• Tashqi yuklar va ularning turlari.
  • -ilova 1. Qurilish mexanika faniga kirish




    Download 272,61 Kb.
    bet3/7
    Sana16.01.2024
    Hajmi272,61 Kb.
    #138982
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    Mavzu statik aniq sistemalar-fayllar.org

    2-ilova

    1. Qurilish mexanika faniga kirish
    Kurilish mexanikasi - konstruktsiya va inshootlarning mustahkamligi, bikirligi va ustivorligini hisoblash printsiplari hamda usullari to’g’risidagi fandir. Unda inshootlarning mustahkamligini hisoblash bilan birga ularning tashqi kuchlarga chidamli bo’lishini ta’minlash masalasi tekshiriladi.
    Inshootlarning ustivorligini hisoblashda konstruktsiyalarning aynan o’rni va muvozanat holidagi shaklini deformatsiyalangandan keyin ham saqlab qolish qobiliyati aniqlanadi.
    Inshootlarning katta ko’chish (siljish) tebranishlar ta’siriga chidamliligini, ulardan normal foydalanishni aniqlash maksadida bikirlikka hisoblanadi.
    Inshootlarning mustahkamligi, bikirligi va ustivorligi masalalarini hal qilish uchun tashqi kuchlar ta’siridagi sistemalarda hosil bo’ladigan ichki zo’riqishlar va deformatsiyalarni aniqlash usullarini bilish kerak.
    Qurilish mexanikasining asosiy vazifalaridan biri - inshootlarda hosil bo’ladigan ichki zo’riqish kuchlari va deformatsiyalarini aniqlashdan iborat.
    Agar inshoot elementlarining materiali va o’lchamlari ma’lum bo’lsa aniqlangan ichki zo’riqish kuchlari va deformatsiyalar miqdoriga ko’ra har bir element va butun inshootning mustahkamligi, bikirligi va ustivorligini tekshirish mumkin.
    Qurilish mexanikasi statik va dinamik kuchlar ta’sirida bo’lgan inshootlarni hisoblash nazariyalari to’g’risida ma’lumot beradi.
    Qurilish mehanikasining yana bir vazifasi – inshootlarning tuzilishi, uning elementlarining bir-biriga biriktirilishi qonunlarini tekshirish va ularning eng ratsional (havfsiz, tejamli) shakllarini yaratishdan iborat.
    Inshootlar va ularni konstruktsiyalarini hisoblashda har qanday muhandis 2ta omilni: inshootga ta’sir qiluvchi kuchlarni va uning ta’siridan inshoot va uning elementlarida xosil bo’ladigan ichki zo’riqishlarni aniqlashni bilishi muhim rol o’ynaydi.

    Tashqi yuklar va ularning turlari.
    Tashqi yuklarning turlari materiallar qarshiligida o’rganilgan turlarga aynan mosdir. SHu bilan birga qurilish mexanikasida qo’yilish nuqtasiga qarab quyidagi turlarga bo’linadi:

    1. Qo’zgalmas yuklar – bu yuklar inshootga ta’sir qilish davrida o’z o’rnini o’zgartirmaydi.


    2. Qo’zgaluvchan yuklar – inshootga qo’yilgan o’rnini o’zgartiradigan yukdir.


    Inshootga bir necha turdagi yuklar ta’sir qilganda ularni birgalikda qarash uchun asosiy va maxsus birikmalar qaraladi. Buning natijasida hisobiy zo’riqishlar aniqlanadi. So’ngra shu zo’riqish asosida konstruktiv echimlar tanlanadi. Bunda qo’llanadigan koeffitsientlar inshootning va materialning turiga muvofiq qurilish me’yorlarida va qoidalarida keltirilgan bo’ladi.




    Download 272,61 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 272,61 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -ilova 1. Qurilish mexanika faniga kirish

    Download 272,61 Kb.