• Sog’lom turmush tarzini shakllantirishda Sharq mutafakkirlarining iilmiy -pedagogik g’oyalari.
  • Mavzu: sharq mutafakkirlarining sog’lom turmush tarzini shakllantirishga doir pedagogik qarashlari




    Download 15,72 Kb.
    Sana25.01.2024
    Hajmi15,72 Kb.
    #145938
    Bog'liq
    Mavzu sharq mutafakkirlarining sog’lom turmush tarzini shakllan-fayllar.org
    Raxmanova U, Сув тозалаш УМК (1), сейтмуратов байрамбай 2021 10 22 tayını, ELEKTROTENIKA HAM ELEKTRONIKA, kimyo, 1666731973, slaid jumis, Ayjamal kurs jumisi {}, Rengen[1], 1-Lekciya, A\'jinyaz Qosibay uli, O\'zbek tilining sohada qo\'llanishi.ppt, Gidroturbinalar, SARVINOZ ТАДБИРКОРЛИК ФАОЛИЯТИНИНГ МУЛКИЙ АСОСЛАРИ, Berdiyeva Durdona. Fitopreparat test

    Mavzu: sharq mutafakkirlarining sog’lom turmush tarzini shakllantirishga doir pedagogik qarashlari

    Mavzu: SHarq mutafakkirlarining sog’lom turmush tarzini shakllantirishga doir pedagogik qarashlari
    Mundarija
    Kirish
    1-BOB. Sog’lom turmush tarzini shakllantirishda Sharq mutafakkirlarining iilmiy -pedagogik g’oyalari.
    1.1. Qomusiy olimlarning sog’lom turmush tarziga oid pedagogik qarashlari
    1.2. Pandnoma ruhidagi asarlarda sog’lom turmush tarzini shakllantrishga doir pedagogik omillar
    2-BOB. Ta’lim-tarbiya tizimida sog’lom turmush tarzining nazariy asoslanishi.
    2.1. Ta’lim tizimida sog’lom turmush tarzini shakllantirishda sharq mutafakkirlarining merosini nazariy o’rganilishi.
    2.2. Ta’lim tizimida sog’lom turmush tarzini shakllantirishga oid adabiyotlarning pedagogik tahlili.
    3-BOB. Uzluksiz ta’lim tizimida sog’lom turmush tarzini shakllantirishning amaliy ahamiyati.
    3.1. Sog’lom turmush tarzini o’quvchilar ongiga singdirishda Sharq mutafakkirlarining g’oyalaridan foydalanish texnologiyasi.
    3.2. Sharq mutafakkirlarining sog’lom turmush tarzini shakllantirishga doir pedagogik qarashlarining amaliyotdagi tadbiqiga doir o’tkazilgan tajriba-sinov ishlari.
    Umumiy xulosalar.
    Adabiyotlar ro’yxati.
    Ilovalar.


    Sog’lom turmush tarzini shakllantirishda Sharq mutafakkirlarining iilmiy -pedagogik g’oyalari.
    Salomatlik – inson kamolotining muhim tarkibiy qismlaridan biri bo’lib, shaxsning hech kim dahl qila olmaydigan huquqi, o’z-o’zini rivojlantirish, shaxsiy va jamiyat hayotida faol ishtirok etishi garovidir.

    Ma’lumki, jamiyatimizda inson salomatligi, jismoniy barkamolligi, sog’lom turmush tarzi madaniyatiga egaligi o’ta muhim ijtimoiy qadriyat hisoblanadi. Millat salomatligini ta’minlash, xalq genofondini bekamu-ko’st saqlash sog’lom turmush tarzi tufayligina yetarlicha ijobiy tarzda hal etiladi. Bu esa, jamiyatning barcha ijtimoiy institutlari; oila, o’quv-tarbiya maskanlari, mahalla hamda mustaqil ta’lim oldiga jamiyatimiz fuqarolariga sog’lom turmush tarzi mazmuni va mohiyatini anglatish, yoshlarni sergak va bilimdon, barkamol shaxs qilib tarbiyalash masalasini ko’ndalang qilib qo’yadi.


