umumta’lim maktablarida o`tiladigan har bir fan va darslar borasidagi bilim,
ko`nikma va malakalarning hayotiy turmushda kerakligiga o`quvchilarni
ishontira olish.
Kutiladigan natija:
o`quvchilarning ona tili darslaridan olgan bilim va ko`nikmalari asosida yetarli
darajada kompetensiyaviylikka ega bo`lishi.
o`quvchilarda kreativ fikrlash asosidagi nutq odobining shakllanishi.
Ko’zda tutilgan muammoni hal etish yechimini 9-sinfda o’tiladigan 21-darsda
o`tiladigan “Ergash gapni bosh gapga bog`lovchi vositalar” mavzusi asosida
ko’rib chiqamiz.
9- sinflar uchun 21-dars
Mavzu: Ergash gapni bosh gapga bog’lovchi vositalar.
Dars shiori: Tariximsan, taqdirimsan, kelajagimsan – ona tilim!
Muallim ─ millatning yuzi, Vatan istiqbolining asl bunyodkoridir.
Islom Karimov
Ona tilimiz – milliy ma’naviyatimizning bitmas-tuganmas bulog`idir. Shunday
ekan, unga munosib hurmat va ehtirom ko`rsatish barchamizning nafaqat
vazifamiz, balki muqaddas insoniy burchimizdir.
Shavkat Mirziyoyev
Darsning maqsadi:
a)
ta’limiy: o’quvchilarga Ergash gapni bosh gapga bog’lovchi vositalar hamda
ularning ishlatilishi haqida ma’lumot berish;
b)
tarbiyaviy: o’quvchilar ongida “Komil inson” g’oyasini shakllantirish;
c)
rivojlantiruvchi: o’quvchilarda mustaqil, ijodiy fikrlash va til hodisalarini
qiyoslash asosida nazariy xulosalar chiqarish ko’nikmasini,og’zaki va yozma
nutq malakasini rivojlantirish.