|
Mavzu: Xamirdan tayyorlanadigan mahsulotlar Reja
|
bet | 44/80 | Sana | 21.01.2024 | Hajmi | 0,77 Mb. | | #142429 |
Bog'liq Mavzu Xamirdan tayyorlanadigan mahsulotlar RejaZa`faron – savsarguldoshlar oilasiga mansub subtropik o'simlik urug'ining quritilganidir. Xalq tabobatida za`faronli choy yuragi zaif va nafasi qisadigan kasallarga ichirilgan. Za`faron to'g'risida Ibn Sinoning fikri quyidagicha: «Burishtiruvchi va erituvchidir. Bunda burishtirish va yelimlar xususiyati bo'lganidan yetiltiruvchi hamdir. Issiqligi mo'tadil bo'lib, tiqilmalarni ochadi. Sasishni tuzatib, ichki a`zolarni kuchaytiradi. Za`faron qichish, rangni chiroyli, ko'zni ravshan, yurakni quvvatli qiladi. Balg'am ko'chishini osonlashtiradi va nafas a`zolarini kuchli qiladi».
Yarim litrli choynakka 15-20 tivit (pichoq uchida olingan) za`faron, 1 choy qoshiq oliy navli ko'k yoki qora choy solib, ustidan qaynoq suv quyiladi. Sochiqqa o'rab, 4-5 daqiqa dam yediriladi, shunda u yaxshi shira beradi. Choy oz-ozdan ho'plab ichiladi.
LAVR YAPROG‘I
Hamma biladigan xushbo‘y dafna barglari (lavr yaprog‘i) har bir uy bekasining oshxonasidan topilishi aniq. Lekin hamma ham mo‘jizaviy dafna yaproqlarining foydali jihatlari haqida bilavermaydi.
Dafna yaproqlaridan yaralarning tez bitishiga ko‘maklashuvchi, immun tizimini kuchaytiruvchi, yallig‘lanish va mikroblarga qarshi vosita sifatida foydalanish mumkin. Aynan dafna barglaridan qilingan qaynatma xalq tabobatida keng ko‘lamda foydalaniladi. Eng asosiysi esa zamonaviy tibbiyot aslo buni inkor qilmaydi. Dafna yaproqlaridan tana a’zolarining kasallanishida, hazm qilish faoliyatini yaxshilashda, surunkali xoletsistitni davolashda, o‘t-tosh kasalliklarida undan tashqari meteorizm (ichaklarda el yig‘ilishi)da samarali foydalanish mumkin. U hazm qilish faoliyatini yaxshilaydi va ishtahani ochadi hamda bo‘g‘im kasalliklarida yaxshi yordam berib, qandli diabet kasalligida qondagi qand moddasini kamaytiruvchi xususiyatga ega. Ichki a’zolarning xastaliklarida og‘riqlarni engillashtirish uchun dafna yaproqlaridan damlama tayyorlash mumkin. Buning uchun:
100 ml suvga 2-3 dona dafna yaprog‘i solinib, past olovda 5-10 daqiqa qaynaguncha ushlab turiladi. 2 stakan qaynatmani kun davomida oz-ozdan ichib turiladi.
Bo‘g‘im kasalliklarida dafna bargli damlama tayyorlash uchun: 5 gr maydalangan quruq dafna barglari 300 ml issiq suvga aralashtiriladi, bir necha daqiqa qaynatiladi, so‘ngra tayyor bo‘lgan qaynatma termosga quyiladi va 6 soat tindiriladi. Bu damlamani 12 soat davomida 1 choy qoshiqdan ichish mumkin. Davolash 3 kun mobaynida takrorlanadi, 1 hafta tanaffus qilinadi va yana 3 kun qaytariladi. Lekin bu muddatdan ko‘p emas! ( dafna bargidan tayyorlangan damlama bilan bo‘g‘imlarni tozalashda davo muolajasini 3 oyda 1 marta qo‘llash mumkin). Navbatdagi qaynatmali muolajani faqat bir yildan so‘ng takrorlash mumkin.
Shuni unutmaslik kerakki, har qanday davo muolajalariga o‘xshaganidek, bu davo muolajasida ham alkogol va go‘shtlik ovqatlarni iste’mol qilish mumkin emas.
Qondagi qand miqdorini kamaytirish uchun damlama quyidagi usulda tayyorlanadi:
5 dona quruq maydalangan dafna bargini stakanga solib ustidan qaynagan suv quyiladi va 12 soatga termosda tindiriladi.
Bu damlamani kun davomida qat’iy ravishda 3 marta qabul qilish mumkin. Belgilangan miqdordagi damlama ovqatlanishdan 30 daqiqa oldin ichiladi. Davolash muddati 2-3 hafta davom etadi.
Homilador va emizikli ayollar, me’da va o‘n ikki barmoqli ichak yarasi bilan og‘rigan bemorlar (qon ketish kabi salbiy holatni keltirib chiqaradi)da, pankreatit, xoletsistit va qabziyatga moyilligi bor insonlarga nisbatan dafna bargli damlamani qo‘llash tavsiya qilinmaydi.
Sedana ayiqtovondoshlar oilasiga mansub o'simlikning mayda qora donlaridir. Hidi xushbo'y, chaynaganda jiz etib achishtiruvchi mazasi bilinadi. Sedana o'zbek pazandaligida non yopishda ishlatiladi, patir va kulchalarning yuzasiga sepilsa, mazasini yaxshilaydi. Sedana ovqat hazm bo'lishiga yordam beradi, og'izdagi noxush hidni ketkazadi, a`zolarni qizdiradi va tozalaydi, peshob haydaydi, zaharlarga qarshi ta`sir qiladi. Xalq tabobatida uni yo'talganda, qusganda qo'llaniladi, u xuddi murch kabi ta`sir qiladi. Sedanali choy suvchechak, sariq kasalligi, taloq yallig'lanishida, hayz qonini haydash va emizikli onalarning sutini ko'paytirish uchun ham qo'llanilgan. Sedanali choyga asal qo'shib ichilsa, peshob yo'llaridagi toshlarni maydalaydigan doriga aylanadi. Ibn Sino yozadiki: «Sedana balg'amni ko'chiruvchidir, tozalovchi, yel va damni shimdiruvchidir. Xususan, uning tozalash xosiyati yetarli darajadadir. Sedana tumovga foyda qiladi. Uni asal va issiq suvga qo'shib ichilsa, qovuq va buyrakdagi toshlarga foyda qiladi, ularni chiqaradi».
|
| |