Windows xp – eng mashhur versiyasi
2001 yilning 15 avgustida Windows XP OT savdolari boshlandi, u OT tarixidagi eng
mashhurlaridan biriga aylandi. Texnik yordamga chek qo‘yilishi va viruslarga nisbatan
nozik bo‘lishiga qaramay, NetMarketshare tahliliy saytining ma'lumotlariga qaraganda, u
hozirga qadar dunyodagi barcha kompyuterlarning 11,68 foizida o‘rnatilgan. Dastlabki
narxi 85 AQSh dollaridan boshlanadi. 2015 yil holatiga ko‘ra, 1 milliardga yaqin nusxasi
sotilgan.
WINDOWS VISTA
2006 yilning 30 noyabrida Windows Vista paydo bo‘ldi. Asosiy yaxshilangan tomonlari
orasida viruslarga qarshi himoya va Aero grafik interfeysini qayd etish mumkin. Mazkur
OTni operatsiyalarni sekin amalga oshirishi, doimiy ravishda parolni kiritish va kompyuter
qaroqchiligi huquqidagi murakkab tizim tufayli tanqid qilishgan. Sotuvlar boshlanganidan
bir oy o‘tgach, 20 million nusxa talqiniga qarab 199 dan 399 AQSh dollarigacha bo‘lgan
narxda sotilgan.
WINDOWS 7
2009 yilning 22 oktabrida Windows 7 OT savdoga chiqarildi. Unda Vista’dagi
kamchiliklar bartaraf etilgan va interfeys yaxshilangan. Dastlabki narxi – 159,99 dan
319,99 AQSh dollari qiymatida. Ikki yil ichida 450 millondan ortiq nusxalar sotildi.
NetMarketshare ma'lumotlariga ko‘ra, 2014 yilning noyabrida dunyodagi barcha
kompyuterlarning 55,71 foizida o‘rnatilgan.
WINDOWS 8
2012 yilning 26 oktabrida Microsoft Windows 8 OTni ishga tushirdi. Unda “Pusk”
tugmasidan voz kechish va foydalanuvchi interfeysini butunlay qayta ishlab chiqib,
ekrandagi “plitka” elementlari ko‘rinishida "Metro" muhitiga almashtirishga qaror qilindi.
Mazkur talqin oddiy kompyuterlarga qaraganda planshetlar uchun mo‘ljallangan deya
tanqid ostiga olingan. Kamchiliklarning bir qismi Windows 8.1 da bartaraf etildi. Dastlabki
olti oy ichida 100 milliondan ortiq nusxasi sotildi. Ilk narxi 14,55 dan 199,99 AQSh
dollarini tashkil etgan. 2015 yil iyun oyi holatiga ko‘ra, 10,68 foiz shaxsiy kompyuterlarda
undan foydalanilmoqda.
WINDOWS 10
2015 yilning 25 iyulida yangi talqin Windows 10 sotuvga chiqarildi. U barcha platformalar
– serverladan tortib, mobil telefonlar uchun yagona tizimga aylandi. O‘zgartirilgan
elementlar orasida shaxsiy kompyuterlar uchun "Pusk" menyusi va tugmasining qaytishini
alohida ta'kidlab o‘tish mumkin. Windows 7 va Windows 8 OT foydalanuvchilari yangi
talqinga bepul “apgreyd” ga ega bo‘lishdi, yangi nusxa 119 dan 199 AQSh dollari
qiymatida edi. Ilk 2,5 oy mobaynida yangi tizim 110 milliondan ortiq kompyuterlarda
o‘rnatildi, operatsion tizim bozoridagi ulushi 2015 yil noyabr oyi holatiga ko‘ra, 7,94 foizni
tashkil etmoqda.
Windows operatsion tizimi qo'shimcha xizmatchi dasturlar o'rnatish va texnik
xizmat ko'rsatish (amalda bajaramiz)
http://fayllar.org