas bog’liq bo`lgani uchun bozor munosabatlari sharoitida iqtisodiyotni davlat pul-kredit siyosati bilan tartibga solib turadi. Ko`pgina rivojlangan mamlakatlarda 70–yillardan monetarlashtirish siyosati kiritilgan. Bu siyosatga asosan Markaziy banklar muomaladagi pul massasining o`sishi va kreditlarni tartibga solishda maqsadli mo`ljallarni o`rnatishi lozim. 1975 yildan boshlab Germaniya Markaziy banki (davlat banki) kelasi 12 oyga rejalashtirayotgan muomaladagi pul massasining o`sish yoki qisqarish sur`atlari to`g’risida kongressga hisobot beradi.
Rivojlangan mamlakatlarning zamonaviy pul tizimi quyidagi xususiyatlarga ega:
– pul birligining oltin tarkibi, banknotalarini oltin bilan ta`minlash va unga almashishning bekor qilinishi;
– oltinga almashinmaydigan, keyinchalik qog’oz pulga aylanadigan, kredit pullarga o`tish;
– pulni muomalaga nafaqat xo`jaliklarni banklar tomonidan kreditlash, balki davlat xarajatlarini qoplash uchun chiqarish;
– pul muomalasida naqdsiz pul aylanmasi ustunligi;
– pul muomalasini davlat tomonidan tartibga solishning kuchayishi.
1929-1933 ylardagi jahon iqtisodiy inqirozi davri va undan keyin yuzaga kelgan valyuta bloklari, rivojlanayotgan mamlakatlarda emissiya institutlari va ularning operatsiyalarini nazorat qilib turgan metropoliyalarga bog’liq bo`lgan pul tizimlari saqlanib qoli-shini ta`minlaganlar. emissiya miqdori xo`jalik ehtiyojlari bilan emas, to`lov balanslari holati bilan belgilangan. Ikkinchi jahon urushi va undan keyingi davrda urushgacha bo`lgan valyuta bloklari asosida alohida valyuta zonalari yaratildi. Bu valyuta zonalari asosiy valyutaga nisbatan boshqa valyutalarning qat`iy kursini ushlab turish; milliy valyutalarni gegemon – davlat banklarida saqlash; zona ichida valyuta hisob-kitoblarning imtiyozli tartibi kabi xususiyatlarga asoslanib faoliyat olib boradi.
|
| |