• Xo‘jalik shirkatining
  • Mavzu: Sanoat korxonalarini ta'sis etish va davlat tomonidan ro'yxatga olinishi. Mundarija: Kirish




    Download 453,5 Kb.
    bet17/23
    Sana13.05.2024
    Hajmi453,5 Kb.
    #229024
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   23
    Bog'liq
    Sanoat korxonalarini ta\'sis etish va davlat tomonidan ro\'yxatga olinishi

    Aksiyadorlik jamiyatining ta’sis hujjati sifatida ta’sis yig‘ilishi (muassis) tasdiqlagan ustav qabul qilinadi. Davlat korxonasi aksiyadorlik jamiyatiga aylantirilayotganda davlat mulkini tasarruf etishga vakolatli organ tasdiqlaydigan emissiya ma’lumotnomasi ham ta’sis hujjati hisoblanadi.
    Ustav jamiyatning ta’sis hujjati bo‘lib, unda quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak:

    • jamiyatning to‘liq (agar bo‘lsa qisqartirilgan) firma nomi, joylashgan yeri (pochta manzili) va elektron pochta manzili;

    • faoliyatining sohasi (asosiy yo’nalishlari) va maqsadi;

    • ustav fondining (ustav kapitalining) miqdori;

    • jamiyat aksiyalarining soni, nominal qiymati, turlari (oddiy, imtiyozli);

    • jamiyat boshqaruvining tuzilmasi, jamiyat kuzatuv kengashining, taftish komissiyasining va ijroiya organining a’zolari soni, bu organlarni shakllantirish tartibi, ularning vakolatlari.

    • Jamiyat ustavida jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) bitta aksiyadorga tegishli bo‘lgan ulushning eng ko‘p miqdoriga cheklovlar belgilanishi mumkin.

    • Davlat tomonidan jamiyatni boshqarishda ishtirok etishga bo‘lgan maxsus huquq («oltin aksiya») joriy etilayotgan jamiyat ustavida davlatning mazkur maxsus huquqdan foydalanishi to‘g‘risidagi qoidalar ko‘rsatilishi kerak.

    Xo‘jalik shirkatining ta’sis etish hujjati bo‘lib, uning ta’sis shartnomasi hisoblanadi.
    Ta’sis shartnomasida quyidagi ma’lumotlar bo‘ladi:

    • ta’sis etilayotgan xo‘jalik shirkatining turi, uning faoliyat sohasi, maqsadlari va muddatlari;

    • muassislarning (ishtirokchilarning) tarkibi;

    • ta’sis etilayotgan xo‘jalik shirkatining firma nomi va pochta manzili;

    • ustav fondining (ustav kapitalining) miqdori va uni hosil qilish tartibi;

    • xo‘jalik shirkati har bir ishtirokchisi ulushining miqdori va nominal qiymati;

    • xo‘jalik shirkati ishtirokchilari hissalarining tarkibi, ularni kiritish

    muddatlari va tartibi;

    • xo‘jalik shirkatining ustav fondini (ustav kapitalini) ko‘paytirish va

    kamaytirish tartibi;

    • xo‘jalik shirkatining faoliyatini boshqarish tartibi;

    • foydani taqsimlash va zararni qoplash tartibi;

    • xo‘jalik shirkatini qayta tashkil etish va tugatish tartibi;

    • qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa shartlar.

    Xo‘jalik shirkatining ta’sis shartnomasida, shuningdek uning vakolatxonalari va filiallari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak.

    2.10-jadval



    Download 453,5 Kb.
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   23




    Download 453,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Sanoat korxonalarini ta'sis etish va davlat tomonidan ro'yxatga olinishi. Mundarija: Kirish

    Download 453,5 Kb.