• Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari
  • Ma’lumotlar bazasida ma’lumotlash almashish algoritmi 65




    Download 6.18 Mb.
    bet2/45
    Sana07.03.2023
    Hajmi6.18 Mb.
    #44516
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45
    Bog'liq
    Shoxista BMI
    1 Garri Potter va Qaqnus ordeni. Joanna Ketlin Rouling. Toshkent-2019, Obodonlashtirish istiqbol rejasi 42 , BLOKCHEYNTEXNOLOGIYASININGISHLASHPRINTSIPIVAQOLLANILISHI, 2.9 Amaliy va laboratoriyaiya mashg‘ulotlarini tashkil etish texnologiyalari, Akbaraliyeva Asila
    2.4. Ma’lumotlar bazasida ma’lumotlash almashish algoritmi 65



    Kirish


    Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT)ning keng rivojlanishi keyingi o‘n yilliklarda jahon taraqqiyotining global tendensiyasi hisoblanadi. Jadal rivojlanayotgan hozirgi dunyoda AKT iqtisodiy taraqqiyotni olg‘a harakatlantiruvchi asosiy omil bo‘lib, mamlakatga investitsiyalarning jalb etilishiga, yangi ish o‘rinlarining yaratilishiga, ishlab chiqarishda va boshqaruvda ilg‘or texnologiyalarni joriy etishga ko‘maklashadi, bozor ishtirokchilari o‘rtasida axborotlar almashtirishda, bitishuvlarni amalga oshirishda xarajatlarni qisqartirish vositasiga aylanmoqda.
    Shuni hisobga olib, O‘zbekiston Hukumati mazkur yo‘nalishga iqtisodiy rivojlanish va aholining turmush darajasini oshirishning strategik ustuvor yo‘nalishi sifatida qaramoqda.
    Keyingi yillarda O‘zbekistonda kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish uchun muayyan chora-tadbirlar amalga oshirildi. Axborotlashtirish va telekommukatsiyalar sohasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari faoliyat ko‘rsatishining muhim iqtisodiy, huquqiy va tashkiliy asoslarini belgilab beruvchi qonunchilik bazasi yaratildi.
    Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari
    Ekspertlar bahosiga ko‘ra aholining kompyuterlar bilan ta’minlanganlik darajasi har 100 kishi hisobiga 0,3 tani, shu jumladan Toshkent shahri bo‘yicha 2,5 tani tashkil etadi, bu nihoyatda past ko‘rsatkich hisoblanadi. Kompyuter texnikasi bilan ta’minlanganlikning mavjud ahvoli jamiyat ehtiyojlarini qondirmaydi. Maktablar, kollejlar, litseylar va oliy o‘quv yurtlarida kompyuter texnikasi mutlaqo yetishmaydi.
    Shu munosabat bilan Dasturda:
    respublikaga kompyuter asbob-uskunalari va uning uchun butlovchi buyumlar keltirish, shu jumladan kompyuter texnikasini mamlakatimizda yig‘ishni tashkil etish uchun qulay bojxona rejimini yaratish;
    oliy o‘quv yurtlari, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlarini, shuningdek maktablarni kompyuter asbob-uskunalari bilan jihozlashga budjet mablag‘lari ajratish, xorijiy grantlar va imtiyozli kreditlarni jalb etish;
    akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va maktablarda, shuningdek barcha oliy o‘quv yurtlarida bosqichma-bosqich Internet-sinflar tashkil etish;
    kompyuter texnikasini yig‘ish, ular uchun butlovchi buyumlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo‘yicha korxonalar tashkil etish nazarda tutilgan. Ushbu maqsadda respublika korxonalarida kompyuterlar ishlab chiqarish mo‘ljallanmoqda;
    kompyuter texnikasiga xizmat ko‘rsatish, ularni sozlash va turli tarmoqlardan foydalanish bo‘yicha ixtisoslashgan korxonalar tashkil etish mo‘ljallanmoqda.
    Dasturda 2010-yilgacha:
    kompyuter texnikasi bilan ta’minlanganlik darajasini 100 o‘quvchi (talaba) hisobiga maktablarda — 5,0 taga, akademik litseylarda — 13,4 taga, kasb-hunar kollejlarida — 7,1 taga va oliy o‘quv yurtlarida 25,6 taga yetkazish;
    jami maktablarning 63 foizini, akademik litseylarning 92 foizini, kasb-hunar kollejlarining 85 foizini va oliy o‘quv yurtlarini 100 foiz Internetga ulanishiga erishish nazarda tutilgan (8-ilova*).

    Download 6.18 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45




    Download 6.18 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ma’lumotlar bazasida ma’lumotlash almashish algoritmi 65

    Download 6.18 Mb.