Finlyandiya ta'limi "o‘rta" bosqichining 7 tamoyili




Download 406.51 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/20
Sana19.12.2022
Hajmi406.51 Kb.
#35922
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20
Bog'liq
8-мавзу маруза
TEST, dakument 2, veb-kvest-tehnologiya, Kembrij, {teacherscom library} EFL Grade 4 Guess What SB, inklyuziv-ta-lim-va-yangicha-pedagogik-yondashuvlar, Metodbirlashma matn, vystuplenie na mmo28.08.2018g. veb-kvestyryabova i a, 3-kurs 2-ОТ амалиёт дафтари, Jurabek dis oxirgi var-конвертирован, 11 sinf Ingliz tili imtihon javoblari 2023 Английский язык 11 класс, Ta’lim jarayonini takomillashtirishga yo‘naltirilgan raqamli texnologiyalardan, Axborot, Academy Stars 1 WB www.frenglish.ru
Finlyandiya ta'limi "o‘rta" bosqichining 7 tamoyili: 
1. Tenglik 
Mamlakatda na elita va na "bo‘shroq" maktablar bor. Finlyandiyadagi eng 
yirik maktabda 960 nafar o‘quvchi ta'lim oladi. Eng kichigida esa - 11 nafar. 
Barcha maktablar mutlaqo bir xil jihozlangan, birdek imkoniyatlarga ega va bir 
xil moliyalashtirilgan. Deyarli barcha maktablar - davlat maktablari bo‘lib, 
o‘nlab xususiy maktablar bor. Ularning ota-onalar qisman to‘lov kiritishlaridan 
tashqari yana bir farqi - o‘quvchilarga bo‘lgan talabning yuqoriligida. Qoidaga 
ko‘ra, bu o‘ziga xos "pedagogik" laboratoriyalar: Montessori, Fren, Mortan i 
Valdorf maktablari. Ingliz, nemis va fransuz tillarida ta'lim beriluvchi o‘quv 
muassasalari ham xususiy hisoblanadi. Finlyandiyada tenglik tamoyiliga rioya 
qilgan holda shved tilidagi parallel ta'lim tizimi mavjud - bog‘chalardan tortib 
to universitetlargacha. Saam xalqining manfaatlari ham unutilmagan, mamlakat 
shimolida ona tilida ta'lim olish mumkin. 
Yaqin vaqtlargacha finlarga maktab tanlash taqiqlangan edi, bolalar 
shunchaki eng yaqin oradagi maktabga chiqishardi. Taqiq bekor qilindi, lekin 
ota-onalarning aksariyati baribir bolalarni yaqin oradagi ta'lim muassasasiga 
berishni ma'qul ko‘rishmoqda, zero Finlyandiyada barcha maktablar birdek 
yaxshi. 
Bir fanning boshqalaridan chuqurroq o‘rgatilishi maqsadga muvofiq emas. U 
yerda, masalan, matematika san'atdan muhimroq hisoblanmaydi. Aksincha, 
qobiliyatli bolalar uchun alohida sinflar tashkil qilinishiga yagona sabab 
ularning tasviriy san'at, musiqa va sportga moyilligi bo‘lishi mumkin. 
O‘qituvchi o‘quvchisining ota-onasi kim bo‘lib ishlashini oxirgi navbatda, 
zarurart tug‘ilgandagina biladi. O‘qituvchilarga ota-onalarning ish joyiga doir 
savollar berish taqiqlangan. 


Finlar o‘quvchilarni xususiyatlari yoki tanlovlariga qarab tasniflashmaydi. 
Shuningdek, "yaxshi" va "yomon" o‘quvchilar ham yo‘q. O‘quvchilarni bir-
biriga taqqoslash taqiqlangan. Daho bolalar ham, aqliy salohiyati bo‘shroq 
bolalar ham "o‘ziga xos" hisoblanib, barcha bilan birga o‘qishadi. Umuman 
olganda, jamoada nogironligi bo‘lgan bolalar ham ta'lim oladi. Oddiy maktabda 
ko‘rish va eshitish organlari kasalliklari bo‘lgan o‘quvchilar uchun sinf tashkil 
qilingan bo‘lishi mumkin. Finlar alohida munosabatga talabgor insonlarni 
jamiyatga maksimal darajada integratsiya qilishga harakat qilishadi. Bilimi 
kuchli va bo‘sh o‘quvchilar orasidagi farq - juda kichik. 
O‘qituvchilar ham bolalarga bor mehrini beradi, "sevimlilar" ajratilmaydi. 
Qoidadan har qanday chetga chiqish bunday o‘qituvchi bilan shartnoma 
buzilishiga olib keladi. Fin o‘qituvchilari faqat ta'lim beruvchi vazifasini 
bajarishlari kerak. Jamoada barcha o‘qituvchilar - fiziklar ham, adabiyotchilar 
ham, mehnat o‘qituvchilari ham birdek teng. 
Finlar bu tamoyilni "o‘quvchiga hurmat" deb atashadi. Bolalarga 1-sinfdan 
ularning huquqlari tushuntiriladi, ijtimoiy xizmatchiga katta yoshlilar ustidan 
shikoyat qilish ham shular jumlasidandir. Bu finlyandiyalik ota-onalarni 
ularning farzandi - mustaqil shaxs ekanini, ularga so‘z bilan ham, "qamchi" 
bilan ham ozor yetkazib bo‘lmasligini tushunishga rag‘batlantiradi. Finlyandiya 
mehnat qonunchiligiga ko‘ra, pedagog o‘z kasbidan kelib chiqib o‘quvchini 
taxqirlashga haqqi yo‘q. Barcha o‘qituvchilar faqat 1 yilga shartnoma 
imzolashadi, bu muddatni uzaytirish ham, to‘xtatish ham mumkin. 
O‘qituvchilarga juda yaxshi maosh to‘lanadi:
fan o‘qituvchisi - 5000 yevrogacha,
yordamchi - 2500 yevrogacha. 

Download 406.51 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20




Download 406.51 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Finlyandiya ta'limi "o‘rta" bosqichining 7 tamoyili

Download 406.51 Kb.
Pdf ko'rish