    Sog’lom turmush tarzi (STT) - bu faol mehnat, ijod og’ushida yashash, kuchli jismoniy va ruhiy yuklamalarni, o’ta xavfli va zararli ta’sir ko’rsatuvchi omillarni yengil ko’tara oladigan har tomonlama taraqqiy etgan shaxsning shakllanish jarayonidir.
    Falsafa va ijtimoiy gigienaga oid adabiyotlarda sog’lom turmush tarzini shakllantirish muammolariga so’ngi paytlarda katta e’tibor berilmoqda. Bu masalaning ijtimoiy-ruhiy, tibbiy-gigienik, iqtisodiy, shaxsning o’ziga aloqador motivatsion tomonlari tadqiq etilmoqda. Biroq, sog’lom turmush tarzining metodologik muammolari va ijtimoiy-gigienik mezonlari ayrim mintaqalarning o’ziga xos tomonlari, iqlimiy-geografik sharoitlari, aholi turmush madaniyatining etnik xususiyatlari yetarlicha o’rganilgan emas.
    STT ni shakllantirishning milliy kontseptsiyasi namunaviy modeli respublika aholisi o’rtasida STT shakllantirish jarayonini ma’lum bir tartibda va ilmiy asosda olib borishni imkon yaratadi, uning samaradorligini oshiradi.SHu bilan birga STT namunaviy modeli – odamlar o’rtasida sog’lom munosabatlarni hamda namunaviy hulqni shakllantirish jarayonini tartibga solib boradi va tezlashtiradi. Odamlar jamiyatda o’zlarining mavjud yashash tarzlarini, gigienik xulqlarini, shuningdek tibbiy madaniyligi va faolliklarini namunaviy etap bilan qiyoslab ko’rish va unga tegishli o’zgartirishlar kiritib borish imkoniyatiga ega bo’ladi.
    Sog’lom turmush tarzini shakllantirishda motivatsiya omilining o’rni xaqida gap yuritmoqchi bo’lsak, avvalo motivatsiya atamasi o’z mazmuniga ko’ra shaxsni ma’lum bir faoliyatini bajarishga kirishishi uchun harakatga keltirish, uning muhimligini asoslash va anglatishdan iboratdir. Jumladan STT shakllantirish muammosida motivatsiya omili odamlarga ularning nima uchun STT da yashash lozimligi, ne sababdan nosog’lom turmush tarzini tanlash yuzasidan kerakligini anglatishga qaratilgan. [4].
    Aholi o’rtasida sog’lom turmush tarzini shakllantirish jarayonida motivatsiya omilining o’rnini baholashda har bir shaxsda uning kundalik hayot faoliyatini taxlil qilish uchun zarur bo’lgan uchta asosiy elementning mavjudligiga e’tiborni qaratish lozim. Jumladan har bir shaxsda:
    · sog’lom turmush tarzi haqidagi bilimlarning mavjudligi;
    · sog’lom turmush tarzida yashashning insonni sog’lom qilishga va umrini uzaytirishi mumkinligiga qat’iy ishonchning bo’lishi;
    · sog’lom turmush tarzida yashash uchun astoydil harakatning mavjud bo’lishi kabilar kiradi.
    Nazariy jahatdan olib qaralganda odamlarning kundalik hayotida bu uchburchak turlicha variantlarda shakllangan bo’lishi mumkin. Har bir shaxsning o’z salomatligini mustahkamlashga bo’lgan ichki ehtiyoji uning bu yo’ldagi amaliy harakatini belgilaydi. SHunga ko’ra barcha omillarni:
    · gigienik jihatdan to’g’ri va asoslangan turmush tarzida, ya’ni sog’lom turmush tarzida yashovchilarga;
    · tibbiy gigienik jihatdan asoslanmagan, ya’ni nosog’lom turmush tarzida yashovchilarga ajratish mumkin. [5].
    O’zbekiston Respublikasining ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti o’sib va rivojlanib borayotgan hozirgi davrda sog’lom turmush tarzining ijtimoiy – gigienik mezonlarini aniq belgilab olishning ahamiyati juda kattadir.
