Mavzu: zamonaviy dars va unga qo‘yiladigan talablar reja: 1




Download 26,94 Kb.
bet3/7
Sana14.05.2024
Hajmi26,94 Kb.
#232087
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mavzu zamonaviy dars va unga qo‘yiladigan talablar reja 1

Aralash darslar. Bu darslarda xar xil didaktik maslalar komleksi hal qilinadi. Ular barcha yoki kupchilik struktura elementlarini xar xil kombinasiyada uz ichiga oladi. Aralash darslar umumtexnika va maxsus fanlarni o‘rganishda darslarning eng kup tarkalgan tipidir. Sunggi vaktlarda strukturasining eskirgan va bir xilligi, darsda o‘quvchilarning mustaqillik hamda aktivlik darajasining pastligi, bilim berishning ularni puxtalashdan o`zilib kolganligi, utkazish metodlarining bir xiligi tufayli aralash dars tankidga uchramokda. Bu tankid o‘quv jarayonining tashkil etilishi va metodikasigagina taalukli bo‘lib, darsning tipiga mutlako alokador emas. Kupgina kamchiliklarning sababi aralash dars utkazilishida emas, balki dars strukturasi siykasi chikib ketganligida, dars elementlari kat’iy tartibda kelishida, aksari o‘qituvchilar bu darsning boy pedagogik imkoniyatlaridan foydalana bilmaganligidadir.

Aralash darsning afzalligi shundaki, u o‘quv jarayoninng bir biriga eng yakin zvenolarini uz ichiga oladi, bu esa o‘quvchilarning bilimlarini puxta va ongli ravishda uzlashtirishini ta’minlash uchun juda muhimdir. Bu tipdagi darslarning aralash xarakteri mashg‘ulotlar strukturasini keng chegarada o`zgartirishga imkon beradi. Masalan, bir darsda o‘quvchilarga yangi bilimlar beriladi, bu bilimlar puxtalanadi, ilgari utilgan material takrorlanadi, o‘quvchilarning bilimlari tekshiriladi va xokazo, ikkinchi darsda bu elementlardan ba’zilari bulmaydi yoki bir biriga kushilib ketadi (yangi materialni o‘rganish vaqtida u puxtalanishi, bilimlarni tekshirish esa tushirib koldirilishi mumkin), xar xil darslarda bir xil elementlarning ketma ketligi o`zgarishi xam mumkin (uy topshiriqlarining qanday bajarilganligi yangi materiallarni bayon etishdan oldin xam, keyin xam tekshirilishi mumkin, o‘quvchilarning mustaqil ishlarini dars boshida utkazgan ma’kul). Shu bilan birga, shuni ta’kidlab utish kerakki, struktura elemenlarini xar xil kombinasiyalash yolgiz maqsadga emas, balki pedagogik maqsadga muvofiklikka asoslanishi lozim. Ikkinchi tomondan darsning strukturasini aniqlashga ijodiy yondoshish talabi aralash dars aniq strukturaga ega emas degan ma’noni bildirmaydi. o‘quvchi xar qanday darsga, shu jumladan, aralash darsga tayyorlanar ekan, uni strukturasini uylab oladi va uni rejada aniq aks ettiradi. Xar bir struktura elementi uchun dars davomida o‘quv ishining muyyan mazmuni hamda tegishli usullari belgilanadi va amalga oshiriladi. Darsning strukturasizligi o‘qituvchi ishida xam, o‘quvchilar ishida xam sistemasizlikka olib keladi.


Bilimlarni puxtalash va tatbik etish darslari. Bunday darslarda temaning bundan oldin urganilgan materiali yuzasidan o‘quvchilar bilan frontal suxbatlar, labaratoriya-amaliy ishlar utkaziladi, xar xil masalalar yechiladi, texnologik jarayonlar ishlab chiqish mashqlari, yozma grafik ishlar, ilgari urganilgan materialni mustahkamlash va sistemaga solish yuzasidan turli mustaqil ishlar (sxemalar to`zish vaularni ukish, jadvallar to`zish, texnikaviy xujjatlarni taxlil qilish va shu kabilar) utkaziladi, kinofilmlar kuriladi, o‘quvchilar doklad hamda referatlar bilan chikadilar va xokazo. Bu ish davomida bilimlar esga solinadi, yetarli faktlar, tushunchalar, qonuniyatlar o‘quvchilar ongi vaxotirasida puxtalanadi. Buning natijasida bilimlar ancha puxta bo‘ladi.



Download 26,94 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 26,94 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: zamonaviy dars va unga qo‘yiladigan talablar reja: 1

Download 26,94 Kb.