• Axborot resurslarini shakllantirish va ulardan foydalanish
  • Dasturiy mahsulotlar industriyasini barpo etish




    Download 6.18 Mb.
    bet3/45
    Sana07.03.2023
    Hajmi6.18 Mb.
    #44516
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45
    Bog'liq
    Shoxista BMI
    1 Garri Potter va Qaqnus ordeni. Joanna Ketlin Rouling. Toshkent-2019, Obodonlashtirish istiqbol rejasi 42 , BLOKCHEYNTEXNOLOGIYASININGISHLASHPRINTSIPIVAQOLLANILISHI, 2.9 Amaliy va laboratoriyaiya mashg‘ulotlarini tashkil etish texnologiyalari, Akbaraliyeva Asila
    Dasturiy mahsulotlar industriyasini barpo etish
    Dastur dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarish industriyasini rivojlantirishning quyidagi asosiy yo‘nalishlarini nazarda tutadi:
    dasturiy ta’minotni ishlab chiqish bo‘yicha ixtisoslashgan tadqiqot, ilmiy-texnika markazlarini shakllantirish;
    mamlakatimizning dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchilari uchun qulay soliq va bojxona rejimini yaratish, shuningdek ularning elektron hukumat, elektron tijoratni shakllantirish, ta’lim, sog‘liqni saqlash sohalarini, iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarini axborotlashtirish bo‘yicha umumdavlat dasturlaridagi ishtirokini kengaytirish yo‘li bilan qo‘llab-quvvatlash;
    mamlakatimiz kompaniyalari tomonidan ishlab chiqarilgan dasturiy mahsulotlarni eksport qilishga ko‘maklashish.
    Axborot resurslarini shakllantirish va ulardan foydalanish
    Axborot resurslarini shakllantirish va ulardan foydalanish — mamlakatning yagona axborot makonini barpo etish borasidagi muhim muammolardan biridir. Axborot resurslari tarkibiga mazmuni, tuzilishi, shakllantirish va tashkil etish texnologiyasiga ko‘ra turlicha bo‘lgan axborot massivlari va hujjatlar: kutubxona, arxiv va boshqa hujjatlar fondlari, ma’lumotlar bazalari, registrlar, kadastrlar, elektron nashrlar va kutubxonalar, boshqa axborot mahsulotlari kiradi.
    Dastur:
    kutubxona va arxiv fondlari, davlat statistika va ilmiy-texnik ma’lumotlar axborot tizimlari, ta’lim, huquqiy axborot sohasiga doir ma’lumotlar, barcha darajalardagi davlat hokimiyati va boshqaruv organlari va boshqalarning axborotlarini shakllantirish va muhofaza qilishni;
    nodavlat axborot resurslarini, shu jumladan biznes sohasida ham, shakllantirishni nazarda tutadi.
    Axborot resurslari xalqaro bozorining asosiy hajmi olti tilda (ingliz, rus, fransuz, ispan, xitoy, arab, bundan dastlabki uchtasi eng keng tarqalgan) shakllantirilishini e’tiborga olib, o‘quv yurtlarida aholining ommaviy kompyuter savodxonligiga erishish talablari bilan uzviy bog‘liq holda mazkur tillarni chuqur o‘rganish bo‘yicha maxsus dastur ishlab chiqish va uni ro‘yobga chiqarish zarurati yuzaga kelmoqda.
    Internetda o‘zbek tilidagi milliy axborot resurslarini shakllantirishga alohida e’tibor qaratiladi.
    Dasturni amalga oshirish jarayonida:
    davlat hokimiyati organlari va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning axborot resurslariga bo‘lgan ehtiyoji qondirilishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;
    huquqiy, statistika, bank axborotiga oid, o‘z aksiyalarini ochiq bozorda va boshqa yo‘l bilan savdoga qo‘yuvchi ochiq aksiyadorlik jamiyatlarining moliyaviy-iqtisodiy ahvoliga oid milliy ma’lumot bazalarini barpo etish hamda ularga har qanday toifadagi foydalanuvchilarning turli bosqichlarda kirishini ta’minlash;
    idoraviy va idoralararo ma’lumot bazalarini, shuningdek idoraviy va idoralararo elektron hujjatning aylanish tizimini yaratish mo‘ljallanmoqda.

    Download 6.18 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45




    Download 6.18 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Dasturiy mahsulotlar industriyasini barpo etish

    Download 6.18 Mb.