|
Mavzu: Sanoat korxonalarini ta'sis etish va davlat tomonidan ro'yxatga olinishi. Mundarija: Kirish
|
bet | 15/23 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 453,5 Kb. | | #229024 |
Bog'liq Sanoat korxonalarini ta\'sis etish va davlat tomonidan ro\'yxatga olinishiKorporatsiya yirik aksioner jamiyatlar birlashmasi hisoblanib, bir xil mahsulot ishlab chiqaruvchilarni birlashtiradi. Natijada ishlab chiqarish monopollashadi. Korporatsiya atamasi lotincha «korporatio» so’zidan olingan bo’lib, birlashma, hamjamiyat ma’nosini beradi.
Konsern umumiy manfaatlarga ega hamda shartnomalar, kapital va qo'shma faoliyatda ishtirok etish bilan bog‘liq bo‘lgan korxonalarning yirik birlashuvini aks ettiradi.
Konsern - bu ishlab chiqarish diversifikatsiyasi, ya’ni korxonalarning faoliyat sohalari va ishlab chiqaradigan mahsulotlari turining kengayishi, yangilanib turishi asosida tarkib topadigan yirik ko‘p tarmoqli korporatsiya.
Konsorsium - bu aniq iqtisodiy loyihalarni amalga oshirishni maqsad qilgan korxonalarning umumiy kelishuvlar asosida yuzaga keladigan muvaqqat birlashmasidir. Konsorsium buyurtmachilar oldidagi majburiyatlar uchun javobgar hisoblanadi.
Xo'jalik assotsiatsiyasi jismoniy yoki huquqiy shaxslarning o'zaro hamkorlik yuritish maqsadida ko‘ngilli ravishda birlashuvini anglatadi va unda birlashuvga kiruvchi sub’ektlar o‘z mustaqilligini saqlab qoladilar.
Korxonalarning konsentratsiya asosida birlashuvi kartel, sindikat, xolding va moliya-sanoat guruhlari ko‘rinishida amalga oshiriladi.
Ishlab chiqarish sohasidagi kartellar ishlab chiqarish masalalari, narxlar, tovarlarni sotish, ishchi kuchini yollash va shu kabi masalalar bo‘yicha kelishuvga asoslanib faoliyat yuritadi. Integratsining bu shaklida korxonalar mustaqillikni saqlab qolgan holda kooperatsiya asosida birlashadilar.
Sindikat - tijorat faoliyatini (ta’minot, buyurtmalarni taqsimlash, xom ashyo sotib olish, mahsulot sotish, bahoni shakllantirish) hamkorlikda tashkil qilishga asolangan birlashmadir. Sindikat tarkibiga kiruvchi korxonalar huquqiy hamda xo‘jalik yuritish mustaqilliklarini saqlab qoladilar.
Trestlar yuqori darajada markazlashganligi bilan ajralib turadi. Uning tarkibiga kiruvchi korxonalar ishlab chiqarish, tijorat va huquqiy mustaqilliklarini yo‘qotib, yagona reja asosida faoliyat yuritadi.
O‘z tarkibidagi aksiyadorlik jamiyatlarni nazorat paketlarini egallash bilan korporatsiyalar xolding kompaniyalariga aylanadi. Xolding iborasi inglizcha «holding» so‘zidan olingan bo‘lib, ega ma’nosini beradi. Xoldinglar ishtirokchilarning moliyaviy imkoniyatlarini birlashtirish va muvofiqlashtirish hamda ishlab chiqarish quvvatlari bilan vaizifalarni tezkor ravishda amalga oshirish imkonini beruvchi boshqaruvning samarali shaklini ifodalaydi.Aktivlari tarkibiga boshqa korxonalarning aksiyalari nazorat paketlari kiradigan aksiyadorlik jamiyati xolding xisoblanadi.
|
| |