    Mamlakatimizda sog’lom turmush tarzi mafkurasi – inson salomatligining qonunyatlari va bilimlari majmui emas,balki ,inson salomatligini mustaxkamlashga bo’lgan qarashlar tizimidan iboratdir. STT mafkurasi , R.U.Arziqulovning fikricha, turmush tarzining falsafasini, davlatning sog’lom turmush tarzini shakllanishi bo’yicha yuritayotgan siyosatin, STT ning huquqiy, ahloqiy asoslarini , STTning pedagogikasi, psixologiyasi, sotsiologik madaniyati, etikasi va hechinasligi o’zida mujjasamlashtirgan bo’lishi lozim [2].
    Ma’lumki, me’zon – bu shunday bir o’lchamki, uning yordmida biz uchun o’lchanishi zarur bo’lgan jarayonlarni shakllantirilgan etalon ( standart) bilan taqqoslash imkoniyatiga ega bo’lamiz, uni baholay olamiz. Sog’lom turmush tarzidek murakkab ijtimoiy jarayonlarni o’lchashda uning biz uchun maqbul va zarur bo’lgan o’lchamlarini shakllantirish muhim amaliy ahamiyatga egadir.
    Sog’lom turmush tarzini o’lchashda ishlatilishi mumkin bo’lgan bunday me’zonlar qatoriga shaxsning:
    · jamoatchilik va mehnat jarayonlarida faollik ko’rsatib, samarali ijodiy faoliyat bilan mashg’ul bo’lishi;
    · oilada va kundalik turmushda namunali yashashi;
    · o’zidagi jismoniy va ma’naviy qobilyatlarni ro’yobga chiqarishga intilishi;
    · tabiiy va ijtimoiy muhit bilan mutanosiblikda yashashi;
    · sog’lom va barkamol inson bo’lib shakllanish uchun o’z shaxsini bosqichma-bosqich rivojlantirib borishga intilishi;
    · nosog’lom turmush tarziga xos zararli odatlarning quliga aylanib qolishdan va o’z umrini hayot oqimining ayovsiz girdobiga tushib qolishdan asrashga intilib yashashi;
    · faqat uzoq yashayotgani uchungina emas, balki hayotda to’g’ri yashayotganidan ham qoniqishi hosil qilib, zavqlanib yashashi intilishi;
    · sog’lom turmush tarzini o’zi uchun bir umrga hamroh qilib olishi kabi qimmatli sifat va xususyatlarini kiritish mumkin.
    Har bir inson o’z tana a’zolarining zahiraviy imkoniyatlarini oshirish uchun, ularni muntazam ravishda chiniqtirib borishi lozim. Salomatlik zahiralarini yaratish uchun sog’lom turmush tarzining quyidagi qoidalariga amal qilish tavsiya etiladi:
    · muntazam ravishda jismoniy tarbiya va jismoniy mehnat bilan shug’ullanish. Xaftada organizmga kamida 6 soat jismoniy yuklama berish;
    · me’yoriy aqliy va jismoniy yuklama bilan ishlash, kuchli aqliy mehnatdan so’ng faol dam olish. Mehnat bilan dam olishni galmagal va mazmunli tashkil qilish;
    · ratsional va tarkib jihatdan tenglashtirilgan ovqatlanish, ortiqcha vazndan qutilish, hayvon yog’lari, qand va shirinliklarni iste’mol qilishini chegaralash;
    · zararli odatlardan yuz o’girish;
    · organizmni chiniqtirish;
    · toza havoda har kuni kamida 2-3 soat bo’lish;
    · kun tartibiga qat’iy amal qilish, bir kecha-kunduzda kamida 8 soat uxlash;
    · ehtiyoj tug’ilganda turmush tarzini va ishini o’zgartirish;
    · turmush, o’qish va ishdan qanoatlanib yashash. [1].
    Organizmning zahiraviy imkoniyatlarini oshirishni palapartish emas, batartib tashkil qilishga erishish lozim.
    Jumladan: turli xil jismoniy mashg’ulotlar yordamida yurak va tana mushaklarini ishlashga majbur qilish, bunday mashg’ulotlarni belgilangan bir vaqtda bajarish va bunda ma’lum tartibga rioya qilish, aqliy va jismoniy mehnatni galmagal almashtirib bajarishni odat tusiga kiritish, kabilar shular jumlasidandir.
