• 6. Istak-hohis
  • mavzu: Tarix fani bo‘yicha ma’ruza, seminar, amaliyot, trening, ochiq mashg‘ulotlarni tayyorlash, kuzatish va tahlil qilish




    Download 406.51 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet9/20
    Sana19.12.2022
    Hajmi406.51 Kb.
    #35922
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20
    Bog'liq
    8-мавзу маруза
    TEST, dakument 2, veb-kvest-tehnologiya, Kembrij, {teacherscom library} EFL Grade 4 Guess What SB, inklyuziv-ta-lim-va-yangicha-pedagogik-yondashuvlar, Metodbirlashma matn, vystuplenie na mmo28.08.2018g. veb-kvestyryabova i a, 3-kurs 2-ОТ амалиёт дафтари, Jurabek dis oxirgi var-конвертирован, 11 sinf Ingliz tili imtihon javoblari 2023 Английский язык 11 класс, Ta’lim jarayonini takomillashtirishga yo‘naltirilgan raqamli texnologiyalardan, Axborot, Academy Stars 1 WB www.frenglish.ru
    4. Amaliyot 
    "Yo hayotga tayyorlaymiz, yoki — imtihonlarga. Biz birinchisini 
    tanlaymiz", - deydi finlar. Shuning uchun Finlyandiyadagi maktablarda 
    imtihonlar yo‘q. Nazorat ishlari va oraliq test sinovlari - o‘qituvchining 
    qaroriga qarab belgilanadi. Umumta'lim maktabini tugallashda faqat birgina 
    majburiy standart test o‘tkaziladi. Shunisi diqqatga sazovorki, o‘qituvchilar 
    uning natijalari uchun alohida qayg‘urishmaydi, test natijalari uchun birovning 
    oldida javob ham berishmaydi, bolalar ham unga maxsus tayyorgarlik 
    ko‘rishmaydi: boriga baraka. 
    Finlyandiya maktablarida hayotda kerak bo‘ladigan bilimlar beriladi. 
    Masalan, biror bir qurilmaning tuzilishi ularga kerak bo‘lmaydi, uni 
    o‘rganishmaydi ham. U yerdagi bolalar bolalikdan portfolio, shartnoma, bank 


    kartasi nima ekanini yaxshi bilishadi. Merosdan soliq fozini yoki kelgusidagi 
    daromadlarini hisoblay olishadi, internetda tashrif-saytini yarata olishadi va h.k. 
    5. Ishonch 
    Birinchidan, maktab xodimlari va o‘qituvchilar uchun turli tekshiruvlar yo‘q, 
    o‘quvchilarga ta'lim berishga doir turli uslublarni o‘rgatuvchilar ham yo‘q. 
    Mamlakatda ta'lim dasturi yagona, faqat umumiy tavsiyalar bor, xolos. Har bir 
    pedagog o‘zi to‘g‘ri deb bilgan uslubni qo‘llaydi. 
    Ikkinchidan, bolalarga bo‘lgan ishonch: darslarda o‘quvchi o‘zini qiziqtirgan 
    ish bilan shug‘ullanishi mumkin. Masalan, adabiyot darsida o‘quv filmi 
    namoyish etilayotgan bo‘lsa-yu o‘quvchiga buning qizig‘i bo‘lmasa, u kitob 
    o‘qib o‘tirishi mumkin. O‘quvchi o‘zi uchun nima foydali ekanini o‘zi tanlaydi. 
    6. Istak-hohis
    O‘qishni istagan odam o‘qiydi. Pedagoglar o‘quvchining e’torini qaratishga 
    harakat qilishadi, lekin uning o‘rgatilayotgan fanga qiziqishi yoki qobiliyati 
    bo‘lmasa, darrov "ikki" baho bilan "siylashmaydi", bolani kelgusida uncha 
    murakkab bo‘lmagan, amaliy jihatdan foydali bo‘lgan kasbga yo‘naltirishadi. 
    Hamma ham samolyot ixtiro qilishi shart emas, avtobuslarni ham kimdir 
    boshqarishi kerak-ku, axir! 
    Bunga ham o‘rta maktabda chora ko‘riladi - muayyan o‘smir litseyda 
    bilimlarini davom ettirishi kerakmi yoki olgan bilimlari yetarlimi, professional 
    kasb-hunar maktabiga borish kerakdir, ehtimol. Ta'kidlash joizki, bu ikki yo‘l 
    ham mamlakatda birdek qadrlanadi. 
    Har bir bolaning u yoki bu faoliyatga moyilligini aniqlash "kelajak 
    o‘qituvchisi" tomonidan test va suhbatlar yo‘li orqali amalga oshiriladi. 
    Umuman olganda, Finlyandiya maktabida ta'lim jarayoni yumshoq, biroq bu 
    maktabni jiddiy qabul qilmasa ham bo‘ladi, degani emas. Maktab rejimiga rioya 
    qilish majburiy. Barcha o‘tkazib yuborilgan darslarda qayta o‘tirishga to‘g‘ri 
    keladi. Masalan, o‘qituvchi 6-sinf o‘quvchisi uchun o‘z jadvalidan "bo‘sh 
    soat"ni belgilaydi yoki 2-sinfning darsiga kirib o‘tiradi. Dars qiladimi, zerikib 
    o‘tiradimi, o‘ziga havola. Kichik yoshlilarga xalaqit bersa, bu hisobga 
    o‘tmaydi, yana boshqa soatda qayta o‘tirishga to‘g‘ri keladi. 
    O‘qituvchi bergan vazifani bajarmagan, darsda ishlamagan bolaning ota-
    onasi maktabga chaqirtirilmaydi, tanbeh ham berilmaydi, aqliy qoloqlikda 


    ayblanmaydi ham. Agar ota-ona ham farzandining bunday xatti-harakatlariga 
    befarq qarasa, bola shunchaki keyingi sinfga o‘tmaydi. 
    Finlyandiyada bir sinfda ikkinchi yilga qolish uyat hisoblanmaydi, ayniqsa 
    9-sinfdan keyin. Katta hayotga jiddiy tayyorgarlik ko‘rish lozim, shuning uchun 
    fin maktablarida qo‘shimcha (majburiy emas) 10-sinf bor. 

    Download 406.51 Kb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20




    Download 406.51 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    mavzu: Tarix fani bo‘yicha ma’ruza, seminar, amaliyot, trening, ochiq mashg‘ulotlarni tayyorlash, kuzatish va tahlil qilish

    Download 406.51 Kb.
    Pdf ko'rish