Normativ-huquqiy bazani, standartlash va sertifikatlashni takomillashtirish




Download 6.18 Mb.
bet5/45
Sana07.03.2023
Hajmi6.18 Mb.
#44516
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45
Bog'liq
Shoxista BMI
1 Garri Potter va Qaqnus ordeni. Joanna Ketlin Rouling. Toshkent-2019, Obodonlashtirish istiqbol rejasi 42 , BLOKCHEYNTEXNOLOGIYASININGISHLASHPRINTSIPIVAQOLLANILISHI, 2.9 Amaliy va laboratoriyaiya mashg‘ulotlarini tashkil etish texnologiyalari, Akbaraliyeva Asila
Normativ-huquqiy bazani, standartlash va sertifikatlashni takomillashtirish
Internet tarmog‘idagi faoliyat subyektlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni huquqiy jihatdan ta’minlash uchun elektron hujjat aylanishi, raqamli elektron imzo va elektron tijorat to‘g‘risidagi qonunlarni ishlab chiqish zarur. Yangicha sharoitlarda axborot resurslari, texnologiyalar va tizimlarni yaratish va ulardan foydalanish masalalari borasidagi huquqiy munosabatlarni tartibga solish zarurati “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga va Axborotlashtirish konsepsiyasiga tegishli o‘zgartirishlar kiritilishini talab etadi.
Axborot resurslarini tartibga solish sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish quyidagi vazifalarni hal etishga qaratilishi zarur:
fuqarolarning axborot olish huquqini ta’minlash;
axborot resurslari ishlab chiqaruvchilarini rivojlantirishni rag‘batlantirish;
xususiy ma’lumotlarni yaratish va ulardan foydalanish vaqtida fuqarolarning huquqlarini himoya qilish;
AKT sohasida litsenziyalash va sertifikatlash tartibotlarining ochiq bo‘lishini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirishga asossiz to‘sqinlik qilish hollariga barham berish;
axborot va telekommunikatsiya xizmatlari, mahsulotlar va texnologiyalar bozorida teng raqobat sharoitini yaratish va monopoliyani bartaraf etish, investitsiyalarni jalb etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
AKT sohasida intellektual mulkni himoya qilish;
kompyuter jinoyatlariga qarshi kurashish.
Dasturiy-texnika vositalarini standartlash va sertifikatlash axborot tizimlari va tarmoqlarining o‘zaro mos kelishini, ularning jahon va respublika makonlarida o‘zaro hamkorligini ta’minlashga qaratiladi va:
xalqaro va davlatlararo standartlar talablariga uyg‘unlashgan tarmoq va davlat standartlarining ishlab chiqilishini;
funksional parametrlarni, shuningdek axborot texnologiyalari vositalarining texnik va axborot jihatidan o‘zaro mos kelishini tekshirish xarakteristikalari va metodlarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy bazaning yaratilishini;
axborot texnologiyalari texnik vositalarini sertifikatlashning metrologiya jihatidan ta’minlanishini rivojlantirishni;
resurslarning takrorlanishi va tarqalib ketishini bartaraf etish uchun ma’lumot uzatish tarmoqlari va vositalaridan umumiy manfaatlarni ko‘zlab birgalikda foydalanilishini;
axborot xavfsizligi ta’minlanishini nazarda tutadi.

Download 6.18 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45




Download 6.18 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Normativ-huquqiy bazani, standartlash va sertifikatlashni takomillashtirish

Download 6.18 Mb.