    Ma’lumki biz naslimizning kelajagi – sog’lom avlod uchun kurashar ekanmiz o’z maqsadimizga erishish uchun millatni sog’lom turmush tarzida yashashga o’rgatishimiz kerak bo’ladi. Sog’lom avlod deganda, biz faqat jismonan baquvvat farzandlarni emas, balki ma’naviy jihatdan ham boy va sog’lom avlodni nazarda tutishimiz lozim. Zero, ma’naviy sog’lom bo’lmasdan turib, jismonan sog’lom bo’lish mumkin emas. Har ikkala tushuncha bir biriga mos va biri ikkinchisidan taqazo qiladi. Ham jismonan, ham ma’naviy sog’lom avlodga ega bo’lgan xalqni esa sindirib bo’lmaydi. Biz jismonan sog’lom, yuksak ma’navyatli va yagona milliy g’oya asosida jipslashgan millatni shakllantirishni bosh maqsad qilib qo’yar ekanmiz uni sog’lom turmush tarzida yashashga o’rgatishimiz lozim.
    Sog’lom turmush tarzi muammosi – odamzod oldida turgan eng muhim muammo – shaxsni har tomonlama rivojlantirish, mehnat turmush va dam olish sohasida, ilmiy jihatdan asoslangan, ijtimoiy – gigienik faolligi kuchayib borishiga yordam beradigan, ijtimoiy-gigienik jihatdan oqilona bo’lgan turmush tarzini shakllantirish muammosidir.
    “Sog’lom turmush tarzi – bu kundalik turmushni biologik va ijtimoiy qonunlar asosida tashkil etib, salomatlikni saqlash va mustahkamlashga qaratilgan turmush tarzidir” deb ta’riflaydi.
    Ta’lim tizimida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish turli yo’nalishlarda izchillik bilan, muayyan dastur asosida, aniq yo’nalishlarda olib borilishi lozim. Xususan, bu avvalo oliy pedagogik ta’lim jarayonida talabalarga sog’lom turmush tarziga oid muayyan tibbiy va gigienik bilimlar berish, ularda sog’lom turmush tarzini saqlashning inson tanasi takomiliga ta’siri haqidagi tushunchalarni shakllantirishga qaratilsa, ikkinchi tomondan, yoshlarda qat’iy rejim asosida gigienik qoidalarga amal qilish, o’zi va yon-atrofdagilarning sog’lig’ini asrashni kundalik odatga aylantirish ko’nikmalarini tarkib toptirish bilan bevosita aloqadordir. SHuningdek, sog’lom turmush tarzi ommaviy axborot vositalari orqali keng targ’ib etilishi bilan birga, barcha ta’lim-tarbiya maskanlari bilan hamjihatlikda maktab, litsey, kollejlarda beriladigan ta’lim-tarbiya mazmuniga chuqur singdirilmog’i lozim.
    Ma’lumki, o’zbek oilasida ko’p avlodlilik belgilari yaqqol ifodalanadi. Unda farzand ongida sog’lom g’oya va bilimlar shakllanishida oilaning kattalari - bobolar, momolar, yaqin qarindosh-urug’lar, qo’ni-qo’shnilar, mahalla ham bevosita ishtirok etadi. Azaliy odatlarimizga ko’ra, farzandlarimiz tarbiyasiga ota-onadan nisbatan bobo, buvi, qo’shni va qarindoshlarning ta’siri kuchliroqdir. Ular oiladagi ma’naviy muhitning belgilovchilari hisoblanadi. Bu xil tarbiya an’anasi o’tmishdan qolgan muhim ma’naviy-pedagogik qadriyat hisoblanib, buyuk ajdodlarimiz hayotida bu xil tarbiya uslubi shakllanib, muayyan tizim darajasiga yetgan. [4].
