Windows operatsion tizimi nusxasining ilk narxi Amerika bozorida 100 AQSh dollarini
tashkil etgan, 500 ming nusxa sotilgan. Windows OT Apple kompaniyasi tomonidan Lisa
kompyuterlari uchun ishlab chiqilgan (1983 yildan boshlab chiqarila boshlagan) grafik
interfeysli boshqa operatsion tizimining raqobatchisiga aylandi.
WINDOWS 2
1987 yil 9 dekabrda Windows 2 OT taqdim etildi (natijada uning takomillashgan
ko‘rinishlari chiqarila boshlandi). U mukammallashtirilgan interfeys, shuningdek dastur
oynalarining yig‘ilishi imkoniyati bilan ajralib turar edi. Ilk narxi 100 AQSh dollarini
tashkil qilgan, 1 million nusxa sotilgan.
WINDOWS 3
1990 yilning 22 mayida Windows 3 chiqarildi. Uning avvalgilaridan farqi, u 256 xil
rangdagi dasturlar (avvalgilarida 16 ta rang) ni ishga tushirish imkoniga ega edi, bir qator
qo‘shimcha yangiliklar ham kiritilgan. 1992 yilda tarmoq ilovalari (Internetga ulana
oladigan TCP/IP ham shular jumlasidandir) va rus tilini ishga tushira oladigan Windows
3.1 talqini paydo bo‘ldi. OTning dastlabki narxi 149,45 AQSh dollarini tashkil qilgan.
Windows 3.x Microsoft’ning tijorat jihatdan muvaffaqiyatga ega bo‘lgan ilk talqini edi,
uning 25 million nusxasi sotildi.