|
Mavzu: Sudalr tomonidan fuqarolik ishlarini apellatsiya tartibida ko'rish
|
bet | 4/6 | Sana | 12.12.2023 | Hajmi | 2,08 Mb. | | #116522 |
Bog'liq apellatsiya. jumaboyevafHadya shartnomasining shakli. - Hadya shartnomasining shakli uning mazmunidan kelib chiqadi. Umumiy holda hadya qilish, ya'ni hadyani hadya oluvchiga topshirish og'zaki tarzda amalga oshirilishi mumkin. Ko'pincha, hadyani topshirish, uni taqdim qilish ramziy topshirish (masalan, yangi kvartirani yoki avtomobil kalitini topshirish) yoki mulkiy huquqni guvohlantiruvchi biron-bir hujjatni taqdim etish yo'li bilan amalga oshiriladi.
Hadya shartnomasida qatnashuvchi taraflar.
Shartnomada qatnashuvchi taraflar hadya qiluvchi va hadya oluvchi deb atalib, oz navbatida, ular fuqarolar, yuridik shaxslar va davlat bolishi mumkin. Hadya fuqarolik-huquqiy xarakterdagi shartnoma bolgani bois, hadya qiluvchi va hadya oluvchi muomala layoqatiga ega bolishi lozim. Bazan muomala layoqatiga ega bolmagan shaxslar nomidan shartnomalarni ularning qonuniy vakillari tuzadilar.
FKning 29-moddasi, ikkinchi qism, ikkinchi bandiga asosan olti yoshdan on tort yoshgacha bolgan kichik yoshdagi bolalar tekin manfaat korishga qaratilgan, notarial tasdiqlashni yoki davlat royxatidan otkazishni talab qilmaydigan bitimlarni mustaqil ravishda amalga oshirishga haqlidirlar.
Shartnoma yuzasidan taraflarning huquq va majburiyatlari uni bajarishdan bosh tortib, hadyani bekor qilish jarayonlari bilan uzviy bogliq. Umumiy holda, hadya boyicha hadya qiluvchi mulkni yoki unga nisbatan bolgan mulkiy huquqni hadya oluvchiga topshirishga, hadya oluvchi esa uni qabul qilib olishga majburdir. Biroq ayni paytda, quyidagi hollarda:
birinchidan, hadya qiluvchining moddiy ahvoli jiddiy yomonlashganligi tufayli, u kelgusida hadya oluvchiga ashyoni yoki mulkiy huquqni yoxud mulkiy majburiyatdan ozod etish vada qilingan shartnomani bajarishdan bosh tortishga haqli. Lekin hadya qiluvchining bunday ahvolga tushib qolishi oldindan malum bolmasligi lozim;
ikkinchidan, hadya oluvchi hadya qiluvchining, uning oila azolarining yoki yaqin qarindoshlarining hayoti yoki sogligiga qarshi ataylab jinoyat sodir qilingan hollarda hadya qiluvchi shartnomani bajarishdan bosh tortishga haqlidir (bunday hollarda shartnomani bekor qilishga sud tartibida yol qoyiladi).
Hadya bo'yicha taraflarning subektiv huquq va majburiyatlari hadyani bekor qilish va undan voz kechish bilan uzviy bog'liq. Masalan, hadya oluvchi hadyadan quyidagi hollarda voz kechishi mumkin:
ashyoning nobud bolishi tufayli;
ashyo fuqarolik muomalasida bolmagani tufayli (FK, 82-modda);
vada qilingan harakatlarni sodir etish uchun cheklashlar mavjud bolsa.
Xayr-ehson hadyaning bir korinishi bolib, bunda qilinadigan hadya umumfoydali maqsadlarga xizmat qilishi bilan xarakterlidir. Demak, xayr-ehson keng ommaning umumfoydali maqsadlarini amalga oshirish uchun qilinadi. Qonunchilik xayr-ehson, asosan, notijorat subektlariga (davolash, tarbiya, ijtimoiy himoya muassasalariga, xayriya, ilmiy va oquv muassasalariga, fondlarga, muzeylarga, jamoat birlashmalari, diniy tashkilotlarga va boshqa shunga oxshash subektlarga), shuningdek, fuqarolarga va davlatga qilinishi mumkinligini normalaydi.
Xayr-ehson.
Xayr-ehsonning predmeti fuqarolik muomalasida bolgan obektlar, yani pullar, qimmatli qogozlar, mol-mulklar, ashyolar, binolar, inshootlar (ularning bir qismi), avtomobillar va hokazolar bolishi mumkin. Xayr-ehsonni qabul qilishga biror kimsaning (yani, uchinchi shaxsning) ruxsati yoki roziligi talab qilinmaydi.
Xayr-ehson qilingan mol-mulk bir qator shartlar asosida amalga oshiriladi. Chunonchi:
- birinchidan, xayr-ehson qiluvchilar mol-mulkni topshirayotganda undan malum bir maqsadda foydalanishni shart qilib qoyishi lozim. Masalan, xayr-ehson predmeti tarixiy obidalarni tamirlashga safarbar etilishi tayinlanishi mumkin. Bunday shart qoyilmasa, u oddiy hadya deb hisoblanadi va undan hadya oluvchi mol-mulkning vazifasiga muvofiq foydalanadi;
- ikkinchidan, aniq maqsadda foydalanishga moljallangan xayr-ehsonni qabul qilib olayotgan yuridik shaxs xayr-ehson qilingan mol-mulkdan foydalanish boyicha amalga oshirilgan operastiyalarning alohida royxatini yuritishi lozim;
- uchinchidan, vaziyat jiddiy ozgarganligi bois bunday mol-mulkdan korsatilgan maqsadlarda foydalanish mumkin bolmasa, undan boshqa maqsadda faqat xayr-ehson qiluvchining roziligi bilan, agar mol-mulkni xayr-ehson qilgan fuqaro vafot etgan bolsa yoki xayr-ehson qilgan yuridik shaxs qayta tashkil etilgan yoxud tugatilgan bolsa, bunday hollarda sudning qaroriga muvofiq foydalanish mumkin.
|
| |