    Inson turmush tarzi o’z hayotida ro’y beradigan aniq voqea-hodisa va turli o’zgarishlar ta’sirida shakllanadi. Jamiyatning rivojlanishi, axborot oqimining o’sishi, tezkor hayot tarziga talabning ortishi natijasida o’zaro muloqot va munosabatning birmuncha murakkab tus olayotganligi o’quvchilar ruhiyatiga ta’sir ko’rsatmoqda. Oqibatda ularda o’z taqdiri, oilasi, jamoasi uchun zarur bo’lgan turmush tarziga ega bo’lish, aqliy, hissiy va erkinlikka intilishga asoslangan xatti-harakatlar majmuini tanlashga nisbatan ma’sulliklari ortmoqda. Bu xil turmush tarzi aksariyat hollarda o’quvchilarda yuzaga kelishi mumkin bo’lgan turli xil asab xastaliklarining oldini olishni taqozo etadi. Mazkur maqsadga erishish avvalo shaxsiy va ijtimoiy miqyosda sog’lom turmush tarzini tashkil etish hamda uning uzviyligi va uzluksizligiga erishishning muhim yo’nalishlarini amalga oshirishni taqozo etadi. Buning uchun esa ushbu muammo mohiyatini anglash va hal etishni bilish zarur. So’nggi yillarda olib borilayotgan maxsus tadqiqotlar jamiyatimizda sog’lom turmush tarzini shakllantirishning ilmiy - uslubiy asoslarini yaratish imkonini yuzaga keltirdi. O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, Oliy va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limini rivojlantirish markazi hamda O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Falsafa va huquq instituti hamkorligida Angren shahrida “Sog’lom turmush tarzini shakllantirishda axloqiy qadriyatlarning o’rni” mavzusida o’tkazilgan ilmiy-amaliy konferentsiya materiallarida aynan ushbu masalalar o’z aksini topdi.
    Mazkur anjuman materiallarini tahlil qilish natijalari unda yoshlarning sog’lom turmush tarzini tashkil etishning ijtimoiy va ma’naviy-psixologik muammolari ko’tarilganligini, konferentsiyada qilingan ma’ruzalarda ushbu muammolarni hal etishning asosiy vositasi sifatida ma’naviyat masalalari qayd etilganligini ko’rsatdi.
    Ilmiy tadqiqot natijalarimizning asosiy maqsadi pedagogika oliy o’quv yurtlari talabalarida sog’lom turmush tarzini shakllantirishning yaxlit pedagogik tizimini ishlab chiqish va ushbu tizimni amaliyotga joriy etishga yo’naltirilgan ilmiy metodik tavsiyalar yaratish takomillashtirish imkonini beradigan pedagogik shart-sharoitlarni asoslash. SHu asosda o’zi va atrofdagilarning salomatligini saqlashga oid bilim, ko’nikma, malaka va odatlarni egallagan shaxsni tarbiyalashdan iboratdir. Olib borilgan tadqiqot ishining natijasida quyidagi quyidagi amaliy natijalar tavsiya etildi.Ta’lim jarayonida pedagogika oliy yurtlari talabalarining sog’lom turmush tarziga oid bilimlaridan foydalanish faollashtirildi, va amaliyotda keng qo’llanildi;
    - sog’lom turmush tarzi mazmunini anglab yetishning ahamiyatini e’tiborga olgan holda, talabalarda sog’lom turmush tarziga oid tushunchalar, uning turli sathlari muayyan hodisa sifatida bosqichma-bosqich shakllantirildi;
    - turli mashg’ulotlar va boshqa o’quv predmetlarini o’rganish jarayonida talabalarning sog’lom turmush tarzi to’g’risidagi ma’lumotlariga tizimli ravishda yondoshildi,sog’lom turmush tarzini shakllantirish samaradorligini oshirishning modeli va kontseptsiyasi yaratildi;
    - “Sog’lom turmush tarzi” eksperimental kursini o’qitish jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalardan talab darajasida foydalanildi, tajriba sinov ishlari o’tkazildi,bo’lg’usi pedagoglarni sog’lom turmush tarziga o’rgatishning samaradorligi kafolatlandi, talabalarning sog’lom turmush tarziga oid ma’lumotlari ortdi.
    http://fayllar.org
    Download 15,72 Kb.




    Download 15,72 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: sharq mutafakkirlarining sog’lom turmush tarzini shakllantirishga doir pedagogik qarashlari

    Download 15,72 Kb.