mavzu: Tarix fani bo‘yicha ma’ruza, seminar, amaliyot, trening, ochiq mashg‘ulotlarni tayyorlash, kuzatish va tahlil qilish




Download 406.51 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/20
Sana19.12.2022
Hajmi406.51 Kb.
#35922
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
8-мавзу маруза
TEST, dakument 2, veb-kvest-tehnologiya, Kembrij, {teacherscom library} EFL Grade 4 Guess What SB, inklyuziv-ta-lim-va-yangicha-pedagogik-yondashuvlar, Metodbirlashma matn, vystuplenie na mmo28.08.2018g. veb-kvestyryabova i a, 3-kurs 2-ОТ амалиёт дафтари, Jurabek dis oxirgi var-конвертирован, 11 sinf Ingliz tili imtihon javoblari 2023 Английский язык 11 класс, Ta’lim jarayonini takomillashtirishga yo‘naltirilgan raqamli texnologiyalardan, Axborot, Academy Stars 1 WB www.frenglish.ru
Finlyandiya ta'lim tizimi 
Bu mamlakat so'nggi yillar davomida bir qator xalqaro reytinglarda 
muntazam ravishda nufuzli o'rinlarni egallab keladi. Ular bunday natijaga ta'lim 
tizimiga kiritilgan sarmoya va bilimga asoslangan iqtisodiyotni yaratish 
hisobiga erishdi, desak mubolag'a bo'lmaydi. 
Bilamizki, ushbu mamlakat bugungi kunda umumiy savodxonlik, tabiiy va 
matematika fanlari o'qitilishi bo'yicha dunyoda eng ilg'orlardan biri. Umuman 
finlar ta'lim sohasida izchil ravishda yuqori natijalarni egallab kelmoqda. 
Finlyandiyada ayni paytda asosiy e'tibor ta'lim sifatiga qaratilgan. Ta'lim 
jarayoni doimo mamlakat ishlab chiqarish sektori ehtiyojlari bilan chambarchas 
bog'liq kechadi. Ya'ni Finlyandiya ta'lim jarayonlariga yondashuvni o'zgartirish 
va o'quvchilarni imtihonga emas, hayotga tayyorlash evaziga ushbu 
ko'rsatkichlarga erishdi. 
Ushbu mamlakat ta'lim sifatini baholash bo'yicha o'tkazilgan xalqaro 
tadqiqotlardagi muvaffaqiyatlarini ham e'tirof etishimiz kerak. Fin o'quvchilari 
xalqaro tadqiqotlardagi barcha yo'nalishlarda savodxonlik va ta'lim tengligi 
ko'rsatkichlari bo'yicha eng oldingi o'rinlarda. 
Mazkur 
tadqiqotlarda 
o'quvchilarning 
ma'lumotlarni 
eslab 
qolish 
qobiliyatiga emas, balki egallagan bilimlarini real hayotiy vaziyatda qo'llay 
olish, mantiqiy va ijodiy fikrlash qobiliyati baholanadi. Ayni shu nuqtai 
nazardan ham ta'lim sohasiga o'quvchilarni yodlashga emas, fikrlashga 
o'rgatadigan o'qitish metodikasini joriy etishda Finlyandiya tajribasini o'rganish 
va tatbiq etish muhim ahamiyatga ega. 
Finlarning asosiy omili, avvalo, o'quvchi va talabalarni hayot davomida 
kerak bo'ladigan amaliy ko'nikmalarni shakllantirishga qaratilgan ta'lim 
standartlari va o'quv dasturlarining joriy etilganligi, talablar hamma uchun 
barobar ekanligi hamda pedagoglar tayyorlashning a'lo darajadagi tizimi 
mavjudligida. Finlyandiya ta'lim tizimi negizi “Har qanday o'quvchi yuqori 
natijaga erishishi mumkin, har qanday maktab u qaerda joylashganidan qat'iy 
nazar sifatli ta'lim berishi kerak” degan tamoyilga asoslanadi. Asosiy e'tibor 
ta'lim jarayonida iqtidorli o'quvchilarga emas, balki o'zlashtirishda orqada 
qolayotgan o'quvchilarga qaratiladi. Chunki finlarning qarashlariga ko'ra, 
a'lochi, iqtidorli o'quvchi hayotda o'z o'rnini topishi qiyin emas. Ammo 
o'zlashtirishi qiyin o'quvchilarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash zarur. 
Tadqiqotchilar finlar erishgan muvaffaqiyat omillarini uch guruhga ajratadi: 
o'qituvchilar salohiyati, ta'lim sohasidagi davlat siyosati va fin madaniyati. 


