• Insoniyat hozirga qadar pul tizimining 45 shaklini biladi: Bimetalizm – bu lotincha bis – ikki marta va metallon – metal degan ma`noni anglatadi.
  • Pul tizimi uchta funksiyani bajaradi




    Download 220,5 Kb.
    bet8/13
    Sana20.05.2024
    Hajmi220,5 Kb.
    #246529
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
    Bog'liq
    Raximjanova Kurs iwi

    Pul tizimi uchta funksiyani bajaradi:

    1. Emission funksiya;

    2. Tartibga solish funksiyasi – muomaladagi pul massasini tartibga solish bilan bog’liq;

    3. Nazorat funksiyasi – bu funksiya pul tizimi doirasida qabul qilingan qonun xujjatlarning talablariga rioya etilishini nazorat qilish bilan bog’liq.


    Insoniyat hozirga qadar pul tizimining 45 shaklini biladi:

    Bimetalizm – bu lotincha bis – ikki marta va metallon – metal degan ma`noni anglatadi.
    Bimetalizm – ikki nodir metaldan pul sifatida foydalanishga asoslangan pul tizimidir. Bu tizim XVI – XVIII asrlarda dunyoning ko`plab mamlakatlarida qo`llanilganpul tizimidir. Bunda asosan oltin va kumushdan yasalgan tangalardan pul sifatida foydalanilgan. Ayrim davlatlarda bronza tangalardan ham foydalanilgan.
    Bimetalizmning 3 turi mavjud:
    Parallel valuta tizimi – bunda ddavlat oltin va kumush tangalar o`rtasidagi nisbatni belgilamaydi.
    Ikkiyoqlama valuta tizimi – bunda davlat oltin va kumush tangalar o`rtasidagi nibatni belgilaydi.
    Oqsoqlanadigan yoki cho`loq valuta tizimi – bunda oltin tangalar erkin zarb etiladi, kumush tangalar esa yopiq rejmda zarb etiladi.

    Bimetalizm jiddiy kamchiliklarga ega edi:
    Ikkita valuta muomalada bo`lganda ikkita qiymat o`lchovi mavjud bo`ladi. Bu esa pulning mohiyatiga ziddir.
    Oltin va kumushni qazib chiqarishda mehnat unumdorligi o`rtasida kata farq bor.

    Buning natijasida oltin va kumush tangalarning qiymati o`rtasidagi nisbatni aniqlashda qiyinchiliklar va noaniqliklar yuzaga keldi. Ushbu kamchiliklarning mavjudligi va ko`plab kumush konlarining topilishi natijasida kumush tangalarning ko`payishi bimetalizm pul tizimining barham topishioga olib keldi. Uning o`rniga yagona metal pulga asoslangan monometalizm tizimi paydo bo`ldi.
    Yagona metal pul sifatida oltin tangalardan foydalanildi.

    Monometalizm grekcha “monos” - yakka yagona, bitt ava “ metallon” – metal degan so`zlardan kelib chiqqan. Oltinni metal sifatida juda noyob ekanligi va davlatlar o`rtasida notekis taqsimlanganligi, oltin tangalar emirilish xususiyatiga ega ekanligi va Tovar – pul munosabatlarini yuqori darajada rivojlanib ketishi monometalizm pul tizimini barham topishiga sabab bo`ldi. Natijada oltinga almashinadigan qog’oz pullar tizimi paydo bo`ldi.
    Oltinga almashinadigan qog’oz pullar bunda muomalaga chiqariladigan qog’oz pullar oltin bilan ta`minlanar edi. Milliy pulning oltin bilan ta`minlanishiga baho masshtabi deyiladi.
    Iqtisodchi olimlar o`rtasida pul tizimining tarkibiga oid ya`ni uning elementlari bo`yicha bir-biridan farqlanuvchi fikrlar mavjud.
    Professor O.I Lavrushin


    Download 220,5 Kb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




    Download 220,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Pul tizimi uchta funksiyani bajaradi

    Download 220,5 Kb.