Mavzu-Qo’shiq kuylash jarayonida o’quvchilarda nafosat tarbiyasini shakllantirishning o’ziga xos hususiyatlari




Download 56.12 Kb.
bet2/12
Sana15.02.2022
Hajmi56.12 Kb.
#17562
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
abduraxmon kurs ishi metodika 1

Mavzuni dolzarbligi: Mustaqil O’zbekistonda ta’lim tarbiya ishlarini to’g’ri yo’lga qo’yishi milliy va nafosat tarbiyasining barcha imkoniyatlaridan to’la va samarali foydalanishni taqozo etadi.
Jamiyat taraqqiyotining barcha davrlarida tarbiyaning mazmuni va yo’nalisi milliy va nafosat tarbiyalarining uyg‟unligi asosida belgilangan. Shunday ekan, yosh avlodni aqlan etuk, axloqan pok, sog’lom jismonan baquvvat, go’zallikni idrok eta oladigan qilib tarbiyalash xalq ta’limining asosiy maqsadi.
Nafosat ( estetik ) lotinchadan “ gozallikni xis etaman “ degan ma’noni anglatadi. Aqliy, axloqiy, jismonan va mehnat tarbiyasini nafosat( estetika ) tarbiyasiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Nafosat tarbiyasini maqsadi o’quvchilarni tabiyat va jamiyatdan go’zalikni idrok qilish uni to’g’ri tushunish va faxmlash, qadriga etish, shu asosida o’z shahsiy hayotining go‟zal tamonini ko‟ra bilish, go’zal bo’lish uchun kurashishga o’rgatishdan iborat nafosat tarbiyasi axloqiy qiyofasi ijobiy xulq – atvor, muomila madaniyati tarkib topishida, ijodiy qobiliyatlarini taqqiy etishida katta ta’sir ko’rsatadi. Maktablarimizda musiqa, rasm, adabiyot, mehnat darslari va boshqa fanlar, nafosat tarbiyasining vositasi hisoblanadi. Nafosat tarbiyasi, avvalo oila go‟zalligining birinchi manbai hisoblanadi. Nafosat tarbiyasi, bola tug’ilganidan boshlab, umrning ohirigacha unga yo’ldoshdir. Shu sababli bola nafaqat oilada, balki bog’cha, maktab, mahallada, sinfdan va maktabdan tashqari, tadbirlarda, turli hil anjumanlarda, yosh avlodga go‟zallikni, nafosatni anglatuvchi, tarbiyalovchi vositadir . Nafosat tarbiyasi, faqat san‟at vositasigina emas, balki hayot, mehnat kishilarning o‟zaro munosabatlari,muomilalari, kiyinish madaniyatlari vositasida go‟zallikni his qilishni tarbiyalaydi. Komil insonni tarbiyalashda, nafosat tarbiyasini ahamiyati xaqida, buyuk olim V.G.Belinskiy shunday deydi: Butun go‟zallik, ulug‟vorlik manbai bo‟lgan, nafosat tarbiyasini his tuyg‟ularini, bolalarda o‟stirish, chunki nafosat his – tuyg‟ularidan mahrum bo‟lgan odam hayvon qatorida bo‟ladi.
Insonlarda nafosat his – tuyg‟ularini tarbiyalash avvalo, insonning nafosat ta‟surotlari ( quvonish, zavqlanish, ma‟naviy ozuqa olish, go‟zallikni ko‟ra bilish, qadrlash, hayratlanish ) kabi his – tuyg‟ular ko‟rinishda va turli darajada boshdan kechiradilar. Shundagina qiziqarli san‟at olamiga kirib boradilar.
Bu yilni Prezidentimiz I.A.Karimov “ Sog‟lom bola “ yili deb e‟lon qildilar.