Birinchi omil, ya'ni o'qituvchilar salohiyati, avvalo, o'quv dasturiga bog'liq. 
O'rta maktabning eng yaxshi bitiruvchilari bo'lajak o'qituvchilar sifatida tanlab 
olinadi. Ular uchun alohida maktab belgilanadi va bo'lg'usi pedagoglar dars 
vaqtlarining 10-15 foizini ushbu maktablarda o'tkazadi. Talaba-o'qituvchilar 
maktablarda barcha kerakli o'quv materiallari bilan ta'minlanadi, ularga alohida 
xona ajratiladi. Bu bilan ular ham dars jarayonini kuzatishadi, ham maktab 
faoliyatida bevosita ishtirok etadi, muayyan tajriba va ko'nikma hosil qiladi. 
O'qituvchilarning moslashuvchanligi va mustaqilligi ta'lim sifatini 
ta'minlashda muhim rol` o'ynaydi. Agar ular malaka oshirishni xohlasa, 
ma'muriyat har doim qo'llab-quvvatlaydi. O'qituvchi malaka oshirish kursida 
olgan bilim va ko'nikmalarini boshqa hamkasblari bilan baham ko'rishi tavsiya 
etiladi. 
Ikkinchi omil, ya'ni ta'lim sohasidagi davlat siyosati izchil va uzoq muddatli 
strategiya, bilimga asoslangan bo'lib, jamiyatga sodiqlik, ta'limda teng 
imkoniyatlar va mahalliy hokimiyatning ta'lim sohasidagi vakolatlarining 
kengligi bilan izohlanadi. 1970 yildan buyon muvaffaqiyatli amal qilib 
kelayotgan mazkur omillar natijasida kuchli ta'lim tizimi yaratildi. 
Ta'lim siyosati bilan bog'liq yana bir muhim jihat — bu, ta'lim muassasalari 
bilan markaziy hamda mahalliy boshqaruvning muvozanati. Mahalliy 
hokimiyat organlari, maktab va o'qituvchilar mustaqil ravishda qaror chiqarish 
yoki qabul qilish vakolatiga ega. Bu, o'z navbatida, ularga o'quv jarayonini 
samarali tashkil etishda ham katta imkoniyat beradi, ham mas'uliyat yuklaydi.
Uchinchi omil, ya'ni fin madaniyati jamiyatda ta'lim muassasalari va 
o'qituvchilarga bo'lgan yuksak ishonch, o'qituvchining mavqei va obro'i yuqori 
ekani bilan bog'liq. 
O'qituvchilar salohiyati – ta'lim muassasalari muvaffaqiyatining muhim 
omillaridan biri. Sinf rahbari ham, fan o'qituvchisi ham o'zi o'qitadigan fanni 
juda yaxshi biladi, o'quvchilarning darsda faol bo'lishlari uchun rang-barang 
o'qitish metodikasidan foydalanadi. 
Bundan tashqari, fin jamiyatida kitobxonlik madaniyati juda yuqori. Bu, o'z 
navbatida, o'quvchilarning muvaffaqiyatga erishishiga bevosita ta'sir ko'rsatadi. 
Kutubxonalar ko'p va doimo gavjum. 
Maktablarda o'quv jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, 
jumladan, komp`yuter va planshetlardan keng foydalanish yo'lga qo'yilgan. 


Finlyandiyada o‘rtacha majburiy umumta'lim tizimi ikki bosqichli maktabni o‘z 
ichiga oladi: 
— quyi (alakoulu), 1-6 sinf; 
— yuqori (yläkoulu), 7-9 sinf. 
Qo‘shimcha 10-sinfda o‘quvchilar o‘z baholarini yaxshilashlari mumkin. 
So‘ngra bolalar yo professional kollejga yo‘l olishadi, yoki litsey (lukio)da 
o‘qishni davom ettirishadi.

Download 406.51 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Download 406.51 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



mavzu: Tarix fani bo‘yicha ma’ruza, seminar, amaliyot, trening, ochiq mashg‘ulotlarni tayyorlash, kuzatish va tahlil qilish

Download 406.51 Kb.
Pdf ko'rish