|
Darsni samarali tashkil etish-
|
bet | 6/7 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 26,94 Kb. | | #232087 |
Bog'liq Mavzu zamonaviy dars va unga qo‘yiladigan talablar reja 1Darsni samarali tashkil etish- bu talab darsga ajratilgan vaqtdan unumli foydalanishni, o‘qituvchi va o‘quvchilarning darsga yaxshi tayyorlanishini, mashg‘ulotning yangi texnik jiHozlar bilan ta’minlanishini, uning barcha elementlari, strukturasi puxta tuzilishini taqozo etadi.
Maqsad va mazmunning aniqligi. Bu talab darsning butun o‘quv materialini va uning xar qaysi qismini to‘g‘ri tanlash yuli bilan ta’minlanadi. Darsda urganiladigan (mustahkamlanadigan, takrorlanadigan) material nisbatan tugal, mustaqil bulishi, darslar sistemasida muayyan urin tutishi va uz didaktik yo‘nalishiga ega bulishi, ya’ni o‘quvchilarga yangi materialni bayon etishi, bilimlarini mustahkamlashi va sistemaga solishi, bu bilimlarni tadbiq etish o‘quvi xosil qilish lozim va xokazo.
Ta’lim va tarbiyaviy vazifalarning ajralmasligi. Yuqorida ta’kidlab utilganidek, ta’limning tarbiyalovchi xarakteri uning ob’yektiv qonuniyatini sanaladi. Ammo, shunga karamay, o‘qituvchi xamisha o‘quvchilarnini tafakkuri, xotirasi, dikkat-e’tibori, irodasi va boshqa xislatlarini, bilish faoliyatini, ijodini, ishda mustaqilligi va shu kabi fazilatlarini rivojlantirish uchun darsda xar qanday imkoniyatdan foydalanishga majbur.
Darsning xar qaysi bosqichida o‘qitishning eng muhim ma’kul metodlarini tanlash. O‘qitish metodlarini tanlash kupgina faktorga: o‘quv materialining mazmuniga, darsdan kuzda tutilgan maqsadga maqsadga, darsning o‘quv materiallari bilan ta’minlanganlik darajasiga, o‘quvchilarning tayyorgarlik saviyasiga, o‘qituvchi tajribasiga va shu kabilarga bog‘liq. O‘qitish metodini tanlash o‘qituvchining Yuqori mehnat unumdorligini va o‘quvchilarning maksimal aktivligini ta’minlashi kerak, bu esa o‘quvchilarga chuqur hamda puxta bilimlar beradi, olingan bilimlarni amalda tadbiq etish o‘quvlarini xosil qiladi.
Darsda o‘quvchilarning kollektiv va individual ishini to‘g‘ri kushib olib borish. Bu talab o‘qitishni individuallashtirish darajasini oshirish zarurligini takozo qiladi. o‘qituvchi butun guruhga o‘quv materialini ma’lum qilar ekan, odatda, urtacha o‘quvchini nazarda tutadi. Ammo, konkret o‘quvchilar ana shu urtacha o‘quvchidan kup jixatdan fark qiladi. Shuning uchun o‘qituvchi butun guruhga bilan frontal ish olib borishi bilan birga, darsda individual topshiriqlar bo‘yicha mustaqil ishlashni xam keng joriy qilishi, individual nazorat utkazishi, uy topshiriqlarini individual berishi va ularning bajarilishini individual tekshirishi lozim va xokazo.
|
| |