Mavzu. Xalqaro baholash dasturi talablari asosida o’quvchilar kompetentsiyalarini shakllantirish




Download 18,15 Kb.
bet1/2
Sana03.09.2024
Hajmi18,15 Kb.
#270168
  1   2
Bog'liq
11-mavzu


Mavzu. Xalqaro baholash dasturi talablari asosida o’quvchilar kompetentsiyalarini shakllantirish

XALQARO BAHOLASH DASTURLARI ( PISA, TIMSS, PIRLS)


VA ULARNI AMALDA QO‘LLAY OLISH
Yusupova Gulara Ataxanovna
Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika
instituti dotsenti, PhD
Saburova Shaxnoza
Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti 1-kurs
magistri
So‘nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida
ulkan iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlariga erishilayotganligi barcha sohalarda malakali
kadrlar va yetuk mutaxassislarga bo‘lgan talabni yanada oshirmoqda.
Bu o‘z-o‘zidan o‘quvchilarning ta’lim-tarbiyasi har tomonlama e’tiborni kuchaytiradi.
Mamlakatimiz innovatsion taraqqiyot yo‘lida shiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda kelajagimiz davomchilari bo‘lmish yoshlarni ijodiy g‘oyalari va ijodkorligini har
tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bilim, ko‘nikma va malakalarini
shakllantirish hamda ilg‘or xorijiy tajribalar, xalqaro mezon va talablar asosida
baholash tizimini takomillashtirish, shu yo‘lda xalqaro tajribalarni o‘rganish, mavjud
tizimni har tomonlama qiyosiy tahlil qilish, tegishli yo‘nalishdagi xalqaro va xorijiy
tashkilotlar, agentliklar, ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan yaqindan hamkorlik qilish
muhim ahamiyatga egadir. Shu maqsadda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining “Xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro
tadqiqotlarni tashkil etish choratadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 8-dekabrdagi 997-sonli
qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini
nazorat qilish davlat inspeksiyasi huzurida Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro
tadqiqotlarni amalga oshirish Milliy markazi tashkil etildi. Shu bilan birga, ta’lim
sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etish vazifalari belgilandi:
PIRLS
– boshlang‘ich 4-sinf o‘quvchilarining matnni o‘qish va tushunish
darajasini baholash;
TIMSS
– 4- va 8-sinf o‘quvchilarining tabiiy-ilmiy yo‘nalishdagi fanlardan
savodxonligini baholash;
TALIS
– rahbar va pedagog kadrlarning umumiy o‘rta taʼlim muassasalarida
o‘qitish va taʼlim olish muhitini hamda o‘qituvchilarning ish sharoitlarini o‘rganish;
PISA
– 15 yoshli o‘quvchilarning o‘qish, matematika va tabiiy yo‘nalishdagi
fanlardan savodxonlik darajasini baholash.
EGRA va EGMA
esa boshlang‘ich sinflarda o‘qish hamda matematika
bo‘yicha ko‘nikmalariga baho beradi. Baholash natijalariga ko‘ra yangi o‘quv
dasturlari, o‘qitish uslubi va yondashuvlar O‘zbekiston yoshlarining yaxshi natija
ko‘rsatishi uchun moslashtiriladi
Bu loyihalar o‘quvchi-yoshlarning ijodiy va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalari,
egallagan bilimlarini hayotda qo‘llay olish layoqatiga turli xil topshiriqlar orqali baho
berish va keyinchalik bu ko‘nikmalar rivojlanishiga turtki berishga xizmat qiladi.

Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish Milliy markazi. O‘quvchilarning


savodxonligini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqot dasturi haqida qo‘llanma.-T.:2019.-6-bet
Globallashuv davrida tilshunoslik va adabiyotshunoslik taraqqiyoti hamda ta’lim texnologiyalari
303
Hozirgi kunga qadar Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va
Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti hamda Ta’lim sohasidagi yutuqlarni
baholash xalqaro assotsiatsiyasi o‘rtasida imzolangan kelishuvlarga muvofiq 2021-
yilda PISA va PIRLS xalqaro dasturlarida ishtirok etish rejalashtirilgan.
PISA (inglizcha – Programme for International Student Assessment) – turli
davlatlarda 15 yoshli o‘quvchilarning (o‘qish, matematika, tabiiy fanlar)
savodxonligini hamda bilimlarini amaliyotda qo‘llash qobiliyatini baholovchi dastur.
Bu dastur 3 yilda bir marotaba o‘tkaziladi. Unda o‘quvchilarning bilim sifati o‘qish,
matematika va tabiiy fanlar bo‘yicha monitoring qilinadi va 1000 ballik tizimda
baholanadi. Dastlab 1997-yilda ishlab chiqilgan va 2000-yilda birinchi marta
qo‘llanilgan.
PISA – o‘quvchilarni ta’lim sohasidagi yutuqlarini baholash bo‘yicha xalqaro
dastur bo‘lib, undagi test jahon davlatlaridagi maktab o‘quvchilarining bilimi va
ularni amaliyotda qo‘llay olish mahoratini baholaydi. Dasturning asosiy maqsadi –
15yoshli o‘quvchilar ta’lim dargohida olayotan bilim va tajribalarini ijtimoiy
munosabatlarda va inson faoliyatida uchraydigan turli xil hayotiy vazifalarni
yechishda qanchalik foydalana olish qobiliyatini baholashdir. Ushbu sinov har uch
yilda bir marotaba o‘tkaziladi. Testda faqat 15 yoshdagi o‘smirlar ishtirok etadi.
Maktabdagi ta’lim sifatini monitoring qilishga qaratilgan PISA dasturi asosiy uch
yo‘nalishda: o‘qish, matematika va ijtimoiy fanlar savodxonligi bo‘yicha olib
boriladi
241
.
PIRLS – (inglizcha – Progress in International Reading Literacy Study – matnni
o‘qish va tushunish darajasini aniqlovchi xalqaro tadqiqot ) mazkur xalqaro
tadqiqotning maqsadi turli xil ta’lim tizimidan iborat bo‘lgan davlatlarni boshlang‘ich
maktab o‘quvchilarining matnni o‘qish va qabul qilish bo‘yicha tayyorgarligi hamda
o‘quvchilarning har xil yutuqlarga erishishga sabab bo‘luvchi ta’lim tizimidagi o‘ziga
xos xususiyatlarni aniqlash va baholashdan iborat.
PIRLS yosh o‘quvchilarning sinfda va sinfdan tashqari o‘qishining ikkita keng
qamrovli maqsadiga qaratilgan. Bular badiiy tajriba orttirish hamda ma’lumot olish
va ulardan foydalanish uchun o‘qishdir. Bundan tashqari, PIRLS o‘qish
maqsadlarining har birida to‘rtta keng tushunish jarayonini birlashtiradi. Bular:
diqqatni jamlash va aniq ko‘rsatilgan ma’lumotlarni topish, to‘g‘ridan to‘g‘ri
xulosalar chiqarish, g‘oyalar va axborotni talqin qilish va uyg‘unlashtirish, kontent va
matn elementlarini baholash va tanqid qilish.
O‘qish savodxonligining maqsadi
:
- badiiy tajriba orttirish;
- axborotni olish va undan foydalanish.
Tushunish jarayoni:
- diqqatni jamlash va aniq ko‘rsatilgan ma’lumotlarni topish;
-to‘g‘ridan to‘g‘ri xulosalar chiqarish;

-g‘oyalar va axborotni talqin qilish va uyg‘unlashtirish;


- kontent va matn elementlarini baholash va tanqid qilish.
241
oecd.org/pisa/ – PISA xalqaro baholash dasturi sayti



Download 18,15 Kb.
  1   2




Download 18,15 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu. Xalqaro baholash dasturi talablari asosida o’quvchilar kompetentsiyalarini shakllantirish

Download 18,15 Kb.