|
Ziravorlarning turlari haqida tavsiflar
|
bet | 43/80 | Sana | 21.01.2024 | Hajmi | 0,77 Mb. | | #142429 |
Bog'liq Mavzu Xamirdan tayyorlanadigan mahsulotlar Reja2. Ziravorlarning turlari haqida tavsiflar.
Qalampirmunchoq
Qalampirmunchoqlar Malayziya, Indoneziya va Tanzaniya kabi tropik iqlimda o’suvchi doimo yashil qalampirmunchoq daraxtining kurtaklaridir. Qalampirmunchoqlar Yevropaga O’rta Yer dengizi davlatlari orqali kelib qolgan. Kofe yoki choyga qo’shilganda sezgilarimizni qo’zg’aydilar. Ular qizilcha va go’shtli (qovurilgan son go’shti kabi) ovqatlar bilan juda yaxshidir. Ular tozalovchi va og’riqni qoldiruvchi xususiyatlarga ega hamda sizni shamollash va gripdan so’ng tezda kuch to’plashingizga yordam beradi. Qalampirmunchoqli choy. Qalampirmunchoq – chinniguldoshlar oilasiga mansub tropik daraxtning ochilmagan g'unchasi. Kuchli yoqimli hidi va o'tkir mazasi tarkibidagi ifori moy bilan bog'liq. Choy quyidagi tartibda tayyorlanadi: yarim litrli choynakka 4-5 dona qalampirmunchoqning quritilgan g'unchasi, 1 choy qoshiq ko'k choy solib, qaynoq suv quyiladi. 4-5 daqiqa cho'qqa qo'yib dam yediriladi.
Bunday choy xalq tabobatida oshqozoni zaiflashgan, ovqat hazmi yomonlashgan bemorlarga ichirilgan.
Dolchin
Kukun holatida qo’llaniladigan dolchin, Seylonda yetishtiriladigan hushbo’y daraxt po’stlog’idir: po’stlog’ qanchalik och bo’lsa shunchalik sifati yaxshi bo’ladi. Odatda uni an’anaviy meditsinada shamollash va tananing umumiy holsizligida ishlatishgan. Tanani isitish uchun uni hushbo’y hidi o’zi yetarli.
Siz uni choy, iliq sharob, pivo, mevali ichimliklar yoki olxo’rili cho’chqa go’shti, olma sousi va albatta, uning davolash xususiyatlari ushbu usulda yo’qolsada, pishirilgan taomlarga qo’shishingiz mumkin.
Kardamon
Kardamonlar kuchli o’tkir hidi bilan tavsiflanadi. U sut, kofe, shokolad, pishloq va shirinliklar bilan juda yaxshidir. Biroq yana virusga qarshi va tanani kuchaytirish kabi davolash xususiyatlari bilan ham qimmatli. U bronxitlarni davolashda yo’talni yengillashtirib tuzalishni tezlashtiradi. Bundan tashqari u ovqat hazm qilmaslikda, nafasni tozalashda, viruslar tarqalishini oldini olishda va tanani kuchaytirishda yordam beradi.
Vanilin
Vanilin hidi barcha hidlarning eng hushbo’yidir. Vanilinni noyob hidi vanil daraxtining po’stlog’idan olinadi. Po’stlog’ uzunasiga ikkiga bo’linadi va ichidan yumshoq massa olinadi. U kofe, choy (vanilinli shakar bilan), pishloqlarda, blinchik, va tortlarda yaxshidir. U likyor va sirop sifatida isitma va hazm qilish muammolarida ishlatiladi.
|
| |