Sog‟lom bola, deganda, aqlan etuk, bilimli, jismonan sog‟lom, kuchli, don ova albatta go‟zallikni go‟zallikni nafosat tarbiyasi o‟zida mujassam etgan insonni tan olamiz. Insonda kelajakda bu his – tuyg‟ular mujassamlanib go‟zal xulq, latofat, intizom, kiyinish madaniyati, muomila madaniyati asta – sekin shakllanib, barkamol etuk inson bo‟lib voyaga etadi va o‟z mehnati, go‟zal hxulqi va dono, bilimdonligi bilan jamiyatni rivojlanishi uchun o‟z hissasini qo‟shadi. Mir Alisher Navoiy o‟zini “Farxod va Shirin” dostonida Shirinni zoxiriy va botiniy go‟zallik sohibasi sifatida tasvirlaydi. Shirinni go‟zalligi, latofatliligi shunday ediki, u molu davlatga uchmagan, aksincha inson bo‟lish, pok vijdonli bo‟lib va chin insonni sevishni baxt deb bilgan. Shirin eng og‟ir kunlarda xam yor bolish bilan birga donishmand davlat arbobi, aqilli, hayoli, pokiza, sadoqatli qiz bo‟lib, barcha qizlarga o‟rnak bo‟lgan. O‟zbek xalq qo‟shiqchilik san‟ati, o‟zini qator jixatlari bilan o‟quvchi yoshlarda go‟zallikni idrok etish, zavqlanish, estetik his xayajon, estetik did, estetik ( nafosat ) muloxaza, ashulachilik san‟ati, jamoa bo‟lib qo‟shiq kuylash san‟ati, musiqaga nisbatan juda katta ma‟sir doirasiga ega. Qo‟shiqchilik san‟ati kuy, usul, zarb kabi, qator musiqiy vositalar orqali, mazmuni ifodalanib millatidan qattiy nazar barcha xalqlar uchun tarjimasiz xizmat qiladi. Tarixda barcha xalqlarning aql farosati, estetik xissi, qayg‟u shodligi, pok muxabbati va orzu armonlari ifodalanib, barchaga tushunarli bo‟lib, ma‟naviy ozuqa beradi. Ularning ma‟naviy – estetik baxolash va estetik ongini rivojlantirishda muxim axamiyat kasb etadi. Qo‟shiqchilik san‟atining ( estetik ) nafosat tarbiyasi vazifasi o‟quvchi yoshlarni dunyo qarashini rivojlantirgan, ruxiy xolati, axloqiy qiyofasi, nafosat va qiziqishi va tafakkurini kengaytirishga chuqur ta‟sir etadi. Musiqa inson tarbiyasida salmoqli axamiyatga ega bo‟lib, u sexrli kuy va oxanglar, ajib tuyg‟ular va xissiy kechinmalarolamini yaratadi.
Nafosatli insonni barcha xatti xarakatida, nutq madaniyati, o‟zini tuta bilish, kuylash madaniyati, kiyinish madaniyatida go‟zallik, samimiyat aks ettiriladi. U go‟zallikni yaratishni va qadrlashni biladi.
Musiqa yosh avlodni har tomonlama etuk qilib tarbiyalashda muhim omil deb xisoblanadi. Yosh avlodni sog‟lom muxitda, ma‟naviy va axloqiy tomondan komil topishida, musiqiy ta‟limning asosiy vazifalaridan biridir. Musiqa, jonli san‟at turi sifatida, davr, xayot, tabiyat va inson his-tuyg‟ularini, orzu istaklarini aks ettiradi. O‟quvchilarni doimo go‟zallikka intilishi va kundalik xayotida ana shu go‟zallik qoidalariga amal qilishi nafosat tarbiyasini amaliy belgilaridan biri bo‟lib hisoblanadi. Musiqa tarbiyasi, nafosat tarbiyasining asosiy va murakkab qirralaridan biri bo‟lib, u o‟quvchilarni musiqa san‟atini, asarlarni tushunishga va ijro etishga o‟rgatadi. Musiqa madaniyati darslarini o‟quvchilarni atrofdagi go‟zal narsalarni to‟g‟ri idrok eta olishga va ma‟naviy ozuqa olishga yordam beradi. Shu bois, musiqa o‟quvchilarni ma‟naviy dunyosini, xar tomonlama takomillashtirib, ularda oliyjanob fazilatlarini, kamol topishda ta‟sirchang vazifa bo‟libxizmat qiladi.

Download 56.12 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Download 56.12 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu-Qo’shiq kuylash jarayonida o’quvchilarda nafosat tarbiyasini shakllantirishning o’ziga xos hususiyatlari

Download 56.12 Kb.